Chivin chumoli kapalak



Download 164,5 Kb.
bet9/9
Sana09.07.2022
Hajmi164,5 Kb.
#765241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasharotlar haqida umumiy ma\'lumot

CHIVINLAR, uzun moʻylovli ikki qanotlilar (Nematocera) — ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi. 20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Koʻpchilik chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Asosan, lichinkalik davrida oziqlanadi. Lichinkasining ogʻiz apparati kemiruvchi tipda. Chivinlar suvda, nam tuproqda, oʻsimliklar toʻqimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan chivinlar havoda hayot kechiradi, kamdan-kam turi (masalan, yapon dengiz chivini)ning barcha rivojlanish fazasi suvda oʻtadi. Chivinlarga gʻurra yasarlar, zamburugʻ chivinlari, uzunoyoq chivinlar, jarangdor chivinlar, qon soʻrar chivinlar, zahkashlar, iskaptoparlar, bukri pashshalar va boshqa oilalar kiradi. Chivinlar oʻsimlik toʻqimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziqlanib zarar keltiradi. Qon soʻradigan chivinlar turli yuqumli kasalliklarni (masalan, bezgak, leyshmanioz) tarqatadi. Chivinlar hasharotxoʻr hayvonlar (qushlar, koʻrshapalaklar)ning , ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston faunasida haqiqiy chivinlar (25 ga yaqin tur), bukri chivinlar (51 tur), zahkashlar (60 tur), iskabtoparlar (17 tur) keng tarqalgan.
KAPALAKLAR, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) — toʻliq metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari paleogenningboshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, boʻr davridan maʼlum. Koʻpchilik K.ning ogʻiz organlari yuksak ixtisoslashgan soʻruvchi hartumdan iborat boʻlib, boshining ostki tomonida spiral shaklda oʻralib turadi. Pardasimon qanotlari rangli tangachalar bilan qoplangan. Qanotlarining rangi, ayniqsa, ularning turli rangda tovlanishi rangsiz tangachalarning yorugʻlik nurini har xil burchak ostida singdirishi b-n, qora, sariq va b. rangli dogʻlar esa pigment bilan bogʻliq. Moʻylovlarining shakli va uzunligi har xil. Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan (mitti kuyachalar) 300 mm gacha (tunlamlar). Tuxumlarining shakli har xil boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyokdari bilan birga 5 juft soxta qorin oyoqlari ham boʻladi. Gʻumbaklari yopiq (koʻpincha, pilla ichida), tuban vakillarida ochiq (erkin) boʻladi. K. odatda, tuban K. (teng qanotlilar) va yuksak K. (har xil qanotlilar) kenja turkumlariga boʻlinadi. Ayrim hollarda ogʻiz organlari kemiruvchi tipda boʻlgan tishli kuyalar alohida kenja turkumga ajratiladi. K. turkumining sistemasi aniq ishlab chiqilmagan, 100 dan 200 gacha oilaga ajratiladi. 140 mingga yaqin turi maʼlum. K. faunasi, ayniqsa, tropik mintaqada xilma-xil. Oʻzbekistonda 1500 ga yaqin turi aniklangan. Tunlam kapalaklar, odimlovchilar, barg oʻrovchilar oilalari, olovrang K.lar, kuyalar katta oilalari, ayniqsa, turlarga boy.
Koʻpchilik K. shomda yoki kechasi, ayrimlari kunduzi faol hayot kechiradi. Voyaga yetgan K. gul nektari yoki oʻsimlik (baʼzan qayvonlar) shirasi bilan oziqlanadi. Koʻpchilik K.imagosining ogʻiz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi (afagiya). Tishli tunlamlar gul changi bilan oziklanadi. K. voyaga yetgan davrida bir necha kun, hatto bir necha soatdan (oziqlanmaydigan turlari) bir necha oygacha (voyaga yetgan davrida qishlaydigan K.) yashaydi. Koʻpchilik K.ning qurtlari fitofag, lekin saprofaglar, kerotofaglar (yung va patxoʻrlar), yirtqichlar, hatto parazitlar (tropikada) ham uchraydi. Yillik rivojlanish sikli turlicha; koʻpchilik turlari (monovoltinlar) yilda bir marta, boshqalari (bi-va polivoltinlar) ikki yoki koʻp marta nayel beradi; daraxtlarning yogʻochlik qismida rivojlanadigan turlari generatsiyasi 2—3 yil davom etadi. Odatda, qurtlik davrida, baʼzi turlari imago yoki tuxum davrida qishlaydi. Ayrim turlarining diapauzasi turli rivojlanish davrlarida oʻtadi. Baʼzi K., ayniqsa choʻlda tarqalgan turlari yezda ham diapauzaga oʻtadi. Koʻpchilik K. (aksariyat, ixtisoslashganlari) oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut, aylant va xitoy dub ipak qurtlari K.i ipak olish maqsadida qoʻlda boqiladi. Koʻpchilik K. qurtlari (tunlamlar, kuyalar va b.) q. x. ekinlari, oʻrmonchilik xoʻjaliklari (odimlovchilar, barg oʻrovchilar va b.), oziq-ovqat zahiralari, yung va moʻynadan tayyorlangan mahsulotlarga (kuyalar, tunlamlar va b.) katta ziyon keltiradi. Oʻzbekiston qududida K.ning 100 dan ortiq turi mevali daraxtlar va qimmatbahr yovvoyi oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Baʼzi turlari (mas, kuzgi, undov, gʻoʻza, kichik quruqlik tunlamlari va b.) gʻoʻza hamda unga yoʻldosh ekinlar zararkunandalaridir. Koʻpchilik K., ayniqsa, kunduzgi turlarining soni yashash muhitining buzilishi, zaharli kimyoviy moddalar va oʻgʻitlarning qoʻllanilishi tufayli keskin kamayib bormoqda. K.ning bir qancha turlari muhofaza qilinadi. Aloviddin Hamrayev.

www.test-book.ucoz.com

Download 164,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish