Chizma geometriya va uning qisqacha tarixi……………………...
2. Chizma geometriya fanining maqsad va vazifalari………………
3. Chizma geometriya fanining tayanch mavzulari va ularning tahlili…………………………………………………………………..
4. Хulosa…………………………………………………………….
5. Adabiyotlar ro`yxati …………..…………………………………
Kirish Barkamol shaxs va etuk mutaxassislarni tarbiyalashda "Kadrlar tayyorlash milliy dastur"ni jahon miqyosida e`tirof etilishi ko`p jihatdan umumiy o`rta ta`lim tizimining tubdan yangi asoslarda tashkil etilayotganligi bilan o`z me`yoriga etmoqda.
Zero, mamlakatimiz umumiy o`rta maktab chizma geometriya ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, uning mazmuni, strukturasi, o`qitish uslublarini uzluksiz takomillashtirib borish, talabalarni mustaqil fikrlashga yo`naltirish, bilimlar bilan qurollantirish va o`z- o`zini nazorat qilish kabilar chizma geometriya ta`limini isloh qilishning asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta`lim yo`nalishida chizma geometriya fani chizmachilikni o`qitishda nazariy asos bo`lib hisoblanadi.
Chizma geometriyaning asosiy vazifasi fazodagi narsalarni tekislikda tasvirlash, turli metrik va pozitsion masalalarni geometrik qonun-qoida asosida echish usullarini o`rgatishdan iborat. Bu fan talabada fazoviy tafakkur qilish va mantiqiy fikr yuritishni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga real narsalarni idrok qilishga o`rgatadi.
Mazkur fanni o`qish davomida u proektsiyalash usullari, turli masala echish, yaqqol tasvir chizish va unda soya berishni o`rganib oladi.
Bular hammasi turli xil chizmani o`qishga yordam beradi. Chizmani o`qiy olish uchun talabada fazoviy tushuncha hamda tasavvur qilish rivojlangan bo`lishi lozim. Bu xususiyat tasviriy va amaliy san`at darslarida ham shakllanadi. Shuning uchun chizma geometriyani mazkur fanlar bilan uzviy bog’liqligini hisobga olgan holda o`qitish yaxshi samara beradi.
Chizma geometriyani talabaning umumta`lim maktabi matematika, ayniqsa geometriya va chizmachilikdan olgan bilimi bilan bog’lab o`qitish tavsiya etiladi. Bu ta`limning uzviyligi va izchilligini ta`minlashga imkon beradi.
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta`lim yo`nalishida chizma geometriya fanini o`qitish pedagogik yo`nalishda olib borilishi lozim. Bu talabalarni turli
ko`rgazmali qurol va texnik vositalarni to`g’ri tanlashga o`rgatish hamda o`tilgan mavzuni og’zaki gapirib berish qobiliyati ya`ni nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.