Chizmachilik va chizma geometriya


TAYYOR BUYUMNING YIG’ISH CHIZMASINI BAJARISH



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana16.03.2022
Hajmi4,19 Mb.
#492963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
detallarning eskizlarini tayyorlash ularning ish chizmalarini bajarish va yigma birliklarni tasvirlash

3. TAYYOR BUYUMNING YIG’ISH CHIZMASINI BAJARISH. 
3.1. BUYUMNING SPETSIFIKASIYASINI TUZISH. 
 
Spetsifikasiya
asosiy konstruktorlik hujjati hisoblanib, yig’ma birlikning 
tarkibini aniqlaydi. Standartga binoan spetsifikasiya A4 formatda, 1-shakl 
(sarlavha varaq), yoki 1a-shakl (keyingi varaqlar) bo’yicha bajariladi. Umumiy 
vaziyatda spetsifikasiya (1-jadval) quyidagi tartibda joylashgan bo’limlardan 
iborat: hujjatlar, komplekslar, yig’ma birliklar, detallar, standart buyumlar, boshqa 
buyumlar, materiallar, komplektlar. U yoki bu bo’limlarning mavjudligi 
buyumning tarkibini belgilaydi. Har bir bo’limning nomi “
Nomi
grafasida 
ko’rsatilib ingichka chiziq bilan tagiga chiziladi. Har bir sarlavhadan keyin bo’sh 
qator, bundan tashqari har bir bo’lim oxirida, qo’shimcha yozuvlar uchun, kamida 
birta qator tashlanadi. Qator balandligi 8 mm dan kam bo’lmasligi kerak. O’quv 
chizmalari uchun har bir bo’limning mazmuni: 
Hujjat
– konstruktorlik 
hujjatlarining asosiy tashkil etuvchisi (yig’ish chizmasi va strukturaviy sxema-
buyumning 
tarkibiy 
qismlarga 
bo’linishi). 
Yig’ma 
birliklar 
– 
spetsifikasiyalanayotgan buyum tarkibiga kiruvchi yig’ma birliklar. 
Detallar
– 
bevosita buyum tarkibiga kiruvchi detallar (ya’ni, yuqorida keltirilgan yig’ma 
birliklar tarkibiga kirmaydigan). Yig’ma birliklar va detallar, ularni belgilovchi 
raqamlarning oshib borishi tartibida yoziladi. 
Standart buyumlar
– davlat, soha va 
korxona (yordamchi ishlab chiqarish buyumlari uchun) standartlari bo’yicha 
qo’llaniladigan buyumlar. Yozuvlar standartlarning har bir
toifasi doirasida

detallarning funksional qo’llanilishi bo’yicha (dumalash podshipniklari, 
mahkamlash buyumlari va h.k.z.) birlashtiruvchi guruhlari bo’yicha, har bir 
guruh 
doirasida
, nomlari alifbo tartibida (masalan, boltlar, gaykalar, vintlar, shaybalar), 
har bir 
nom doirasida
standartlarning belgilari oshib borishi tartibida, har bir 
belgi 
doirasida
esa asosiy parametrlar yoki o’lchamlarning oshib borishi tartibida 
(masalan 
diametr, 
uzunlik) 
amalga 
oshiriladi. 
Materiallar

spetsifikasiyalanayotgan buyum tarkibiga kiruvchi (ya’ni, buyum yig’ma birligi 
tarkibiga kirmaydigan) materiallar. Ularni quyidagi tartibda yozamiz: qora 
metallar, rangli metallar, simlar, iplar, plastmassalar va h.k.z. Har bir turi bo’yicha 



material alifbo tartibida, har bir nom bo’yicha esa o’lcham yoki boshqa 
parametrlarning oshib borishi bilan yoziladi. Buyumdagi miqdori konstruktor 
tomonidan belgilana olmaydigan materiallar (masalan, bo’yoq, yelim, kavshar va 
h.k.z.) yozilmaydi. Bunday hollarda ularning miqdorini texnolog belgilaydi, 
ularning qo’llanilishi bo’yicha ko’rsatmalar esa, chizmada yozilgan texnik 
talablarda beriladi. Material nomi bir qatorga sig’masa, ikkinchi qatorga ham 
o’tiladi, lekin nomer qo’yilmaydi. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish