1492-yil 12-oktabrda Bagama orollari tarkibiga kiruvchi bir orolga yetib keldi va uni «San-
Salvador» («Muqaddas xaloskor») deb atadi. Shu tariqa Amerika
qit’asi kashf etildi. Shundan so‘ng X. Kolumb yana uchta ekspeditsiya
uyushtirib, ular davomida Antil orollari, Janubiy va Markaziy Ame-
rika qirg‘oqlarini kashf etdi. U o‘zi kashf etgan yerlarning Hindiston
ekanligiga ishonchi komil edi. Shu sababli bu yerlarning aholisini
hindular deb atadi.
X. Kolumb kashfiyotining mohiyatini anglashda
Amerigo Ves- puchchi amalga oshirgan sayohat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U yangi
ochilgan yerlarga XV asr oxiri – XVI asr boshlarida bir necha marta
sayohat uyushtirib, ular davomida bu yerlar Hindiston emas, mutlaqo
Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. 1497–1499-yillar http://eduportal.uz