Chizmachilik


VIII BOB. TISHLI UZATMALAR



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

VIII BOB. TISHLI UZATMALAR 
 
Parchin mixlar 
Shartli tasvirlanishi 
Tasvirlanishi 
Kesimda 
Ko‘rinishda 
Yarim yumaloq 
(sferik) qalpoqli 
parchin mix 
Ichi kovak 
silindrik parchin 
mix (piston) 
Bir tomoni 
yashirin, ikkinchi 
tomoni yarim 
yumaloq qalpoqli 
parchin mix 


184 
 
Turli mashina va mexanizmlarda aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga 
turli  usullar  yordamida  uzatiladi.  Agar  vallar  orasidagi  masofa  nisbatan  katta 
bo‘lsa, u holda aylanma harakat tasma yoki zanjir vositasida uzatiladi. Vallarning 
o‘qlari orsidagi masofa deyarli katta bo‘lmasa, aylanma harakat friksion va tishli 
uzatmalar  vositasida  uzatiladi.  Friksion  uzatishda  ikki  silindrik  yoki  konus  sirtlar 
bir-biriga  bir  oz  kuch  ta’sirida  tegib  turadi,  aylanma  harakat  shu  kuch  ta’sirida 
hosil bo‘ladigan ishqalanish vositasida uzatiladi. 
Tishli ilashmalarda aylanma harakat tishli g‘ildiraklar vositasida uzatiladi. Bu 
ilashma  uzatish  g‘ildirak  tishlarining  o‘zaro  ilashishidan  hosil  bo‘ladi.  Tishli 
g‘ildiraklar  aylanma  harakatni  yetakchi  valdan  yetaklanuvchi  valga  uzatishda 
ishlatiladi.  Shuning  uchun  tishli  g‘ildiraklardan  biri  yetakchi,  ikkinchisi 
yetaklanuvchi hisoblanadi. Ikkalasining tishlarini o‘lchamlari bir-biriga mos kelishi 
shart.  
Yetakchi va yetaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni, ya’ni bir xil tezlik bilan 
harakatlansa,  u  holda  bu  vallarga  tishlarining  soni  teng  bo‘lgan  bir  xil  tishli 
g‘ildiraklar  o‘rnatiladi.  Agar  yetaklanuvchi  val  yetakchi  valga  nisbatan  sekinroq 
aylanishi  kerak  bo‘lsa,  u  vaqtda  yetaklanuvchi  valga  tishlarning  soni  ko‘proq 
bo‘lgan tishli g‘ildiraklar o‘rnatiladi yoki aksincha. Bu yerda tishlarining soni kam 
bo‘lgan  g‘ildirak  shesternya,  tishlarining  soni  ko‘proq  bo‘lgani  tishli  g‘ildirak 
deyiladi. 
  Yetakchi  va  yetaklanuvchi  vallarning  geometrik  o‘qlari  o‘zaro  paralel 
bo‘lsa, u vaqtda aylanma harakat  silindrik tishli g‘ildiraklar yordamida uzatiladi. 
Agar  yetakchi  va  yetaklanuvchi  vallarning  geometrik  o‘qlari  o‘zaro  kesishishsa 
(to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida), u holda harakat konussimon tishli g‘ildiraklar 
orqali  uzatiladi.  Mabodo  vallarning  geometrik  o‘qlari  o‘zaro  ayqash 
(kesishmaydigan,  chalmashuvchi)  bo‘lsa,  aylanma  harakat  vint  (chervyak)  va 
chervyak  g‘ildiragi  orqali  uzatiladi.  Bordi-yu  shesternyaning  aylanma  harakatini 
ilgarilanma  harakatga  o‘zgartirish  lozim  bo‘lsa,  u  vaqtda  mexanizmga  reyka 
o‘rnatiladi. 


185 
 
8.1-shakl 
Tishli  g‘ildirak  va  shesternyalar  tishlarning  soni  har  xil  bo‘lishiga  qaramay, 
ularning modullari bir xil bo‘ladi. 
Tishli g‘idirakning tasnifi quyidagicha: 

 
tishlarning profiliga binoan evolventasimon tishli, qavariq va botiq tishli 
(Novikov ilashmasi) va sikloidali tishli; 

 
tishning turiga qarab to‘g‘ri tishli, qiyshiq tishli, shevronli; 

 
val  o‘qlarining  o‘zaro  joylashishiga  nisbatan  silindrik  uzatmalar  to‘g‘ri 
tishli  (8.1-shakl,  a);  qiyshiq  tishli  (8.1-shakl,  b);  shevronli  tishli  (8.1-shakl,  c); 
konussimon  uzatmalar  (to‘g‘ri  tishli,  8.1-shakl,  d);  qiyshiq  tishli  (8.1-shakl,  e); 


186 
 
aylanma  tishli  (8.1-shakl,  f);  vintli  (8.1-shakl,  g);  chervyakli  (8.1-shakl,  h)  ; 
gipoidli (8.1-shakl, k) uzatmalar; 

 
g‘ildirakning  aylana  bo‘yicha  tezligi:  0,5  m/s  gacha  sekin 
harakatlanuvchi uzatma; 3 … 15 m/s gacha sekin harakatlanuvchi uzatma; 15 m/s 
dan ko‘p harakatlanuvchi uzatma; 

 
himoyalanish  darajasi  bo‘yicha:  ochiq  joylashgan,  vaqt-vaqti  bilan 
moylanib turadigan, yopiqli va doimo moylanib turadigan ilashmalar; 
- ichki ilashmali (8.1-shakl, l) va aylanma harakatni ilgarilama hamda qaytma 
harakatga o‘zgartiruvchi (8.1-shakl, m) reykali ilashma (uzatma) bo‘ladi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish