86
Avliyo Chalabiy
qilishni kuchaytirish, mustamlaka o‘lkalardan
tashib kelingan ulkan
miqdordagi boyliklar hisobiga ham yuksaldi. Ekspluatatsiyaning tobo-
ra kuchayishidan tinka-madori
qurigan dehqonlar shaharlarga,
tog‘larga qochib keta boshladilar. Sulton buning oldini olish maq-
sadida yer egalariga qochib ketgan dehqonlarni
majburan qaytarib
olib kelish huquqini beruvchi maxsus farmon chiqardi.
Dehqonlarning xonavayron bo‘lishi va ko‘plab qochib ketishi
XVI asr o‘rtalaridan boshlab qishloq xo‘jaligining inqiroziga olib keldi.
Shu tariqa Òurkiya harbiy qudratining zaiflashish davri boshlandi.
G‘arbiy Yevropada
markazlashgan davlatlar, kuchli markaziy hoki-
miyat qaror topgan bir sharoitda Òurkiya tanazzulga uchradi.
1684-yili
Yevropa davlatlari Òurkiyaga
qarshi
«Muqaddas liga»
tuzdilar.
XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Òurkiya avvalgidek hujumkor
qudratga ega bo‘lmay qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: