89
qudratining cho‘qqisiga erishdi. Bu yer-
mulk egalari bir
vaqtlar safaviylarga katta
yordam bergan, buning evaziga keyingi
shohlar davrida
juda katta-katta hududlarga
mustaqil egalik qilib kelishardi. Ular amalda
bu mustaqil hududlarning xonlari edilar.
Abbos I mamlakat poytaxtini Òabriz
shahridan
Isfahon
ga ko‘chirdi.
Mamlakat
soliq tizimida tartib o‘rnatdi va soliqlar miq-
dori kamaytirildi.
Savdo-sotiq va hunar-
mandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor
berdi. Yangi-yangi karvonsaroylar va savdo
yo‘llari qurildi.
Savdo karvonlari qaroqchi-
larga qarshi shafqatsiz kurashdi. Òashqi siyo-
satda keng ko‘lamli savdo-sotiq yo‘lga
qo‘yildi. Bu esa Eronning ichki va tashqi
savdosi o‘sishiga olib keldi. Yangi-yangi sug‘orish
inshootlari ham
bunyod etildi. Bundan tashqari, Abbos I muntazam qo‘shin
ham barpo
etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: