1-ilova.
Seminar mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalar:
1.O‘rganiladigan mavzuning aniq belgilab olganligi. Savod o‘rgatish yozuv darsida daftarning har bir betidagi material bir soat uchun mo‘ljallanadi. Talabalar o‘z va o‘qituvchining taqvim rejasi yordamida o‘rganiladigan harfni belgilaydilar.
2. Darsning maqsadi va vazifalari.
Alifbe davri darslarining ta’lim-tarbiyaviy maqsadi o‘rganilayotgan tovush-harf va shu tovush- harf yuzasidan, mavsumiylik asosida belgilanadi. Darsning vazifasi: o‘rganiladigan mavzu va ta’lim, tarbiyaviy maqsadlardan kelib chiqadi.
Savod o‘rgatish davri yozuv darslari quyidagicha tuzilishga ega bo‘ladi:
1. Tashkiliy qism. Bu qismda bajarilgan ish turlari va sarflangan vaqt.
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash. O‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun o‘tkazilgan mashq turlari: chunonchi, darslikdagi mashqlarni o‘qish, ogzaki gap, hikoya tuzdirish, harf kassasi bilan ishlash, tarqatma materiallaridan foydalanish.
3. Yangi tovush - harfni o‘rganish. Yangi tovush-harfni o‘rganishda qo‘llanilgan usul: analiz-sintez: tovush ustida ishlash, harfning unsurlarini, qo‘llangan ta’limiy vositalar.
4. Yangi o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash. O‘rganilgan tovush - harf ishtirok etgan bo‘g‘in, so‘z, gap matnni o‘tishga o‘rgatishda hamda bolalarda yozuv ko‘nikmasini takomillashtirishda foydalanilgan ish turlari.
5. Dasrni xulosalash. Bu jarayonda foydalanilgan ish turlari.
6. Uyga vazifa berish. Uy vazifasining aniq va tushunarliligi, bolalar kuchiga mosligi.
Darsning har bir bosqichi dars oldiga qo‘yilgan umumiy ta’limiy va tarbiyaviy maqsadni ochishga qaratilganligi xulosalanadi.
1.O‘quv materiallarining o‘quvchilar saviyasiga mosligi, hayot bilan bog‘liqligi.
2.Yangi mavzuni o‘rgatish uchun tanlangan metodning samaradordigi, o‘quvchilarni faollashtirish usullari.
3.Savod o‘rgatish davrida suhbat, analetik-sintetik, kuzatish metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga berayotgan savollari katta ahamiyatga ega. Savollarning qisqa, aniq va tushunarliligi o‘quvchilarni javob berishga ragbatlantiradi.
4. Darsda qo’llangan metodlarni samaradorligi, o‘quvchilarni faollashtirish usullari. Savod o‘rgatish davrida yangi mavzuni o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi samarali metoddir. O‘qituvchi bu metodni qay darajada amalga oshirishiga diqqat qaratiladi. Bulardan tashqari uy vazifasi so’rash va yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida qator ish turlaridan foydalaniladi. Ularning amalga oshirilishi va natijasi.
5. Ko‘rgazmalardan foydalanish.
Ko‘rgazmalardan foydalanganda quyidagilarga e’tibor beriladi;
- Ko‘rgazmaning mazmuni
- til faktlariniig berilishi
- O‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi
- estetik jihatdan jihozlanganligi
- Ko‘rgazmadan foydalanishning samaradorligi
Kuzatilgan darslar yuzasidan talabalarning tahlili, fikr-muloxazalari eshitiladi, tavsiyalar beriladi.
2-ilova.
Alifbe davri yozuv darslarini kuzatishda nazarda tutilganlardan tashqari quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1.Yozuv vaqtida o‘quvchilarning to‘g‘ri o‘tirishi.
2.Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanishi.
3.O‘qituvchining yangi harfni yozishni o‘rgatish usuli, analiz- sintez, ko‘rgazmalilik, namuna.
4. Yozilishi o‘rganilgan harfning so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, oxirida kelgan holatlarni aks ettirgan so‘zlarni yozish.
5. Yozuv daftarida berilgan harflarni yozish namunasini tahlil qilish
6. Darsda foydalanilgan ko‘rgazmali qurol, tarqatma material va ta’limiy o‘yinlar, ularning samaradorligi.
7. Darsni xulosalash
Do'stlaringiz bilan baham: |