«5»
|
«4»
|
«3»
|
«2»
|
KHK
|
Tajriba guruh
|
43
|
10
|
13
|
15
|
5
|
3,66
|
n=1,09
|
Nazorat
guruh
|
64
|
11
|
15
|
25
|
13
|
3,35
|
Nizomiy nomidagi
TDPU
|
Tajriba guruh
|
24
|
7
|
9
|
7
|
1
|
3,89
|
n=1,12
|
Nazorat
guruh
|
33
|
5
|
10
|
13
|
5
|
3,47
|
Natijalarni o‘rtacha qiymatlarini guruhlar bo‘yicha diagramma ko‘rinishida tasvirlasak, quyidagi ko‘rinishni oladi
X U L O S A
Mustaqil mamlakatimizning turli sohalaridagi o‘zgarishlar jamiyatimiz oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimi, ma’naviyati, ilmiy dunyo qarashini boyitishning samarali vositalarini izlash zaruriyatini qo‘ymoqda. Yoshlarimizdan ular egallagan bilimlarni jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llay bilish talab etilmoqda. Yosh avlod istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalanib, ulug‘ ajdodlarimizga munosib voyaga etishishlarini, eng avvalo ularning bugungi olayotgan saboqlari va bilimiga bog‘liq.
Chizmachilik fanini OTM larida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmoqda deb bo‘lmaydi. Jumladan, pedagogik texnologiyalarni muhandislik grafikasi ta’lim jarayoniga olib kirish, o‘qitishni zamonaviy fan – texnika taraqqiyoti talablariga, nazariy bilimlarning hozirgi umumiy darajasiga muvofiq takomillashtirish kabi keng qamrovli ayrim masalalar haligacha o‘zining yechimini kutmoqda. Bu masalalarning amalga oshirilishi talabalarning bilish faoliyatini oshirish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida talabalarning bilish faoliyatini oshirish, ularning mustaqil ishlar bajarishda ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan usullarni mos ravishda tanlash, kelgusida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirishda o‘z samarasini beradi.
Chizmachilik fanini masalalar echish orqali o’qitish jarayonida talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish bilan bog`liq nazariy va amaliy tadqiqotlar o’rganilib, tahlil qilindi, zarur xulosalar olindi. Tadqiqotda pedagogik-psixologik nuqtai nazardan talabalar grafik faoliyatining xususiyatlari, o’quv jarayoni didaktik ta`minotining ahvoli OTMda foydalanilayotgan metodik ishlanmalarning mohiyati va yo’nalishlari, bilish faoliyatini rivojlantirish muammolari nuqtai nazaridan tahlil qilindi. O’qitish amaliyotida foydalaniladigan masalalar talabalar tafakkur faoliyatiga ta`sir ko’rsatishi aniqlandi. Shunday ekan talabalrning ijodiy ishlashga intilish, fazoviy tasavurini rivojlantirish, ongli faolligini shakllantirishda chizmachilik fani katta ahamiyatga ega.
Yuqoridagi aytib o’tilgan qobiliyatlarni yanada takomillashtirish har bir o’qituvchining muqaddas burchidir.
Biz bergan metodik tavsiyalar yordamida kasb-hunar kollejlarida o’qituvchilar bu ishdan samarali foydalanishlari mumkin.
Bu metodik tavsiyalarni kelajakda pedogogik faoliyatimda tadbiq qilish va rivojlantirib yanada mukamallashtirish maqsadim bor.
Bu sohada uning pedogogik asoslarini o’quv materiallar mazmuni va metodlarini tajribada o’rganish yuzasidan ishlar olib borish hamda yangi metodik tavsiyalar yaratish shubhasiz muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |