Chizma geometriya va muhandislik grafika



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana26.04.2023
Hajmi4,36 Mb.
#931905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19 Amaliy mashg’ulot Detalning ishchi chizmasi Ishchi chizmaga qo’yiladigan

Mikrometr. 
Mikrometr bilan detallarning to‘g‘ri chiziqli sirtlari va tashqi 
diametrlarini 0,01 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin.
Mikrometr (7-shakl) tovon 1 ga joylashgan skoba 8, shkalali tana 4, baraban 5, 
baraban kallagi 6, mikrometrik vintli shpindel 2, shaqildoq 7 va mahkamlovchi halqa 3 
dan tuzilgan.
Mikrometrning tanasi trubka shaklida yasalgan bo‘lib, sirtqi yuzasiga o‘q bo‘ylab 
chiziq chizilgan. Bu chiziqning pastki va ustki tomoni shtrixlar bilan millimetrlarga 
bo‘lingan. Ustki shtrixlar pastki shtrixlar orasini teng ikki bo‘lakka bo‘ladi. Tananing 
pastki shtrixlaridan millimetrlar, ustki shtrixlaridan esa yarim millimetrlar 
hisoblabolinadi. 


21 
7-shakl 
Millimetrning yuzdan bir hissalarini hisoblash uchun noniusdan foydalaniladi. 
Nonius barabanning konus qismi bo‘lib, teng 50 bo‘lakka bo‘lingan. Bo‘lish 
intervalibarabanning konus qisminig diametriga bog‘liq. Mikrometrning barabani bir 
vaqtda ikki xil harakat, ya’ni o‘z o‘qi bo‘yicha aylanma va ilgarilanma harakat qiladi. 
Baraban bir marta to‘la aylanganda o‘q bo‘ylab 0,5 mm ga suriladi. 
Demak, baraban noniusning bir bo‘linmasiga burilganda0,5 mm ning 1:5 qismiga 
yoki 0,01 mm ga suriladi. Bu miqdor mikrometrning o‘lchash aniqligini bildiradi. 
Detalning o‘lchamlarinio‘lchash oldidan mikrometrni tekshirib ko‘rish 
zarur.Buning uchun shpindel tovonga taqaladi. Bunda noniusning nolinchi shtrixi bilan 
tana shkalasining nolinchi shtrixi bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Agar to‘g‘ri kelmasa, u 
hol mikrometrning aniq emasligini ko‘rsatadi. Detallarni bunday mikrometrlar bilan 
o‘lchashda olingan o‘lchamga ma’lum tuzatish kiritiladi.
Mikrometrlar quyidagicha ishlatiladi. Mikrometr bilan detalning biror o‘lchamini 
o‘lchash uchun detal tovon bilan shpindelorasiga qo‘yilib, shpindel detalga 
yaqinlashguncha baraban bilanburiladi. So‘ngra baraban bilan detalni ortiqcha qisib 
yubormaslik uchun shaqildoqdan foydalanamiz. Buning uchun shaqildoqning qalpog‘ini 
aylantirib, detal tovon bilan shpindel orasiga qisiladi.Detal keragicha qisilgandan keyin 
shaqildoq shpindelni aylantirishdan to‘xtaydi va qalpoq o‘zi aylanib qarsillagan ovoz 
chiqaradi. 
Mikrometr shpindelini shu vaziyatda saqlab qolish uchun mahkamlovchi halqa 
ishlatiladi.


22 
Mikrometrning ko‘rsatishlari quyidagicha hisoblanadi. Butun va yarim 
millimetrlar mikrometrlar tanasidagi bo‘linmalarga qarab hisoblanadi.Millimetrning 
yuzdan bir hissalarini hisoblash uchun tanadagi chiziqqa noniusning qaysi bir 
bo‘linmasi to‘g‘ri kelganligi aniqlanadi. 
O‘lchash natijalarinihisoblab chiqarish misolini ko‘rib chiqamiz. Noniusli 
baraban mikrometr tanasidagi 15 mm dan bir oz o‘tgan va noniusning 37-bo‘linmasi 
(8-shakl) tanadagi chiziq to‘g‘risida turibdi, deb faraz qilaylik. Demak, o‘lcham 15,37 
mm bo‘ladi.
8-shakl 
Mikrometrlar sanoatda 0-25mm dan 500-600 mm gacha o‘lchash chegarasi bilan 
ishlab chiqariladi.Mikrometrlarda sandart bo‘yicha o‘lchash chegarasiga qarab 0,004 
mm gacha xatolikka yo‘l qo‘yiladi. 
Mikrometrik nutrometr. 
Mikrometrik nutromer detallarning ichki o‘lchamlari va 
teshiklarning diametrlarining o‘lchash va tekshirish uchun ishlatiladi. 
Mikrometrik nutromer (9-shakl) o‘lchaydigan uchlik1, gilza2, tana 3, baraban 5, 
mahkamlaydigan vint 4, mikrometrik vint 7 va mahkamlaydigan gayka 6 lardan iborat. 
Tananing tashqi o‘qi bo‘ylab chiziq chizilgan bo‘lib, unga tik bo‘lgan yuqori va pastki 
tomonida shtrixlar bor. Bu shtrixlar yordami bilan bir va yarim millimetrlar aniqlanadi. 
O‘lchamning yuzdan bir hissalari barabandagi noniusdan hisoblab olinadi. Mikrometrik 
nutromer noniusi mikrometr noniusining tuzilish prinsipiga asoslangan.


23 
9-shakl 
Mikrometrik nutromerlar sanoatda standartga asosan 50-75 mm dan 4000-10000 
mm gacha o‘lchash imkoniyati beradigan qilib ishlabchiqariladi.
O‘lchash uchun asosiy kallak uzunligi etarli bo‘lmasa, bunday hollarda 
uzaytirgichlar ishlatiladi. Bu uzaytirgichlar nabor bilan ishlab chiqariladi va 
mikrometrik nutromerning o‘lchash chegarasini kengaytiradi. 

Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish