Kurs ishining ishining tuzilishi.
Kurs ishi kirish, ikki asosiy bob,
umumiy xulosa , foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
6
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA SIFAT MAVZUSINING
O’RGANILISHIGA DOIR MA’LUMOTLAR
1.1.
Boshlang’ich sinflada sifat so’z turkumining o’rganilishi.
Sifat
–predmetning belgisini bildirivchi so’zlar turkumi.
Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rangturi, hajm,
shaklkoʻrinish, xususiyat va shakliga koʻra bildiradi: qizil, keng , yoqimli va boshqa.
Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-
tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; maza-tam bildiruvchi sifatlar
- shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar - mehribon,
sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar - gavdali, novcha,
uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar - keng , tor, katta, ogʻir, yengil
kabi va boshqa Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga
ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi suffikslar yordamida xosil
qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra)
2
va shunga kõra
sifatning morfologik belgisi - daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan
belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq
(yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja
kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja - maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining
meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli - kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi:
yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja - bu darajaning ham maxsus
morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha
usul bilan ifodalanadi. Masalan, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini
choʻziq talaffuz etish)
3
; leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli,
nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi;
ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq,
2
S.Mirzayeva “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi “Toshkent” “O‘qituvchi” 1992 y.
3
E.Abdurahmonova “Grammatika imlo va nutq o‘stirishda tarqatma materiallar.
7
shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar,
yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang , qorasi yuqar; yomonga yaqin
yursang , balosi yuqadi.
Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon-dan izchillik
biJan boyitib, murakkabjashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar 1- va 2-sinfda
sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga
qanday?, qanaqa?
so'rog'ini berishga
o'rganadilar; 3-sinfda sifat so'z turkumi sifatida o'rganiladi; 4-sinfda ilgari
o'rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog'liq holda
qip-qiz.il, yam-
yashil
kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o'rgatiladi.
Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi,
ularga oldindan ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni
o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-lanadi. Sifat predmetning
belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-ta'mi, xarakter- xususiyati, hidi,
vazni, o'rin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan
bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq
o'quvchilar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi. O'quvchilar
predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda so'zlarning
bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan
so'z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'liqlik
aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat
ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib
borishni talab etadi. Boshlang'ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda
o'rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha
berish (3- sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning
yozilishini o'zlashtirish (4-sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi
bosqich) sifatning leksik ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshla-
nadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli; xil-
xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini
shakllantirish uchun uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi. O'qituvchi predmetni
8
yoki uning rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |