Aylanish sirtlarining tekislik bilan kesishgan chizig‘ini aniqlash
Qiyalik masshtabi Pi orqali berilgan tekislik bilan o‘qi Ho tekislikka perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri doiraviy konusning kesishgan kesim yuzasi aniqlansin.
Masalani yechish algoritmi: (9-rasm, a).
1 .Bunda konusning gorizontal chiziqlari bo‘lgan aylanalar va tekislikning gorizontal chiziqlari bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi.
2. Son belgilari bir xil bo‘lgan konus va teksilik gorizontal chiziqlari aylana va to‘g‘ri chiziqlarning mos ravishda o‘zaro kesishish nuqtalari A′4 , B′3 … belgilanib ularni ketma-ket tutashtiramiz.
3. Natijada P (Pί) tekislik bilan to‘g‘ri doiraviy konusning kesishgan kesim yuzasi hosil bo‘ladi.
Silindr bilan tekislikning kesishish chizig‘i ham yuqaridagi usuldan foydalanib aniqlanadi (9-rasm, b).
Do'stlaringiz bilan baham: |