Buyuk fransuz burjua inqilobining yana bir bosqichi ana shun- day yakunlandi. Xalq muhtojlik, urush va terrordan charchadi. Yakobinchilar diktaturasi quladi. Inqilob eski tartiblarni yo‘q qilib tashladi: feodal qoidalar va absolutizm tugatildi; dehqonlar yer oldi; Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun asos solindi. Burjua mulkchiligi o‘rnatildi va sanoat to‘nta- rishi uchun sharoit yaratildi. Uchinchi tabaqa – Fransiyada o‘rnatilgan tartibga ko‘ra imtiyozlarga ega
bo‘lgan ruhoniylar va dvoryanlardan boshqa barcha kishilar.
Òa’sis majlisi – konstitutsiya qabul qilish uchun yig‘iladigan parlament.
Kommuna – mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organi.
Absolutizm – davlatni idora qilish usuli. Unda cheklanmagan hokimiyat davlat
boshlig‘i – monarxga tegishli.
1. Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi sabablari nimalardan iborat? 2. Fransiyada «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»da qaysi huquqlar kafolat- langan edi? 3. Fransiyada «Vatan xavf ostida!» chaqirig‘i qanday maqsadda va qaysi tashkilot tomonidan tayyorlangan? 4. Fransiyada yakobinchilar diktaturasi nima sababdan halokatga uchradi?