Cho'lpon hayoti va ijodi. Cho‘lpon jasorat timsoli


Abdulhamid Choʻlpon asarlari xorijiy tillarda



Download 0,53 Mb.
bet6/6
Sana14.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#671038
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
cho\'lpon

Abdulhamid Choʻlpon asarlari xorijiy tillarda


Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“ romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan.
Shu yilning o‘zida „Kecha va kunduz“ romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi.
2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida („Anthologie de la poésie d’Ouzbékistan“) Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga havola qilingan. Tarjilonlar Hamid Ismoilov va Jean-Pierre Balpe.

Nashr qilingan asarlari


  • Abdulhamid Choʻlpon. Kecha. T.: Oʻzdavnashr, 1936.

  • Choʻlpon. Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va sanʼat. 1991.

  • Choʻlpon. Adabiyot nadir. T.: Choʻlpon, 1994.

  • Abdulhamid Choʻlpon. Kecha va kunduz. Birinchi kitob: Kecha. T.: Sharq, 1995 (XX asr oʻzbek romani).

  • Abdulhamid Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. T.: Maʼnaviyat, 1997.

  • Choʻlpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997-1998.

  • Abdulxamid Chulpon. I prozvuchit eщe moy saz, per. s uzbekskogo Xamidom Ismaylovim, Moskva: Voskresene, 2009.

  • Tchulpân. Nuit, fransuz tilida, tarjimon va so‘zboshi muallifi Stéphane A. Dudoignon. Saint-Pourçain-sur-Sioule : Bleu autour, 2009; 464 bet (Collection „d’un lieu l’autre“)



Cho’lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo’lgan cheksiz muhabbat yorqin ko’rininb turardi. U xalqni ozod va baxtli ko’rishni istardi. Buning uchun odamlarning jaholat uyqusidan uyg’otish, ma’rifatdan, ilmu fandan bahramand qilish kerak, deb hisoblardi. Ayni paytda rus bosqinchilari millatning ma’rifatli bo’lishiga keng yo’l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz esa erkning bo’lmasligi shoirga ayon edi.
Shu bois Cho’lpon 1917 – yilning fevralida Rossiyada sodir bo’lgan inqilobga katta umid bilan qarardi. Lekin bu inqilob Turkiston o’lkasiga chin ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o’zga kishi yoki tabaqa, yoxud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurashlarda qo’lga kiritiladigan ne’matdir.
O’sha yilning oktabrida ro’y bergan to’ntarilish esa shoirning so’nggi umidlarini ham so’ndirdi.
Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettirish va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho’lpon ijodining yo’nalishi bo’lib qoldi.
Cho’lpon she’riyati hech kimga o’xshamagan samimiylik, jozibador, ta’sirchanligi, tuyg’ularini ranginligi bilan o’zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yarata bildi.
Cho’lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari 1935 – 37 – yillarda yaratilgan “Kecha va Kunduz” nomli birinchi o’zbek roman – diologiya (ikki kitob) ining muallifidir. Romanning 2-kitobi Cho’lpon qamalgandan so’ng yo’q qilingan.
1926-yillarda “Yorqinoy” dramasi yaratildi. Asar badiiy jozibasi jihatidan ham, mavzu nuqtai nazaridan ham hozirgacha o’z ta’sir kuchini yo’qotmay kelmoqda.
Cho’lpon tarjimon sifatida Shekspir, Blok, M. Gorkiy, Txokur kabi mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari bilan xalqimiz ma’naviyatining rivojiga hissa qo’shdi.
Shoirni “millatchi” sifatida 1937- yilning 13-iyulida sevimli shogirdi Usmon Nosirdan 1 kun avval qamoqqa olishdi. Qiynoq, tahqirlardan so’ng 1938-yilning 4-oktabrida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida o’zbekning daho shoiri otib tashlandi.
O’limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi.
Cho’lponning ijodi ancha vaqt o’quvchilardan berkitib kelindi.
Cho’lpon o’zbek she’riyatining yorqin siymolaridan edi, shu bois o’tkinchi bulutlar pardasini yirtib tashlab, milliy she’riyatimiz osmonida qayta porlay boshladi.
Endi har nafasda yana kuyaman,
Faqat majnun bo’lib elni sevaman.
Unga hurmat bilan bo’yin egaman,
Boshimni u uchun dorga qo’yaman.
Bu haroratli misralar shoir qalamiga mansubdir.
“Ko’ngil” she’rida milliy uyg’onishga da’vat, erk, hurriyatga chaqiriq ohanglari barq urib turadi, sodda she’rdir.

1922-yilda yozilgan.


Ko’ngil, sen bunchalar nega
Kishanlar birla do’stlashding?
Na faryoding, na doding bor
Nechun sen buncha sustlashding?

Harorat dilni og’ritmas,


Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o’lmagansan


Senda odam, senda insonsen.
Kishan kiyma, bo’yin egma,
Ki sen ham hur tug’ilg’onsen!

1921-yilda “Xalq” she’rini yozadi. She’rda xalqning o’z haq – huquqini tiklashga qurbi yetishi, har qanday qarshiliklarni yengishi mumkinligini kuyunib aytadi. Tili boshqa-yu, dili boshqa siyosatdonlarni ogohlantiradi.


Xalq istagi, ozod bo’lsin bu o’lka,
Ketsin uning boshidagi ko’lanka.
Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar.
Yo’qlikni-da, ochlikni-da yo’q etar,
O’z yurtini har narsaga to’q etar ...
“Kuz” , “Men va boshqalar”, “Go’zal” kabi she’rlari barchaning diqqatini o’ziga tortadi.
Cho’lpon o’z she’rlarida ko’chimdan unumli foydalanadi. “Buzilgan o’lkaga”, “Binafsha” …
Binafsha – shoirning ichki kechinmalari bahoriy ko’katga, yoki nimagadir qaratilgan ko’chim.
Eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi. Grek tilidan olingan metafora so’zi ko’chim, ko’chirilish ma’nolarini anglatadi.
Ko’chim ko’rinishlari:

  1. Istiora – o’xshatish.

  2. Ramz – timsol, simvol – o’zbek adabiyotida:
    May – hayot ramzi;

Gul – ma’shuqa ramzi;
Burgut – mag’rurlik;
Chumoli – mehnatsevarlik.
3. Majoz – adabiy asarda o’quvchiga noaniqroq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash.
M: “Maymun bilan najjor”, “Toshbaqa bilan chumoli”.
Ikki kitob muallifi Cho’lpon “Kecha va Kunduz” romanini 1935-1937-yillarda yaratgan. Bu roman o’zbek millatining badiiyatda aks etgan solnomasidir.
Romanda aks ettirilgan voqea 1-jahon urushi endigina boshlangan kezlarda O’zbekistondagi viloyatlardan birida bo’lib o’tadi.
Romandagi qahramonlardan birining: “Biz yaqindagina eshon to’poloni bo’lib o’tgan joydan uncha olisda emasmiz” degan so’zlariga qarab, voqea Andijon viloyatining Dukchi eshon qo’zg’aloni bo’lib o’tgan Marhamat tumaniga yaqin bir joyda bo’lib o’tgan deb aytishimiz mumkin.
Bu davr o’zbek xalqining 2 tomonlama zulm ostida ezilgan davri edi. Mahalliy boylar bu davrda rus mustamlakachilari bilan og’iz - burun o’pishib, o’z xalqining tarixiy taraqqiyoti haqida emas, uni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy qoloqlikdan xalos etish to’g’risida emas, balki o’zlarining rohat-farog’atlari, moddiy farovonliklari haqidagina jon kuyuntirishar edi! Feodal tuzum va mustamlakachilik sharoitida xalq to’g’risida o’ylovchi, uning qiyin, mashaqqatli hayotini yaxshilash haqida qayg’uradigan biron siyosiy kuch mavjud emas edi. Yozuvchi ana shu tarixiy davrni badiiy tasvir va tahlil etish maqsadida asarni yozgan. Bu voqea Zebi timsolida ochib berishga qaratilgan.
“Kecha va Kunduz” romaninig markazida Zebi, Akbarali, Miyoqub turadi, ularning o’zaro munosabatlari, to’qnashuvlari, taqdirlari roman syujetining asosini tashkil etadi.
Cho’lpon asarning boshidan oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni, ochiqlikni eng muhim belgi sifatida ko’rsatadi. Uning tomirlarida navqironlik jo’sh uradi, ko’nglida esa tevarak-atrofni qurshab olganlarga, dugonalariga, bahorga, hamma-hamma narsaga muhabbat hokim! U hali hayotning achchiq-chuchugini ko’rmagan. Zebining murg’ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik, yomonlik va yovuzlik borligini sig’dira olmaydi.
Zebi 4 devor ichida kishini erksiz qiluvchi havolardan nafas olib ulg’aydi. U ko’proq otasidan qo’rqadi.
Otasi Razzoq so’fi o’z uyining qabristonlar qadar jim-jit bo’lishini istaydi. U xotin-halaj oldida til qaldiratishni ravo ko’rmaydi.
Zebini hayotsevar qilgan omillardan bittasi – uning jarangdor ovozi.
Zebida o’zbek ayollariga xos fazilatlarjamlangan. U poklik, go’zallik, tozalik va navqironlik timsoli.
Akbarali-mingboshi, belida kumush kamar, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo’lmasa, hech kim uni amaldor demaydi.
Cho’lpon Akbarali obrazi orqali mustamlaka Turkistondagi idora usulini, to’ralar va mahalliy amaldorlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi ko’rsatgan ko’rsatgan.
Romandagi Miryoqub – ancha murakkab obraz. U aslida savodsiz, gazetalardan bexabar, dunyo ishlariga ko’p ham qiziqtirmaydigan, rus tilim ham tuzuk-quruq bilmaydi. Shunga qaramay, ishning ko’zim biladigan o’ta tadbirkor odam. Shuning uchun “Epaga” degan laqab orttirgan. U aralashgan ish bilmay qolmaydi. Pul topish yo’llarini yaxshi biladi.
Miruyoqub hayotning ko’pgina turfa xil voqealariga ro’para keladi va har gal ularning mag’zini chaqishga intiladi. Hayot uning qarshisida bir-biridan murakkab jumboqlarni ko’ndalang qo’yadi.miryoqub ularga javob izlaydi.
“kecha va kunduz” hayotiyligi va samimiyligi bilan, mazmunining teranligi bilan, qahramonlar xarakterining butunligi va to’kisligi bilan umrboqiy asarlar sirasiga mansub.
Bu roman bosilib chiqqandan so’ng, oradan ko’p o’tmay Cho’lpon qamoqqa olinadi. Uning nomini, ijodini targ’ib etish qat’iyan man qilinadi. Bu ahvol 1956 – yilgacha davom etadi.
O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so’ngina Cho’lpon adabiyotimiz saflariga qaytdi.
Uning ehtirosli, jo’shqin, teran asoslari bugungi kunimizda juda hamohang.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Sharafiddinov O. Choʻlponni anglash. T.: Xazina, 1994.

  2. Karimov N. Choʻlpon. T.: Fan, 1991.

  3. Choʻlponning badiiy olami (toʻplam). T.: Fan, 1994.

  4. Murodov J.Cholpon haqida. T.: Ohangaron Hayoti Gazetasi, 2014

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish