Chiroqchi tuman Moliya bo’limi Chiroqchi tuman Moliya bo'limining umumiy tarifi


Chiroqchi tuman Moliya bo'limida personalni boshqarish



Download 79,69 Kb.
bet5/11
Sana13.04.2023
Hajmi79,69 Kb.
#927800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shoxrnnx hisobot1 (2)

1.4. Chiroqchi tuman Moliya bo'limida personalni boshqarish.
Chiroqchi tuman Moliya bo’limida 8 ta bo’lim mavjud bo’lib, unda jami bo’lib 15 nafar hodim faoliyat olib boradi. Ularni moliya bo’limi tomonidan boshqariladi. Personalni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Personalni boshqarishning asosiy funktsiyalarini o’zida aks ettiruvchi to’rt tarkibiy qism mavjuddir:
1.Personalni tanlash.
2.Personalni rivojlantirish.
3.Personalni baholash.
4.Personalni rag’batlantirish.
“Personal” hozirgi vaqtda iqtisodiyot fanida umum e’tirof etilgan atama hisoblanib, mehnat jamoasi tarkibiy qismlarini qamrab oladi. U mohiyat bo’yicha “O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qayd etilgan “xodim” atamasidan kelib chiqqan holda xodimlar tarkibi ma’nosini beradi”. Avvallari bu tushuncha “kadrlar” atamasi sifatida qo’llanib kelingan.
Ishlab chiqarish personali (ishchilar) - odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlardan iboratdir. Ular mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga servis xizmati ko’rsatishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish personali, o’z navbatida, ikki toifaga bo’linadi:
Asosiy personal - asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig’ish bilan band ishchilar;
Yordamchi personal - asosan korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarida band ishchilar. Ishlab chiqarish personalining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyim kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo’ladi.
Boshqaruv personali (xizmatchilar) - odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular mehnat faoliyatining asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar, ma’lumotlar to’plash, ularni umumlashtirish, tahlil etish, qarorlar loyihalarini tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini amalga oshirish va nazorat qilishdir. Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: rahbarlar va mutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlar qaror qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar va ular o’zlariga bo’ysunuvchi xodimlarga ega. Boshqaruv ko’lamiga muvofiq boshqaruv barcha funktsiyalari uchun mas’ul liniya rahbarlari (ular mazkur korxona uchun asosiy hisoblangan faoliyat bilan shug’ullanuvchi bo’linma rahbari hisoblanadilar) hamda boshqaruv muayyan funktsiyalarini amalga oshiradigan funktsiyali rahbarlar bir-biridan farqlanadi. Bundan tashqari, korxona boshqaruvi yuqori bo’g’in rahbarlari (direktorlar va ularning o’rinbosarlari), o’rta bo’g’in rahbarlari (sex va bo’linmalar rahbarlari) va quyi bo’g’in rahbarlari (uchastka va brigada boshliqlari, ustalar) mavjuddir. Korxona mutaxassislarini ular mehnati natijalariga muvofiq uch asosiy guruhga ajratish mumkin: - boshqaruvning funktsiyali mutaxassislari. Ularning mehnat mahsuli boshqaruv axborotlari hisoblanadi. Bu toifa mutaxassislar guruhiga referentlar, iqtisodchilar va hokazolar kiradi; - mutaxassis-muhandislar. Ular mehnati mahsuli texnika va ishlab chiqarish texnologiyasiga oid konstruktorlik-texnologik yoki loyiha axborotlaridir. Bular - muhandislar, texnologlar, konstruktorlar, loyihachilar va hokazolardir; - xizmatchi-texnik mutaxassislar (komp’yuter operatorlari, omborchilar, maishiy sohalar xizmatchilari va hokazolar) asosan xizmat ko’rsatish bilan banddirlar. Ayni paytda shuni ta’kidlash kerakki, personalni boshqaruvga zamonaviy qarashlar boshqarishga inson munosabatlari nazariyasi bilan bog’liqdir. Ushbu nuqtai nazarga muvofiq personalni boshqarish quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: 1. Inson - korporativ madaniyat asosi. Yuqori samara bilanfaoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda asosiy e’tibor personalga qaratiladi. Insonlar o’zgarishlar markaziga qo’yilsa, ular ushbu o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadilar. 2. Menejment - hamma uchun. Boshqaruv uch: oliy, o’rta (“komanda”) va quyi (“xodimlar”) bo’g’inlarning hammasida amalga oshirilishi kerak. 3.Samaradorlik - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. Bu korxona maqsadiga resurslardan oqilona foydalanish hisobiga erishish va iloji boricha ko’proq foyda olishni anglatadi. 4. O’zaro munosabatlar - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. “Hissiyotlar dunyosi” (psixologik munosabatlar, o’zaro aloqalar, qadriyatlar, qiziqishlar)dan yuzaga chiqayotgan muammolar “faktlar dunyosi” (texnika, texnologiya, korxona)dan paydo bo’layotgan muammolarga nisbatan ustuvor bo’lishi kerak. Bu tamoyilga ko’ra, shuningdek “Eng asosiysi – mijoz”, “eng asosiysi - mansab darajasi (ierarxiya)”dan ustunrokdir. 5. Sifat - samaradorlik mezonidir. Bu sifat umumiy tushunchasining o’zaro bog’liq beshta xususiyatini qamrab oladi: - shaxsiy sifat; - komanda sifati; - mahsulot sifati; - xizmat ko’rsatish sifati; - korxona sifati. 6.Komanda - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. Korxonada mehnat qiluvchi hamma insonlar xodimlar hisoblanadi. Ular ijtimoiy guruh - komanda a’zolaridir. Komanda va unga a’zolarning korxona muvaffaqiyatida ham, muvaffaqiyatsizligida ham hissalari bor. 7.Personalni o’qitish. Bu taraqqiyot va yangilanishlar kaliti hamda korxona uchun hayotiy zarurat hisoblangan korxonadagi o’zgarishlar jarayonining tarkibiy qismidir. Ta’lim dasturlari xodimlar aqli va qalbiga murojaat qilishi kerak. Mazkur tamoyillar korporativ madaniyatni shakllantirish va shaxsni har taraflama kamol toptirishga qaratilgan. Ular zamonaviy texnologiya va konsalting bilan birgalikda personalni boshqarish darajasini sezilarli darajada takomillashtirish imkonini beradi.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir: 1.Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik). 2.Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni hisoblash, uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish), shuningdek, personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir. Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq quyidagi uch darajada amalga oshiriladi: 1.Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni bu darajada personalni boshqarishning barcha funktsiyalari - xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etishdan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi. 2.Taktik daraja. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga taalluqli ekanligini anglatadi. 3.Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish, korxona ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi bozorini prognoz qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi. Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan iboratdir: Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi.
Bugungi kunda barcha korxonalar bozor munosabatlari va raqobat muhitiga moslashishga majburdir. SHuning uchun bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan omillar ayni paytda korxona muvaffaqiyatini belgilovchi omillar hisoblanadi. Bu omillarning hammasi korxona xodimlari, ya’ni personal mehnat faoliyati bilan bog’liqdir.
Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi kichik personal. Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash. Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini belgilab olish. Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
Personalni bo’shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar. Personalni baholash - korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash. Personal ish sifatini baholash - xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniklash. Personalga rahbarlik - personalni bevosita rahbarlar - bo’lim rahbarlari tomonidan boshqarish. Personalni nazorat qilish - ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Bu - korxona har bir xodimi bilan olib borilayotgan ishni muttasil yaxshilab borish orqali uning o’z mehnat va ijodiy qobiliyatini oshirib borishiga erishish va bu qobiliyatidan korxona maqsadlariga erishish uchun iloji boricha to’la foydalanishni ta’minlash demakdir.
Iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xomashyo, er-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo‘li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish.
Xodimlar salohiyatini shakllantirish - bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir. Mazkur kategoriya boshqaruvning barcha funktsiyalari (masalan, investitsiya menejmenti va personalni boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti va personalni boshqarish) o’rtasidagi aloqadorlikni bog’lovchi jarayonlarni anglatadi. Bunda bog’lovchi jarayonlar sifatida kommunikatsiyalar va boshqaruv qarorlari namoyon bo’ladi. Korxonaning maxsus funktsiyalari aniq menejment: ishlab chikarish, moliyaviy, sayyohlik, munisipal, innovatsiya, investitsiya menejmentlarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Personalni boshqarish (personal menejmenti) esa barcha funktsiyalarga taalluqlidir. Chunki bu funktsiyalarning har birini ijrochi - boshqaruv personalisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Personalni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funktsiya hisoblanib, alohida bo’limlar tomonidan bajariladi. Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo’linmalar (bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’balar) rahbarlari faoliyatidir.



Download 79,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish