Cho’l zonasi tuproqlarining kelib chiqishi, tarkibi va xossalari



Download 55,5 Kb.
bet2/3
Sana25.06.2022
Hajmi55,5 Kb.
#702461
1   2   3
Bog'liq
Cho’l zonasi tuproqlarining kelib chiqishi, tarkibi va xossalari

Кimyoviy tarkibi. Qumli cho’l tuproqlarida gumus juda kam (0,2-0,5%) bo’lib,ammo gumus tuproqning ancha chuqurligiga(30-35sm)qadar kirib boradi. Fizik xossalari.Qumli cho’l tuproqlarning mexanik tarkibida mayda qum (0,25-0,05) va yirik chang (0,05-0,01 mm) fraksiyalari ko’p bo’ladi. qumli cho’l tuproqlaridan qishloq xo’jaligida foyda-lanish. MDHda qumli yerlar maydoni 64,73 mln gektar bo’lib,qishloq xo’jaligida shundan 37,28%i foydalaniladi. Shu maqsadda, dalalarga sug’orish suvlari bilan birga loyqa yuborish sun’iy ravishda gilli tuproq solish yaxshi samara beradi.
Qumli tuproqlar gumusga va turli oziq moddalarga kambagal bo’lganligidan,organik va minyeral o’g’itlardan keng foydalanish ko’p yillik o’tlar ekish zarur. Qumli tuproqlarning shamol ta’sirida to’zg’ishiga qarshi kurash chora tadbirlari olib borish ham muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda ixota daraxtzorlari barpo etish, kimyoviy vositalar(КBT,К-4,К-9 kabi preparatlar) dan foydalanish tuproqni mustahkamlash yaxshi samaralar beradi.
Bo’z tuproqlar zonasi mamlakatimizda qishloq xo’jaligida muhim o’rinni egallaydi. Unda asosiy paxtachilik tumanlari joylashgan. Paxtachilik bilan bir qatorda, zonada ko’plab ekinlar: sholi qandlavlagi, makkajo’xori, bug’doy, lub ekinlari, sabzavot,kartoshka va boshqalar etishtiriladi. Bu yerda bog’dorchilik, uzumchilik va pillachilik ham keng rivojlangan. Bo’z tuproqlar o’tloqi-bo’z va sur qo’ng’ir tusli tuproqlar bilan birga MDH ga qishloq xo’jaligi strukturasida quyidagicha foydalaniladi: haydalma yerlar -3,8: yaylovlar -29,7: pichanzorlar -1,7: o’rmon va butazorlar -0,5%. Sug’orish miqdoriga qarab, tuproqlar qadimdan sug’oriladigan tuproqlarga va yangi o’zlashtirilgan tuproqlarga ajratiladi.Bo’z tuproqlar zonasida yerlar unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlardan eng muhimlari: sug’orishni to’g’ri tashkil etish: tuproqda chuqur haydalma qavatni yaratish: almashlab eqishni keng joriy etish yo’li bilan yerda ko’proq organik moddalar to’plash: minyeral va organik moddalardan samarali foydalanish: yeroziyaga qarshi kurash sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproq sho’rlanishi oldini olish va unga qarshi kurash katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda tuproqning meliorativ holatiga qarab sug’orish,zax suvlarning chiqib ketishiga e’tibor byerish,shuningdek sug’orish va mavsumiy sug’orish normalariga rioya qilish,suvning filtrlanishi natijasida ortiqcha sarfiga qarshi kurash: yerni o’z vaqtida sifatli ishlash,bir tekisda sug’orish uchun yer yuzasini tekislash: irrigasiya tarmoklaridan suvning nobud bo’lishini oldini olish: yerning sho’rini yuvish: sho’rga chidamli ekin navlardan foydalanish singarilar muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin(0,5-3,0 m) bo’lgan sharoitda, doimiy kapillyar namlik ta’sirida hosil bo’ladigan o’tloq; botqoq, botqoq-o’tloq tuproqlar va sho’rhoklar kiradi. Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarning satxi, minyerallashganlik darajasi va shuningdek, davriy ravishda bo’lib turadigan tashqi suvlari rejimiga bog’liq. Gidromorf tuproqlar maydoni O’rta Osiyoning sug’oriladigan maydonlarning deyarli yarmi, O’zbekistonda 40% ini gidromorf tuproqlar tashkil etadi. Sug’orib dehqonchilik qilingan maydonlarning,sug’orish suvlari ta’sirida yer osti sizot suvlarining qayta ko’tarilishi va kam oqib ketishi ro’y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf tuproqlar ham hosil bo’ladi. Bunda bo’z tuproqlarning o’tloq tuproqlarga o’tishi uchun ancha vaqt kyerak bo’ladi.
Кlassifikasiyasi. Cho’l va bo’z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarning tiplari-o’tloq,botqoq va sho’rhok tuproqlari bo’lib, ular botqoq-o’tloq, o’tloq (tipik) sho’rhok va botqoq-sho’rhok singari tipchalariga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-allyuvial, 2-uncha rivojlanmagan shag’al allyuvial: 3-sho’rlangan allyuvial: 4-soz tuproqlar: 5-sho’rlangan soz: 6-sho’rtobli soz tuproqlar kabilarga bo’linadi. Cho’l zonasining ko’proq tarqalgan gidromorf tuproqlariga: sohil (qayir)-allyuvial,allyuvial-o’tloq,to’qay gilli allyuvial-o’tloq, botqoq-o’tloq, o’tloq-botqoq sho’rhokli, botqoq tuproqlar va sho’rhoklar kiradi. Bu tuproqlar maydoni uncha katta emas. Har yili yoki davriy ravishda suv bosib turadigan daryo sohili tyerassalarida,daryodan uzoqda joylashgan, lekin u daryo toshqinidan suv bosadigan yerlarda tarqalgan.
Toshqin suvlarda turli darajada-loyqa bo’lganidan, qayirni suv bosganda oqim tezligiga qarab, turli mexanik tarkibli allyuviy yotqiziladi. Shuning uchun sohil-allyuvial tuproqlari qatlamli bo’lib, qumdan tortib sozga qadar turli mexanik tarkibli. Mexanik tarkibi engil bo’lgan keltirilmalar bilan qoplangan, suv bosmaydigan yoki qisqa vaqt davomida toshqin suvi bosadigan o’zan bo’yi balandliklarda, daraxt-butali to’qaylar bilan egallangan va o’tloqi o’simliklar bilan qoplangan yerlarda o’tloqi-to’qay tuproqlarning rivojlanishi. To’qay daraxtzorlari, butazorlari ko’pincha daryo bo’yida va orollarda ko’p uchraydi. Bu tuproqlar cho’l zonasining Amudaryo va Sirdaryo irmoq-larida, ularning o’rta oqimidagi quyi tyerassalarda. Zarafshon, Surxondaryo, Vaxsh, Murg’ob shuningdek, Atrek daryolarining etaklarida katta maydonlarni egallaydi. Sug’oriladigan dehqonchilik rivojlangan chimli o’tloq tuproqlar turli mexanik tarkibli qatlamlarda paydo bo’ladi.
Sizot suvlari sathi 1-3 m chuqurlikda bo’lib,minyerallashuv darajasi daryo va uning tarmoqlari uzoqlashgan sayin ortib boradi.
Bo’z tuproqlar zonasining sohil allyuvial,chimli o’tloq, botqoq-o’tloq va botqoq kabi gidromorf tuproqlari daryolarning quyi tyerassalarida, vodiylarning chekkalarida, yoyilmalarda, pastliklarda va tog’ oldi qiyaliklarining quyi qismlarida keng tarqalgan. Bu yerdagi gidromorf tuproqlarda sug’oriladigan dehqonchilik yaxshi rivojlangan.
Bo’z tuproqlar zonasidagi gidromorf tuproqlar va allyuvial, ko’proq soz rejimli namlanish sharoitida hosil bo’ladi.
Morfologik tuzilishi,kimyoviy va fizikaviy xossalariga ko’ra cho’l zonasidagi ana shunday tuproqlardan kam farqlanadi.
a) Botqoq-o’tloq tuproqlar sizot suvlari yer betiga yaqin joylashgan (0,7-1,2 m) sohil ustida pastlik joylarda tarqalgan.Tabiiy o’simliklar bu yerda o’tloq tuproqlarga nisbatan yaxshi rivojlanadi.
Doimiy syernam bo’lganidan allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlarda o’simlik qoldiqlari ko’pgina anayerob sharoitda parchalanadi va natijada gumus miqdori 5-7% gacha bo’lib, pastda keskin kamayadi.(0,5-0,6% ga). Dehqonchilikda bu tuproqlardan foydalanish oldin zovurlar qazilib yerlarning zaxi qochirilishi lozim. O’tloq soz tuproqlar sho’ri yuvilganda bo’z tuproqlar mintaqasi va cho’l zonasidagi eng yaxshi yerlar jumlasiga kiradi.
b) Bunday tuproqlar sizot suvlari yuza joylashgan (1 m ga yaqin).Botqoq o’tloq soz tuproqlar allyuvial tuproqlardan o’zining qator belgilari va xususiyatlari, jumladan gumusning ko’pligi myergelli va sho’r qatlamlarning yaxshi ifodalanganligi,ba’zi sho’rlangan yerlarda (kalsiy karbonat bilan gips aralashmasi) yangi yaralmalarning uchrashligi bilan farq qiladi. Bu tuproqlarda sug’orib dehqonchilik qilinadi. Кatta maydonlarda sholi ekiladi. Botqoq tuproqlar sizot suvlari yarim metrdan yaqinroq ancha pastlik yerlarda uchraydi. Botqoq tuproqlar orasida ko’proq gley-botqoqli tuproqlar tarqalgan bo’lib, torf-gleyli-botqoqli tuproqlar ham uchraydi. Gumus miqdoriga ko’ra botqoq-o’tloq tuproqlar ham o’tloq tuproqlar kabi to’q tusli va och tusliga bo’linadi. To’q tusli botqoq o’tloq tuproqlarda gumus miqdori 3-8%, ayrim joylarda 12%gacha, och tuslida esa 1,5-3% atrofida bo’ladi. Botqoq-o’tloq soz tuproqlarda umumiy azot gumus miqdoriga qarab 0,13 dan 0,59 foizgacha va umumiy fosfor 0,15-0,22 foizni tashkil etadi. Botqoq-o’tloq soz tuproqlarning fizik xossalari turli gorizontlarda bir xil emas. Ayniqsa myergellanish va shu qatlamning fizik xossalari nihoyatda yomon. Sho’rlangan tuproqlarda tegishli meliorativ tadbirlar olib borilishi lozim. Botqoq yerlar quritilib foydalanishi mumkin.

Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish