Silur davriga umumiy tavsif
Silur davrida yana regressiya jarayoni boshlandi. Xitoy platformasining shimoliy qismidagi dengiz chekindi, shimoliy yarim shardagi platformalardan ham dengiz chekina boshlaydilar;
Lekin, Gondvana atrofidagi dengizlar maydoni kattalashdi. Avsraliya qit’asi dengiz va suv xavzalaridan butunlay xalos bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dengiz sharoiti Braziliyaning shimoliy qismida (Maran’on va Amazonka daryolarining xavzalari), shimoliy Afrikada hukm surab turdi.
Silur davrida Kaledon tog‘ burmalanish-tektonik arogenik harakatlar davom etib turgan, shuning uchun ham regressiya jarayonlari yuzaga kelgan, keyingi devon geologik davrida ham o‘z harakatini to‘xtatmagan; geosinklinal viloyatlarda kuchli magmatizm sodir bo‘lib, har xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan intruziv tanalar geosinklinal bag‘riga kirib borib, uning struktura tuzilishini yanada mukammallashtirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |