Silindrik tishli g‘ildiraklarni shartli tasvirlash. Chizmada tishli g‘ildiraklarni
shartli tasvirlash qabul qilingan (8.3-shakl). G‘ildirakning tashqi d
t
diametri
tishlarning tashqi cho‘qqilari orqali o‘tadi va u asosiy yo‘gon tutash chiziqda
chiziladi va tishli g‘idirakning tashqi konturi hisoblanadi. G‘ildirakning o‘yiqlari
aylanasi d
i
chizmada ingichka tutash chiziqda chiziladi. Boshlang‘ich aylana
diametri d shtrix-punktir chiziq bilan ifodalanadi.
Bosh ko‘rinishdagi qirqimda tishlar shartli qirqilmagan tasvirlanadi.
Tishlarning yo‘nalishi qiyshiq yoki shevronli bo‘lsa, ingichka chiziq bilan ularning
bir qismi ko‘rsatiladi (8.3-shakl b, c). Ko‘rinmaydigan elementlarini tasvirlash
shart emas.
8.3-shakl
Tishli g‘ildiraklarning konstruksiyasi va ularni tayyorlash usullari ularning
o‘lchamlariga va ko‘plab ishlab chiqarishga bog‘liq. Tishli g‘ildirak va valning
o‘lchamlari nisbatiga qarab, ularni bir butun val-shesternya ko‘rinishida (8.4-shakl,
d) yoki alohida-alohida ishlab chiqariladi. Val-shesternyalarni yakka tartibda ishlab
chiqarish lozim bo‘lsa - prokat usulida, ko‘plab ishlab chiqarilsa - quyma yoki
shtampovkalash usulida ishlab chiqariladi.
189
S ≥ 2m bo‘lsa, tishli g‘ildirakda gupchak ishlanmaydi (8.4-shakl, a).
8.4-shakl
Tishli g‘ildirakning tashqi diametri d
t
≥ 150 mm bo‘lsa, yengillatirish uchun
1,2 mm li gardish tayyorlanadi (8.4-shakl, b). Gupchak eni tish enidan katta bo‘lsa,
birdaniga ikkita g‘ildirakda tish o‘yishni tashkil qilish maqsadida, gupchakni bir
tomonga siljitib tayyorlash lozim (8.4-shakl, b, c).
Shevronli tishli g‘ildiraklarda tish balandligi kaltaroq bo‘lib, h=2,5m;
e=(10…15)m; s=(2,5…4)m, qolgan parametrlari silindrik tishli g‘ildiraklar kabi
olinadi.
8.4-shakl, b da silindrik tishli g‘ildirakning ish chizmasi ko‘rsatilgan. Bosh
ko‘rinishda g‘ildirakning barcha elementlari aniq tasvirlanganligi uchun uning yon
ko‘rinishida faqat val teshigi shponka ariqchasi uchun ko‘rsatilgan.
Tishli g‘ildirakning chizmasini chizish uchun, dastlab, uning moduli va
tishlarining soni ma’lum bo‘lishi kerak.
Misol: Silindrik tishli g‘ildirakning moduli m=5, tishlar soni z=25 berilgan
bo‘lib, uning chizmasi chizilsin (8.5-shakl).
Silindrik tishli g‘ildirakning chizmasini chizishda, avval, uning boshlag‘ich
aylana diametri d(d
z) aniqlab chiziladi. Keyin unga nisbatan tishlar balandligi h
a
va h
f
lar aniqlanib, tashqi chiqiqlar aylanasi d
t
hamda ichki o‘yiqlar aylanasi d
i
chiziladi (8.5-shakl, a).
Qolgan konstruktiv yasashlar keltirilgan tenglamalar yordamida parametrlari
aniqlanib chizib chiqiladi (8.5-shakl, b).
190
8.5-shakl
191
Do'stlaringiz bilan baham: |