Sinash uchun namunalar
Cho‘zilishga sinash uchun maxsus silindrik va yassi namunalar ishlatiladi. Namunalar ishchi va kallaklar qismlariga ega. Kallaklar yordamida namuna mashinaga mahkamlanadi va kamrov–tutish uchun xizmat qiladi. Namunaning ishchi qismga mayda belgilar qo‘yiladi, ular namunaning boshlangich lo hisob uzunligini chegaralaydi. Uzaish epyurasini yasash uchun lo hisob uzunligida odatda har (5...10) mm da bo‘laklar qo‘yiladi.
Namunalar normal va proporsional bo‘ladi. Silindrik namunalarning diametri do=(3…25) mm, uzunligi lo=(5…10) do.
Normal namunalarda do=10 mm va lo=100 mm.
Proporsional namunalarda lo=11,3 (uzun namunalar) yoki
lo=5,65 (kalta namunalar), bu erda Fo – namunaning boshlang‘ich ko‘ndalang
kesim yuzasi. Boshlang‘ich ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘yicha hisob uzunligini aniqlash uchun to‘g‘riburchak shaklidagi namunalar eng maqbul hisoblanadi.
2 rasm. Cho‘zilishga sinash uchun namunalar:
A-silindrik; B-yassi
3 rasm. Namuna uzunligi bo‘yicha qoldik deformatsiyaning taksimlanish epyurasi (maksimum bo‘yin uzilish joyga to‘g‘ri keladi).
2 savol
CHO‘ZILISHGA SINASH
Cho‘zilish diagrammasi
Cho‘zilish diagrammasi P yuklama va to‘la uzaish Δl orasidagi bog‘lanish grafigini ifodalaydi. Uzuvchi mashinadagi o‘ziyozar qurilmasi cho‘zilish diagrammasini chizadi.
K
4 rasm. Uglerodli po‘latdan namuna uchun cho‘zilish diagrammasi
5 rasm. Un karrali standart namuna:
a – sinashdan oldin; b – bo‘yin paydo bo‘lishi; v – emirilishdan keyin
Yuklama 0 dan to Rp gacha oshganda namunaning deformatsiyasi qo‘yilgan yuklamaga to‘g‘ri proporsional usishini OA to‘g‘ri chiziq ifodalaydi. Bu esa cho‘zilishdagi Guk qonunini tasdiqlaydi. A nuqtadan keyin diagramma egiladi va ung tomoniga og‘adi. YUklamaga nisbatan deformatsiya noproprorsional oshadi. Masalan, yuklama 10% ortsa, deformatsiya 20% oshadi. Demak Guk qonuni faqat Rp proporsionallik chegarasigacha uz kuchiga ega.
V nuqtadan diagramma gorizontal VS uchastkaga utadi. Bu esa yuklama oshmaganda ham deformatsiya ortib borishini ko‘rsatadi. YUklama oshmasdan materialining deformatsiyalanishiga oquvchanlik deyiladi, Ro esa oquvchanlik chegarasi, VS uchastok oquvchanlik maydonchasini ifodalaydi. Uglerod miqdori (0,1...0,3)% bo‘lgan po‘latlar oquvchanlik xususiyatiga ega.
Oquvchanlik xodisasini bevosita ko‘zatish mumkin. Oquvchalik xolatidagi namunaning sirtida siljish chiziqlari hosil bo‘ladi. Bunday chiziqlar namuna o‘qiga nisbatan 45o qiyaligi bilan yo‘nalgan bo‘lib, zarachalarning siljish izlarini tasvirlaydi. Cho‘zilish oquvchanlik maydonchasidan o‘tgandan so‘ng siljish chiziqlarining paydo bo‘lishi to‘xtaydi, namunaning yaltiraydigan sirti xiralashadi.
Siljish chiziqlarni o‘rganish faqat nazariy emas, balki amaliy axamiyatiga ega. Masalan, avtomobil kuzovlarni shtamplashda bunday chiziqlari paydo bo‘lishi oqibatda, amalda silliq yuzalarni hosil qilish imkoniyati bo‘lmay qoldi. Keyichalik aniqlanganki, agarda po‘lat listlarni qo‘shimcha sovuqlayin prokatlansa (oquvchanlik maydonchasini o‘tib ketish uchun), keyingi shtamplashda siljish chiziqlari hosil bo‘lmaydi.
Oquvchanlik maydonchasidan (S nuqtadan) keyin namunani deformatsiyalash uchun yuklama yana ortib boradi. SHuning uchun CD uchastkada diagramma kutariladi. D nuqtada yuklama eng katta Rtax qiymatga erishadi.
D nuqtagacha namunaning uzaishi va ko‘ndalang toraishi o‘zining uzunligi bo‘yicha tekis sodir bo‘ladi, ya’ni OD chiziq tekis deformatsiyali sohasi. Agarda namunani yana cho‘zishni davom ettirsa namunaning zayif joida mahalliy bo‘yincha hosil bo‘ladi. Namunaning keyingi deformatsiyalanishi faqat bo‘yin joyda sodir bo‘ladi. Bo‘yinning ko‘ndalang kesim yuzasi tezda kamayadi, deformatsiyalash uchun yuklanma kamrok talab etiladi. SHuning uchun diagramma pastka tushadi – DK uchastka. K nuqtada bo‘yin keskin toraib, namuna uziladi.
Agarda yuqlama Re elastiklik chegarasidan oshmasa, yuklamani olinganda
namuna o‘zining boshlang‘ich o‘lchamlarni va shaklini to‘liq qayta tiklaydi.
Demak yuklama R ≤ Re bo‘lsa namunada faqat elastik deformatsiya bo‘ladi.
Agarda namunaga Re >Re yuklamani qo‘yib, keyin olsak, u holda EF to‘g‘ri chiziq Guk to‘g‘ri chizig‘iga parallel bo‘ladi. YUklama olinganda elastik cho‘zilish uzunligi FM yo‘qoladi, faqat qoldiq uzaish saqlanadi (FO chiziq).
Demak namunada faqat elastik emas, balki qoldiq deformatsiyasi ham bo‘ladi. Xuddi shunday, agarda namunani emirilishdan oldin yuksizlantirsa (K nuqtadan oldin), elastiklik uzaish NL chiziq bilan tasvirlanadi, qoldiq esa LO chiziq bilan. Yuksizlantirish chizig‘i doim Guk to‘g‘ri chizig‘iga parallel bo‘ladi. Demak elastik deformatsiyalar doim Guk qonuni bo‘yicha uzgaradi.
Sinov natijalari asosida materialining mexanik tavsiflari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |