Cho’llanish va uning inson hayotiga ta’siri
Bugungi kunda yerlarning cho’llanishi global ekologik muammolardan biridir va hozirda bu jarayon inson hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Avvalo Cho’llanish atamasiga qisqacha ta’rif bersak:
Cho’llanish - qurg’oqchil iqlimli o’lkalarda ekologik tizimlarning buuzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiy iqtisodiy imkoniyatlarning pasayib ketishiga olib kelishiga olib keluvchi tabiy geografik hamda antropogen jarayon majmui.
Cho’llanishga ya’ni yaylovlarning cho’lga aylanishi tabiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda.Tabiy omillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974 yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li maydonining 60 foizdan ortig’i Nigeriya,Senegal daryolari qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100-150 kmga Savannaga kirib keldi.Hozirgi vaqtda insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida 9kv.km maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yili taxminan 21 mln gektar yer to’liq buzilib, cho’lga aylanmoqda. Har yili sug’oriladigan yerlarning 6 mln gektar maydoni cho’lga aylanmoqda.
O’zbekiston ham bu muammodan holi davlat emas, hozirgi kunda O’zbekitonning 70% yoki 31,4 mln gektar yeri qurg’oqchil maydonlardan iborat bo’lib, ular asosan tabiiy sho’rlangan, ko’chma barxan qumliklar tarqalgan hamda issiq garmsel shamollari ta’siridagi hududlardan iboratdir .Hozirda yurtimizda “ Orol muammosi” nafaqat O’zbekistonni ,balki dunyo davlatlarini tashvishlantirmoqda. Orol dengizidagi suvdan oqilon foydalanmaslik oqibatida o’rmon bilan qoplangan maydoonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda. Tabiy muhit holatining ta’sirida o’zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. “ Orol muammosi” mintaqadagi ekologik inqirozning eng xavfli nuqtasiga aylandi. Oxirgi 80 yil ichida Orol dengizi “o’lik’’ dengizga aylanib qoldi, bir necha turdagi baliqlar qirilib ketdi, kuchli sho’rlanish jarayonida hududda yashovchi aholida o’t xaltada tosh paydo bo’lishi , sueunkali gastrit , buyrak kasalliklari va qizil o’ngach raki kabi kasalliklar kuzatila boshladi. Bir so’z bilan aytganda Orolda hayot butkul izdan chiqdi, uyerdagi gavjum hayot to’xtab qoldi.
Cho’llanishga qarshi kurashish maqsadida BMT tomonidan 1994-yili cho’llanishga qarshi Konvensiyasida 17-iyun kuni “Butunjahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanish belgilandi. Shuningdek, Ozbekistonda ham cho’llanishga qarshi chora tadbirlar olib borilmoqda. Bunga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22 fevraldagi “ O’zbekiston Respublikasida cho’llanishva qurg’oqchilikga qarshi kurashish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4204-sonli qarori qabul qilindi.
Shu bilan birga yurtimizda “Yashil cho’l laboratoriyasi” Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mazkur Konsepsiyada Qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Fanlar Akademiyasining Botanika instituti tomonidan o’rganilib chiqildi va bir qancha takliflar qo’llab-quvvatlandi.
Mazkur loyiha bo’yicha birinchi navbatda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi cho’l hududida zamonaviy innovatsion cho’l laboratoriyasini tashkil qilish rejalashtirilgan.Hududlarni bosqichma-bosqich cho’l o’simliklari dunyosi bilan boyitib borish , issiq iqlim sharoitiga moslasha oladigan o’simlik turlarini ko’paytirish loyihaning asosiy maqsadlaridan biridir. Shuningdek, hududda hayvonot dunyosini ortga qaytarish, qorako’lchilik uchun ozuqa bazasini yaratish; bio xilma-xillikni oshirish vazifasi ham qo’yilgan, va shuningdek loyihada ekoturizm va agroturizmni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Bajardi: Vohidjon Ubaydullayev ,207-guruh
Do'stlaringiz bilan baham: |