Chizma geometriya



Download 4,01 Mb.
bet8/10
Sana15.01.2022
Hajmi4,01 Mb.
#365998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-вариант. Чизма геометрия

5-jadval

2 b) masala. xususiy holda berilgan ikki aylanish sirtining o‘zaro kesishgan chizig‘i yordamchi kesuvchi tekisliklar usulida aniqlansin. (7-rasm).

Masala yechimi. Bizning namuna chizmamizda yarim sfera sirti bilan asosi ABD(A′B′D′, A″B″D″) bo‘lgan to‘g‘ri prizmaning o‘zaro kesishgan chizig‘i yordamchi kesuvchi tekisliklar usulida aniqlangan. Dastlab berilgan variant chizma qog‘oziga ko‘chirib chiziladi.

Sirtlarning o‘zaro kesishgan chizig‘ini aniqlash uchun yordamchi kesuvchi teksilik sifatida frontal tekisliklardan foydalaniladi. Bu tekislik sfera bilan aylana, prizma bilan to‘g‘ri chiziq va to‘g‘ri to‘rtburchaklar bo‘yicha kesishadi. Masalan, prizmaning DD1(DD1, DD1) qirrasini sfera bilan kesishgan 1(1′, 1″) nuqtasini aniqlash uchun shu qirrasi orqali frontal V1(V1H) tekislik o‘tkaziladi. O‘tkazilgan tekislik sferani R1 radiusdagi aylana, prizmani esa DD1(D′D′1, D″D″1) to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kesadi. Berilgan sirtlarning frontal proyeksiyasida R1 radiusdagi aylana va D″D″1 chiziqlar o‘zaro kesishib, izlangan 1(1″) nuqtani beradi. Uning gorizontal proyeksiyasi 1′ nuqta D′ bilan ustma-ust tushadi.

Prizmaning AA1B1B yoqi yarim sferani R2 radiusli aylana bo‘yicha kesadi. Buning uchun yordamchi kesuvchi V2(V2H) tekislik o‘tkaziladi. O‘tkazilgan tekislik Ø sirtni R2 radiusdagi aylana (chizmada R2 ko‘rsatilmagan) G sirtni AA1B1B to‘rtburchak bo‘yicha kesib o‘tadi. Aylana va to‘rtburchak o‘zaro kesishib, ikki sirtning kesishgan chizig‘iga oid 23(2′3′, 2″3″) aylana yoyini aniqlaydi. Qolgan 4, 5, 6, 7 nuqtalar yordamchi kesuvchi V3, V4 tekisliklardan foydalanib aniqlanadi

Endi frontal proyeksiyada 1(1″), 6(6″), 4(4″), 2(2″), 3(3″), 5(5″), 7(7″) nuqtalar lekalo yordamida ketma-ket tekis, ravon qilib tutashtiriladi va ikki sirtning kesishgan chizig‘i hosil qilinadi. Bu yerda uchta tekis egri chiziq hosil bo‘ladi: 1642(1″6″4″2″), 23(2″3″), 3571(3″5″7″1″). Bundan tashqari 163 (1″6″3″) va 175 (1″7″53″) qismlari ko‘rinarli, 42 (4″2″), 23 (2″3″) va 36 (3″6″) qismlari ko‘rinmas bo‘ladi. Shuningdek, AA1B1B yoqdagi 23(2″3″) chiziq aylana yoyi holatida bo‘ladi, ya’ni bu chiziq sirkul orqali hosil qilinadi.

Keyin sirtlardan biri, ya’ni prizmaning yoyilmasi bajariladi. Prizmaning ABD (A'B'D') asosi uning normal kesimi bo‘lganligi uchun chizma qog‘ozining bo‘sh joyiga to‘g‘ri chiziq chiziladi va unga A'B', B'D' va D'A' masofalar ketma-ket o‘lchab qo‘yiladi. Hosil bo‘lgan A0, D0, B0, A0 nuqtalardan normal kesim yoyilasiga perpendikular to‘g‘ri chiziqlar chiqariladi (bular prizma qirralari bo‘ladi). Ushbu prizma qirralariga frontal proyeksiyadan A''3'', B''2'', D''1'' masofalar mos ravishda (tegishlilik qoidasiga asosan) o‘lchab qo‘yiladi va 30, 20, 10, 30, nuqtalar topiladi.

BD va DA yoqlarda yotgan 4, 6 va 7, 5 nuqtalar ham yuqoridagidek o‘lchashlar orqali aniqlanadi. Natijada yoyilmada 40, 60, va 70, 50 nuqtalar topiladi. Masalan, D0B0 yoqqa D'T' masofa o‘lchab qoyiladi va undan qirralarga parallel chiziq o‘tkaziladi. Bu chiziqqa T''3'' masofa o‘lchab qo‘yiladi va 30 nuqta topiladi.

3020 oraliqda nuqtalar topish shart emas, chunki u aylana yoyi bo‘lib, uning O0 markazi frontal proyeksidan foydalanib aniqlanadi va R2 radiusda aylana yoyi chiziladi. Yoyilmadagi barcha 30, 20, 40, 60, 10, 70, 50, 30 nuqtalar ketma-ket lekalo yordamida silliq va ravon tutashtiriladi.

Prizmaning asosini qurish uchun B0 dan B0A0, D0 dan D0A0 radiusda aylanalar chiziladi va ularning kesishgan A0 nuqtasi B0 va D0 lar bilan tutashtiriladi.

Chizmaning hoshiya chizig‘i, asosiy yozuv o‘rni chiziladi va to‘ldiriladi hamda chizma taxt qilinadi (7-rasm).

2 b) masalani bajarish uchun variantlar 6-jadvaldan olinadi.

7-rasm.


Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish