PROYEKSIYALAR TЕKISLIKLARINI ALMASHTIRISH USULI
Ortogonal proyeksiyani qayta tuzishning qaysi usulida yangi proyeksiyalar tekisligi oʻtkaziladi?
A. Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usulida.
B. Tekis-parallel koʻchirish usulida.
D. Aylantirish usulida.
E. Ustma-ust qoʻyish usulida.
Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usulida yangi proyeksiyalar tekisligi mavjud proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan qanday vaziyatda oʻtkazilishi kerak?
A. Mavjud proyeksiyalar tekisliklaridan biriga perpendikuar vaziyatda.
B. Mavjud proyeksiyalar tekisliklaridan biriga parallel vaziyatda.
D. Mavjud proyeksiyalar tekisliklaridan ikkitasiga perpendikuar vaziyatda.
E. Mavjud proyeksiyalar tekisliklaridan ikkitasiga parallel vaziyatda.
Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usulida umumiy vaziyatdagi toʻgʻri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini aniqlash uchun proyeksiyalar tekisligi necha marta almashtiriladi?
A. 1 marta.
B. 2 marta.
D. 3 marta.
E. 4 marta.
Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usulida umumiy vaziyatdagi toʻgʻri chiziq kesmasini proyeksiyalovchi vaziyatga keltirish uchun proyeksiyalar tekisligi necha marta almashtiriladi?
A. 2 marta.
B. 1 marta.
D. 3 marta.
E. 4 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |