248
universitetiga (Germaniya)da o‘qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg
universitetida ma’ruza kurslarini tinglaydi. U erda ilg‘or professorlar
ishlar edilar.
U Avstriya, Gollandiyada bo‘lib, u erdagi iqtisodiy,
siyosiy va
madaniy turmush bilan tanishadi, o‘rganadi va o‘zining ilmiy
dunyoqarashini kengaytiradi. U xorijiy mamlakatlardan qaytib kelgach,
chex qardoshlari jamoasida ruhoniy bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga
maktab ochib, o‘zi unga rahbarlik qiladi.
13.2. Komenskiyning ta’lim-tarbiyaga oid
asarlari va darsliklari
O’sha davrda urush alohida knyazliklar orasida tez-tez bo‘lib turar
edi. Chex qardoshlari jamoasi o‘zining
mustaqilligi uchun nemis
dvoryanlari tomonidan haydaladi. Haydalish natijasida Komenskiy
xotini va bolasidan judo bo‘ladi. Qo‘lyozmalari esa yo‘qoladi. Jamoa
Polshaning Leshko shahrida yana tiklanadi. Komenskiy u erda
gimnaziya tashkil etadi. U o‘zining qariyb 80 yillik umri davomida xalq
ta’limining turli masalalariga bag‘ishlangan asarlar, darsliklar yaratadi.
Masalan: 1631 yil “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi”, 1632 yilda
“Buyuk didaktika”, 1632 yilda maktabgacha tarbiya masalalariga
bag‘ishlab, “Ona maktabi”, 1648 yilda “Hislar
vositasi bilan idrok
qilinadigan narsalarning suratlari” nomli asarlar, shuningdek Pan Sofiya,
logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi dasrliklar yozadi. Pan Sofiya
darsligida u tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini ifodalab beradi.
Tanqli pedagog olim S.Rajabov Komenskiyning faoliyatiga baho
berib, u faqat “Buyuk didaktika” asarini o‘zini yozib qoldirganda ham
pedagogikada o‘lmas iz qoldirgan bo‘lur edi, deb ta’kidlaydi.
Komenskiy yuqoridagi asarlari bilan butun dunyoga taniladi, ko‘p
mamlakatlar uni taklif eta boshlaydilar. Masalan: “Buyuk didaktika”
asarida ilgari surgan “Pan Sofiya” g‘oyasini (ya’ni hamma narsani bilish
hamma uchun bilim berish) Angliyaning ilg‘or
kishilari tomonidan
quvvatlanib, parlamenti tomonidan Angliyaga taklif qilinadi.
249
U 1641 yil Angliyaga keladi, lekin u erda grajdanlar urushi
boshlanib ketganligi sababli Komenskiy faoliyat ko‘rsata olmaydi. U
Shvetsiyada lotin tili darsligini va til o‘kitish uslublarini ishlab chiqadi.
Komenskiy o‘z vatanini juda sevadi, uning mustaqilligi uchun
kurash olib boradi. U o‘zining ko‘p asarlarida o‘z
xalqining tilini
saqashga, sevishga undaydi.
Xo‘sh, Komenskiyning dunyoqarashi nimadan iborat edi?
Komenskiy dunyoqarashida 3 xususiyatni ta’sirini ko‘ramiz:
1. Natural falsafaga asoslanishi (ya’ni XVI-XVII asrda yashagan
ingliz faylasufi Bekon nazariyasiga asoslanishi). U Bekonning
sensualistik falsafa nazariyasini ravojlantiradi. Komenskiy ham o‘qitish
jarayoniga shu nuqtai nazardan qarab, bilim sezishdan boshlanadi, sezish
bo‘lmagan erda bilim ham yo‘q deydi.
2. Talim va tarbiyani diniy talimot bilan qo‘shib olib borish.
Uyg‘onish davri ta’sirida vujudga kelgan tarbiyani takomillashtirish
(yani odamlarga nisbatan muhabbat, odamlarning yaxshilik yaratishga
ishonch bilan qarashi).
3. Komenskiyning o‘z dunyoqarashida tashqi ob’ektiv
dunyoni
hukm surishiga ishonadi, dunyo qarama-qarshiliklardan iborat
ekanligiga, qotib qolgan emasligiga, u o‘sishda, o‘sish esa o‘z
qonuniyatiga, ya’ni xudoga tegishli ekanligiga ishonadi.
Borliq dunyoni sezish organlari orqali bilamiz. Agar aql ojizlik
qilsa, xudoga yolvorish kerak deydi.
Komenskiyning
dunyoqarashida
stixiyali
materializm
va
realizmning ba’zi belgilari bilan dindorlik g‘oyalarini bog‘lanib
ketganligini ko‘ramiz. Bu uning pedagogik nazariyasida ham o‘z aksini
topadi. U bir tomondan tabiiy
bilimlarini egallashga undasa, ikkinchi
tomondan dinni o‘rganishga, diniy axloqni yoqlashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: