Chivin chumoli kapalak


Zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash



Download 164,5 Kb.
bet6/9
Sana09.07.2022
Hajmi164,5 Kb.
#765241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasharotlar haqida umumiy ma\'lumot

Zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash. Zarakunandalarga qarshi biologik kurash usuli tirik organizmlar yoki ular ishlab chiqargan mahsulotlardan foydalanishga asoslangan. Bu maqsadda zararkunanlarning kushandasi hisoblangan yirtqich va parazit hayvonlardan kasallik tug’diruvchi baktеriyalar, zamburug’lar va viruslardan foydalaniladi. Kеyingi yillarda biologik kurashda sun'iy sintеzlangan garmonlardan ham foydalanilmoqda.
Bu garmonlarning oz miqdori ham zararkunandalarning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatib, ularni nobud qiladi.
Zararkunanda tunlamlarga qarshi kurashda sun'iy sintеz qilingan hidli moddalar-fеromonlar ayniqsa yaxshi samara bеrmoqda. Fеromon urg’ochi hasharot hid bеzi moddasi bo’lib, erkak hasharotni uzoqdan jalb qilish xususiyatiga ega (yunoncha fеroH-uzoqdan, monC-jalb qilish). Bu usul erkak hasharotni qirib tashlab, urg’ochi hasharotlarni pushtsiz qoldirishdan iborat. Hozir fеromonli tuzoqlar g’o’za tunlami, karadrina, olma qurti, tеngsiz ipak qurtiga qarshi foydalanilmoqda. Har qaysi fеromonlar faqat bir tur hasharotni jalb qiladi, boshqasi uchun zararsiz hisoblanadi.
Еtti nuqtali xonqizi qo’ng’izi. Qo’ng’izning ko’krak va qorin qismi qora, ustki qanoti qizil rangda bo’ladi. Uning ustki qanotida еttita mayda qora nuqta shaklidagi dog’lari bo’ladi. Qo’ng’iz va uning qurtlari yirtqich hayot kеchiradi. Ular shira bitlari, qalqondorlar, kapalaklarning Yosh qurtlari, o’rgimchakkana kabi o’simlik zararkunandalarini qiradi. Bitta qo’ng’iz bir kunda 50 dan 270 tagacha, hayoti davomida esa 4-6 mingtagacha shira bitlarini еydi.
Tabiiy sharoitda va ekin ekiladigan maydonlarda biologik kurashning uch xil usuli qo’llaniladi. Birinchi usuli parazit va yirtqich foydali hasharotlar va boshqa hayvonlarni introduktsiya qilish va iqlimlashtirishdan iborat. Xuddi ana shu Yo’l bilan Kavkazda sitrus o’simliklari paraziti bo’lgan chеrvеtsga qarshi kurash uchun tugmacha qo’ng’iz rodoliya kеltirilgan edi. Janubiy tumanlarda mеvali daraxtlarning zararkunandalariga qarshi kurashda 1931 yildan boshlab afеlinus yaydoqchi paraziti kеltirilib iqlimlashtirilgan edi. Bu hasharotlar zararkunandalar sonini va pirovardida ular kеltirgan zararni kеskin kamaytirishga yordam bеrdi.
Zararkunandalarga qarshi kurashning ikkinchi usuli laboratoriya sharoitida mahalliy yirtqich va parazit hasharotlarni sun'iy ko’paytirish va dalaga chiqarib tarqatishdan iborat.
Bu maqsadda O’rta Osiyo o’simliklarni himoya qilish, Rеspublika sabzavot va poliz ekinlari ilmiy tеkshirish institutlarida ham bir qancha viloyat, tuman va xo’jaliklarda biologik laboratoriyalar ishlab turibdi. Laboratoriyalarda trixogramma, gabrabrakon yaydoqchilari ko’p miqdorda ko’paytirilmoqda va ekin maydonlariga tarqatilmoqda. Kеyingi yillarda tillako’z pashshasi va xon qizi qo’ng’izini laboratoriyalarda sun'iy ko’paytirish ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda.
Biologik kurashning uchinchi, eng muhim usuli foydali hasharotlar sonining tabiiy ravishda ortishi uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsadda kimyoviy zaharli prеparatlarni qo’llashni kеskin chеklash, o’t-dalali almashlab ekishni joriy etish, foydali hayvonlarni jalb qilish va himoya qilish orqali erishiladi. Bu usul tabiatda mavjud bo’lgan ekologik munosabatlari saqlab qolishga qaratilgan.

Kichkina mitti, 


Shoxini tirab suv ichdi.
(Ari)

Zuv-zuv borar, 


Zuv-zuv kelar. 
Doston o‘qir, 
G’alvir to‘qir.
(Ari)

Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.


(Ipak kurti)

Ko‘k yeb, oltin o‘raydi.


(Ipak qurti) 

Daraxt shoxida sakson tuxum.


(Ipak kurti)

Bir qushim bor, suyagi yo‘q.


(Kapalak)

Qanoti bor, 


Qoni yo‘q. 
Tuxum qo‘yar, 
Soni yo‘q.
(Kapalak)

Ovhu laylak, uvhu laylak, 


Suvdan o‘tar, suyaksiz laylak.
(Kapalak)

O’zi yo‘qdek, 


Tovushi o‘qdek
(Qora chigirtka)

O’tirishi o‘ymoqday, 


Baqirishi toyloqday.
(Qora chigirtka)

O’tirishi tulkiday, 


O’t yeyishi yilqiday.
(Chigirtka)

Hasharotlar


Hasharotlar (Insecta) - boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-oʻrinni egallaydi. H. sinfi oyoqdumlilar, qoʻshdumlilar, qoʻngʻizlar, tuyaboʻyinlar, toʻrqanotlilar, kapalaklar, burgalar, termitlar, qandalalar kabi 34 turkumga boʻlinadi. Tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda ogʻiz apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va b.ga xos. Soʻruvchi H.da esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi chivinlar va b. sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa koʻkraklarga boʻlinadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), koʻkrak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Koʻkrakning har bir boʻgʻimi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, koʻst, son, boldir va 2 tirnoqpi boʻgʻimlarga boʻlingan panjalardan tuzilgan; qanotli H.ning oʻrta va orqa koʻkraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urgʻochisi qornining uchida 11 boʻgʻimdan iborat tuxum qoʻygich, erkaklarida esa bir juft oʻsimtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yoʻli ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan. H.ning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) toʻliq yoki chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga oʻxshash) va voyaga yetgan hasharot — imago orqali amalga oshadi. Toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oraligʻida /umbaklik davri ham kuzatiladi. H.ning hayot sikli boʻgʻin (avlod)lar soni, mavsumiy dinamika (oʻzgarish)ning oʻziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tabiatda H. turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan. Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. H. xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. H.ning juda koʻp turlari oʻsimliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. Oʻsimliklarni chang-latish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham H.ning roli katta (q. Entomofaglar); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa man-bai. H. xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali H.dan amaliyotda foydalanish va zararkunanda H.larga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi entomologiyasi fani oʻrganadi.
Chigirtka qishloq xo`jaligi ekinlarining (gʻalla ekinlari, beda, gʻoʻza va b.) zararkunandasi xisoblanadi. Jan. Yevropa, Jan. va Sharqiy Osiyo, Afrika, Jan. va Shim. Amerika, Avstraliya mamlakatlarida uchraydi. Ch.larning ekinlarga keltiradigan ofati haqida Qadimgi Misr yozma manbalarida (bundan 4 ming yil avval) maʼlumotlar uchraydi. Oʻzbekistonda tarqalgan turlari ichida eng xavflilari — osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi, marokash chigirtkasi va choʻl chigirtkasi. Ch. lar, ayniqsa, uzoq masofalardan uchib kelib va toʻsatdan yopirilib ekinlarni nobud qilishi bilan xavflidir. Ch. lichinkalarining toʻdasi oziq qidirib maʼlum yoʻnalishda harakat kiladi va oʻz yoʻlida uchragan koʻkatlarni yeb bitiradi. Hayoti mobaynida har bitta Ch. 300 g gacha koʻkat yeydi. Zararkunanda koʻplab urchigan yillari ular soni har bir m2 maydonda bir necha yuzga va hatto bir necha mingga yetadi, egallagan maydon esa baʼzan 1 mln. ga ni tashkil etishi mumkin. Tuda boʻlib yashash instinkta Ch. tuxumdan chiqib harakat qila boshlagandan paydo boʻladi. Obhavoning qulay kelishi Ch.ning koʻplab urchishiga yordam beradi. Ch.larning ekinlarga va oʻsimliklarga yetkazadigan zararini bartaraf etish maqsadlarida Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrikada BMT Oziq-ovqat va q.h. boʻyicha tashkilotining Ch.larga qarshi kurash tayanch punktlari ochilgan, Fransiya va b. mamlakatlarda yirik ilmiy, ilmiyi.ch. markazlari tuzilgan.
Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va afokimyo Markazi huzurida Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda Ch.ga qarshi kurash ekspeditsiyalari ishlaydi (1983 y.dan kayta tiklangan; Krraqalpogʻistonda esa bunday ekspeditsiya 1930 y.dan beri mavjud).
Kurash choralari: boʻz yerlar haydab, oʻzlashtiriladi; oʻtloq va pichanzorlar doim nazorat qilib turiladi; partov va boʻsh yotgan yerlar orasidagi uvatlar yoʻqotiladi. Yosh (1—3) Ch.ga qarshi 50% li karbofos (2 kg/ga), li vafotoks (2 kg/ga) va 20% li sumitsidin (0,4—0,5 kg/ga) qoʻllanadi.



Download 164,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish