Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


 Badiiy merosi asosida pedagogik kadrlarni ma’naviy-



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

10.2. Badiiy merosi asosida pedagogik kadrlarni ma’naviy-
estetik tarbiyalash, uning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari 
 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash - bu pedagog 
kadrlarni o‘qitish va tarbiyalashga zamonaviy talablar darajasida 
bajariladigan davlat 
ijtimoiy-pedagogik buyurtmasidir. Bo‘lajak 
o‘qituvchilarni ota-bobolarimizning muhim badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash muammosini hal qilishda, avvalo, zarur 
bo‘lgan 
“tushunchalar 
makoni”ni 
aniqlashtirib 
olish 
kerak: 


172 
“ma’naviyat”, “ma’naviy-estetik tarbiya”, “badiiy meros”, “badiiy 
qadriyat”, “milliy-badiiy qadriyatlar”, “estetiklik”, “estetik qadriyat”, 
“estetik tarbiya”, “estetik madaniyat”. 
Ushbu kategoriyalar mohiyatini zamonaviy ta’lim siyosati va 
tadqiqot kontekstida aniqlashtirib: “ma’naviyat”, “badiiy qadriyatlar 
asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “o‘zbek xalqining badiiy merosi 
asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “bo‘lajak o‘qituvchilarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash” tushunchalarini shakllantiramiz; tadqiqot 
konsepsiyasini ifodalaymiz; pedagogika fanlarini o‘rganish jarayonida 
bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasi ko‘rsatkichlarini 
ishlab chiqamiz; pedagogika fanlarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak 
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashga tizimli yonlashuv; 
shuningdek, pedagogik kadrlarni milliy-badiiy meros asosida ma’naviy-
estetik tarbiyalashda ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlaymiz. 
“Qisqacha pedagogik lug‘atda” (-M .: GTI, 2005) “Ma’naviyat” 
deganda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) umuminsoniy va milliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan, eng yuqori qadriyatlarni o‘zlashtirish 
jarayonida shakllangan, yuqori intellektual, axloqiy va hissiy-irodaviy 
rivojlanishni ko‘rsatuvchi tizim, ijodiy (o‘quv) faoliyatiga qodir shaxs;
2) shaxsni rivojlantirish va o‘zini o‘zi tartibga solishning eng yuqori 
darajasi, uning asosini insoniy qadriyatlar tashkil qidadi; 3)... insonning 
Olloh bilan uchrashishga bo‘lgan eng yuqori intilishlari [148, 42]. 
“Insonning ma’naviy hayoti - bu faol faoliyat jarayonida insonning 
axloqiy, intellektual-estetik ehtiyojlari va qiziqishlarini rivojlantir-ish, 
shakllantirish va qondirishdir” [149, 43]. 
Ma’naviy ta’lim umuminsoniy ma’naviyatga erishishga qaratilgan. 
Ma’naviy-estetik tarbiyalash. Biz ushbu tushunchani yuqoridagi qayd 
etilgan nazariyalar asosida shakllantiramiz. Bizning nazarimizda 
ma’naviy-estetik tarbiyalash - estetik tarbiyaning ajralmas qismidir. Bu 
tabiatda, hayotda, san’atdagi yuqori estetik hodisalarning qayta 
shakllantirilishi natijasida paydo bo‘lgan estetik hissiyotlar, qiziqishlar, 
bilimlar, ehtiyojlar, intellektual, estetik-ijodiy rivojlanish, shakl-lanish 
va qanoatlanish jarayonlaridir. Insonning ma’naviy-estetik fazilatlarini, 


173 
birinchi navbatda, milliy-badiiy xazina “abadiy qadriyatlar”ni ifoda 
etuvchi milliy-badiiy merosda shakllantirishdir. 
Tadqiqotlarimiz quyida muammoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan 
“tushunchalar makoni”da: “abadiy qadriyatlar”, “badiiy qadriyat”, 
“badiiy meros” va “milliy-badiiy meros” kabilar ko‘rib chiqiladi.
Badiiy qadriyatlar asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash – bu estetik 
hisni (tuyg‘uni) shakllantirish, rivojlantirish, qanoatlantirish jarayoni 
(san’atning yuqori darajadagi badiiy asarining emotsional-hissiy idrok 
etilishi), bu badiiy-estetik bilim, tushuncha va g‘oyalarga, badiiy asarga 
qadriyatli munosabat (baddiy asarni o‘rganish, mulohaza qilish, 
tushinish),
bu jarayonga intellektual-ijodiy yondashish, paydo bo‘lgan 
badiiy-estetik bilimlarni ko‘rsatish, badiiy asarga munosabatni 
shakllantirish, shaxsning badiiy-estetik sifatlarini shakllantirishdir.
Ma’naviy-estetik tarbiyalashning badiiy merosga asoslanishi - bu 
o‘tmishdagi odamlarni badiiy madaniyati bilan tanishtirish jarayonida 
“abadiy badiiy qadriyatlar” namunalariga, shu jumladan, haqiqiy 
estetika va yuqori badiiy ijod namunalariga hamda xalq ijodiyoti – 
folklor namunalariga tayanish tushuniladi.
Shuningdek, asarni hissiy idrok etish bilan estetik hissiyotlarni 
(hayrat, quvonch, zavq, mamnunlik, ma’naviy farovonlik) rivojlantirish, 
shakllantirish va qondirish jarayoni; intellektual-ijodiy darajadagi 
g‘oyaviy va badiiy tushunchasini, badiiy-estetik xususiyatlarini bilish, 
unga bo‘lgan hissiy va qadriyatli munosabatini aniqlash jarayonida 
intellektual-kognitiv 
qobiliyat; 
qabul 
qilingan 
badiiy-estetik 
taassurotlarni, bilimlarni, tushuncha va g‘oyalarni o‘zida aks ettirish, 
qobiliyat (ma’naviy, ijodiy, kommunikativ, ma’rifiy va boshqalar) orqali 
ma’naviy-estetik salohiyat va badiiy qadriyat to‘g‘risidagi mantiqiy-
analitik 
mulohaza, 
shaxsning 
ma’naviy-estetik 
fazilatlarini 
shakllantirishni taqozo qiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash umumiy ta’lim tizimida, gumanitar va 
pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida sodir bo‘ladi, unga o‘zbek 
xalqining yuksak badiiy “abadiy qadriyatlari”, milliy o‘ziga xosligi, 


174 
umumbashariy, milliy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi hamda ma’naviy-
estetik tarbiyalash manbai sifatida qaraladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda o‘zbek 
xalqi va ajdodlarining o‘tmishdagi badiiy madaniyati – “abadiy milliy-
badiiy qadriyatlar”i namunalaridan foydalanish, shu jumladan, 
miniatyuralar, an’anaviy me’morchilik, bezak san’ati, “kitob bezatish, 
folklor, she’riyati” - Bobur, Mashrab, Nadira, Berdaxlarning 
she’riyatlari, ota-bobolarimiz san’atining yuksak ma’naviy-estetik, 
estetik-ma’rifiy qadriyatlari, kuchli salohiyati va yorqin milliy koloriti 
bilan tanishtirish jarayonlari tushuniladi. Bu jarayon: 
- hissiyotlarni shakllantirish - estetik (hayratlanish, quvonch, 
zavqlanish, mamnuniyat, ma’naviy farovonlik), milliy g‘urur tuyg‘usi, 
milliy o‘zlikni anglash (san’at asarlarini hissiy-idrok etish bilan); 
- o‘zbek xalqining badiiy merosining ko‘plab “abadiy qadriyatlari” 
asarlarini - hissiy, intellektual-ijodiy, mantiqiy-kognitiv, badiiy-tahliliy 
(berilgan algoritmlarga muvofiq) idrok etish; 
- o‘zbek xalqining boy milliy-madaniy merosi xazinasi asariga 
o‘zining hissiy-estetik va qadriyatli munosabatni aniqlash; 
- kelajakdagi o‘quv-pedagogik amaliyotida o‘zbek xalqining badiiy 
merosidan olingan ma’naviy-estetik e’tiqodlar, motivlar, bilimlar, 
tushunchalar, g‘oyalar, taassurotlar, qobiliyatlar, ma’naviy-estetik 
salohiyatni “integratsiyalash”; 
- o‘zining ma’naviy-estetik, kasbiy-shaxsiy rivojlanishiga ob’ektiv 
baho berish; 
- bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik kamoloti, shu 
jumladan, milliy-badiiy merosning yuqori darajadagi kasbiy-shaxsiy 
rivojlanish omiliga bo‘lgan ehtiyojlarini faollashtirish. 
Umumiy va milliy-madaniy bilimlar egallanmoqda, yuqori milliy 
fazilatlar, birinchi navbatda, ma’naviy-estetik tarbiyalovchi milliy-
ma’naviy tarbiya amalga oshirilmoqda. 
Tadqiqot konsepsiyasining asosiy pozitsiyasi. Zamonaviy ta’lim 
tizimida dolzarb va talabga javob beradigan ma’naviy-estetik, xususan, 
pedagogik tarbiyada, zarur: 


175 
- davlat ta’lim siyosati bilan bog‘liq zamonaviy umumiy 
metodologik qoidalarning aniq ta’rifi; 
- zamonaviy matnda “ma’naviyat”, “ma’naviy-estetik tarbiya” 
tushunchalarini oydinlashtirish; 
- talabalarning yosh xususiyatlarini inobatga olish, shaxsning 
ma’naviy-estetik komponentining yaxlit rivojlanishi, kasbiy-shaxsiy 
shakllanishida tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlash; 
- pedagogik fanlari dasturlarini modifikatsiyalash va uning 
bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi imkoniyat-
larini aniqlash; 
- ishlab chiqilishi: bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashning umumiy pedagogik tizimi (pedagogika fanlarining 
fanlararo aloqalari darajasida)ni, o‘ziga xos mavzu (talabalarni 
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha materiallar 
tayyorlash) sini; 
-o‘zbek xalqining milliy-estetik qadriyatlarga asoslangan boy 
badiiy merosidan bo‘lajak o‘qituvchilarning hissiy-estetik, intellektual-
ijodiy, kasbiy-faoliyatli rivojlanishi hamda ma’naviy hayotining 
boyitilishini 
ta’minlaydigan 
yuqori 
darajadagi 
milliy-estetik 
qadriyatlarni 
tanlab 
olish 
orqali 
ularning 
estetik 
talablarni, 
rivojlanayotgan pedagogik faoliyatga qiziqishlarni shakllantirish va
qonoatlantirish; 
-bo‘lajak 
o‘qituvchilarning hissiy-estetik, intellektual-ijodiy, 
kasbiy-faoliyatli rivojini ta’minlovchi o‘zbek xalqi badiiy merosidan 
yuksak milliy-estetik qadriyatlarni tanlash orqali ularning ma’naviy 
hayotini boyitish, ya’ni kelgusi pedagogik amaliyotida kerak bo‘ladigan 
estetik talablarini qandirish uchun amalga oshirish; 
- o‘zbek xalqining ma’naviy-estetik merosini o‘rganish bo‘yicha 
ma’ruzalar mazmuni, ularning texnologiyalari, laboratoriya ishlari, 
amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarni aniq mavzular bo‘yicha ishlab 
chiqish (yuqori darajadagi badiiy qadriyatlar namunalaridan foydalangan 
holda); 


176 
- bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning ishlab 
chiqilgan mezonlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga ma’naviy-
estetik ta’sir ko‘rsatadigan sharoit va omillarni, samarali shakllar, 
maqbul usul va vositalarni aniqlash. Bunda bo‘lajak o‘qituvchining 
ma’naviy-estetik qiyofasi takomillashadi, kadrlar tayyorlash sifati 
yaxshilanadi. 
Muallif konsepsiyasining aniqlangan va shakllangan tushunchalari 
asosida davlat ta’lim siyosatining muayyan pozitsiyalari va qoidalari 
nuqtai nazaridan, milliy, umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlarning 
ma’naviy rivojlanishi, pedagogik jarayonga tizimli yondashuvi asosida, 
uning eng muhim didaktik tamoyillari, talabalarning yoshini va 
maqomini hisobga olgan holda, ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, 
kelajakda 
bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash 
imkoniyatlari (ularning dasturlarini biroz o‘zgartirgan holda), ma’naviy-
estetik tarbiyaning emotsional jihatdan ustuvorligi intellektual, 
intellektual-ijodiy va qadriyatli omillari, o‘z-o‘zini anglash va ijodiy, 
amaliy, kasbiy-pedagogik jihatdan o‘zini ifoda etish, ma’naviy-estetik 
o‘z-o‘zini tarbiyalash zarurligini anglash, bo‘lajak o‘qituvchilarning 
ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlarini, jadval va tarbiya tizimini 
ishlab chiqdik. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlari (Pedagogik fanlarni o‘rganish 
jarayonida): 
1.
Davlat 
ta’lim siyosati kontekstida ma’naviy-estetik 
rivojlanish zarurligini kasbiy-shaxsiy anglashi, idrok etishi. 
2.
Ma’naviy-axloqiy 
tarbiya 
sohasida 
zarur 
bo‘lgan 
kategoryalar, tushunchalar va g‘oyalar, bo‘lajak o‘qituvchini ma’naviy-
estetik tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar. Pedagogik fanlarni o‘rganish 
jarayonida o‘zbek xalqining badiiy merosiga asoslangan ma’naviy-
estetik 
tarbiyasi 
mazmuni, 
ushbu 
materialda 
ma’naviy-estetik 
rivojlanishning imkoniyati va kelajagi to‘g‘risida tushnchaga ega 
bo‘lishi. 


177 
3.
O’zbek xalqi badiiy merosining “abadiy qadriyatlari”, bu 
milliy g‘urur va umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarning 
paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi, ularning ulkan ma’naviy-estetik 
tarbiyaviy salohiyati to‘g‘risida tarixnavislik bilimlarga ega bo‘lish.
4.
Idrok - o‘zbek xalqining badiiy merosiga oid qator “abadiy 
qadriyatlar” bo‘yicha asarlarni o‘rganish: 1) hissiy-estetik fikrlash-idrok 
qilish, anglash; 2) intellektual-ijodiy, badiiy-tahliliy darajada o‘qish 
(berilgan algoritmlarga muvofiq); 3) badiiy asarga bo‘lgan o‘zining 
munosabatini aniqlash: a) hissiy, b) qadriyatli, v) asarning kelajakdagi 
pedagogik faoliyatda foydalanish istiqbollariga kasbiy qarashlari 
(talabalarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda).
5. O’zbek xalqining badiiy merosidan olingan ma’naviy-estetik 
e’tiqodlar, motivlar, bilimlar, tushunchalar, g‘oyalar, taassurotlar, 
qobiliyatlar, ma’naviy-estetik, maorifiy-pedagogik salohiyatning kelgusi 
pedagogik 
o‘quv amaliyotidagi “integratsiyasi”, asarlarda: 1) 
metodologik; 2) tarixnavislik va san’atshunoslik mazmundagi; 3) idrok 
qilish. Va asarlar tahlili; 4) nazariy-pedagogik; 5) uslubiy. 6) o‘z = 
analitik (tahlilchi) , baholovchi (berilgan havola bo‘yicha). 
6. Ma’naviy-estetik jihatdan o‘zini o‘zi takomillashtirishga bo‘lgan 
ehtiyoj: a) ajdodlarimizning badiiy merosi sohasida; b) o‘zbek xalqining 
badiiy madaniyati sohasida; v) boshqa xalqlarning badiiy merosi 
to‘g‘risida; g) kasbiy va shaxsiy hayotda. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni badiiy merosning yuksak namunalarida
ma’naviy-estetik tarbiyalash jadvalida quyidagi komponentlarni 
(qismlarni) ajratib ko‘rsatamiz: motivatsion-ta’kidlovchi, kelajakli-
mo‘ljalli, kategorial-tushunchaviy, tarxonavislik, o‘quv-anglash, badiiy-
tahliliy, ijodiy-namunaviy, o‘zini o‘zi takomillashtirish – bularning 
barchasi bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash asoslari 
tizimiga kiritilgan hamda pedagog kadrlarni tarbiyalashning kasbiy 
yo‘nalganligida hisobga olingan. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash tizimi.


178 
I. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik rivojlanish 
zaruratini ijtimoiy-shaxsiy va kabiy-pedagogik motivlar asosida 
tushunib etishlari. Kelgusida ma’naviy-estetik ishlar mazmunini, uning 
ma’naviy-estetik rivojlanishdagi imkoniyat va istiqbolini muhim kabiy-
shaxsiy omil ekanini tushunib etishlari. 
II. Kerakli tushunchaviy “makon”ni o‘zlashtirish. 
III. Milliy g‘ururni ifoda etuvchi o‘zbek xalqining badiiy 
madaniyatining “abadiy qadriyatlari” haqida tarixiy bilimlar. Ular 
orasidan yuksak ma’naviy-estetik mazmundagi tarbiyaviy xususiyatga 
egalarini tanlash. 
IV. O’zbek xalqining badiiy merosin asarlarni hissiy idrok etish, 
anglash, ularni mantiqiy-tahliliy, badiiy-estetik o‘rganish va baholash 
(tavsiya etilgan ko‘rsatma asosida), ularga munosabati (hissiy-shaxsiy, 
ob’ektiv-qadriyatli). 
V. Bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, 
ko‘nikma, malakalarning ma’naviy-estetik darajadagi pedagogik, 
uslubiy va boshqa ishlarda aks ettirilishi. 
VI. Bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zining ma’naviy-estetik rivojlani-
shiga bo‘lgan bahosi (kasbiy-shaxsiy nuqtai nazardan). 
VII. 
Bo‘lajak 
o‘qituvchilarning 
o‘zini 
ma’naviy-estetik 
takomillash-tirishga bo‘lgan ehtiyojlari. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyalariga tizimli 
yondashuv pedagogika fanlarini o‘qitish modelida amalga oshiriladi: 
Pedagogika tarixi 
Pedagogika nazariyasi 
Pedagogik mahorat 
Ta’lim texnologiyasi 
Izoh: 
bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash 
mazmuni ularning o‘zaro aloqalari, modifikatsiyalangan dasturlarga 
muvofiqligi pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida keltirilgan. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holada (“abadiy qadriyat” 
sanalmish o‘zbek xalqining ma’naviy-estetik tarbiyalashga oid badiiy 
merosining zamonaviy kategorial-tushunchaviy apparati; bo‘lajak 


179 
o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining yuksak badiiy merosi obrazlarida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash haqida; tadiqotning mualliflik konsepsiyasi; 
pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida zamonaviy pedagogik kadrlarni 
o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash 
mezonlarining ishlab chiqilishi; pedagogik fanlar bo‘yicha o‘quv 
kurslarida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy qadriyatlari, 
boy madaniy merosi asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-estetik 
tarbiyalash tizimining xolisona asoslanishi), shuningdek, bo‘lajak 
o‘qituvchilarni tarbiyalashning metodologik asoslariga murojaat qilib, 
zamonaviy yoshlarning ma’naviyati, shaxsning ma’naviy rivojlanishi 
to‘g‘risidagi davlat ta’lim siyosati, pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik 
tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik ehtiyojari aniqlandi. 
Birinchidan, bular quyidagi ijtimoiy-pedagogik shartlar: davlat 
ta’lim siyosatining tegishli qoidalari; O’zbekiston Respublikasi birinchi 
prezidenti I.A. Karimovning ma’naviyat, ma’naviy tarbiyaga oid 
asarlaridan tezislar; professor-o‘qituvchilar uchun kadrlar tayyorlash 
milliy dasturining talablari, xususan, ma’naviyat, talabalarning ma’naviy 
ma’rifatiga 
bo‘lgan 
ehtiyoji; 
ma’naviy-estetik 
tarbiyalashning 
kuchayishi va ta’lim tizimi, shu jumladan pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanadigan fanlar va ob’ektlarning rivojlanishi; davlat ta’lim 
siyosatida talabalarning tarbiyasi, ma’naviy tarbiyasiga, ayniqsa bo‘lajak 
o‘qituvchilar - yangi avlod o‘qituvchilarga - oliy o‘quv yurtlarida, 
e’tiborni kuchaytirish talabi; o‘zbek xalqining madaniy-tarixiy 
merosidan badiiy qadriyatlarga ustuvorlik berish – badiiy-estetik 
g‘oyalar, barkamol avlod badiiy-estetik g‘oyalar tashuvchisi, yoshlarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash sohasida, ayniqsa milliy-ma’naviy 
fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishda foydalanilishi kerak 
bo‘lgan, ma’naviy-estetik potensiali, zamonaviy shaxsning fazilatlari, 
hissiy madaniyat, faol ijodiy tafakkur (ayniqsa estetik idrok etish 
jarayonida - anglash - tushunish - badiiy va tahliliy o‘rganish - asarni 
baholash - xalqning tarixiy-madaniy merosidan yuqori badiiy ijodni 
yaratish); estetik – ma’naviy - estetik ongni shakllantirishga bo‘lgan 
talab – “estetik boy dunyoqarash”ning asosi; o‘zbek xalqining ma’naviy-


180 
estetik badiiy merosini bilish zaruriyati - boshqa xalqlarning badiiy, 
madaniy merosini muvaffaqiyatli rivojlantirish-ning kaliti; pedagogik 
kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalash - davlat, jamiyat, xalq ta’limi, 
o‘quv muassasalarining ijtimoiy-pedagogik buyurtmasi-dir. 
Pedagogik kadrlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash uzoq davom etadigan ijtimoiy mohiyatga 
ega muammodir. Bu pedagogik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishi, 
ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini va, albatta, davlat ta’lim 
siyosati va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga yordam 
beradi. Yangi avlodning yuqori intellektual va ma’naviy boy 
o‘qituvchisi - yuqori milliy-ma’naviy va umumbashariy fazilatlarga ega, 
har tomonlama rivojlangan, ijtimoiy talabga ega shaxs tarbiyalanadi. Va 
buning kafolati - davlat ta’lim siyosati sanaladi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash muammosini 
hal qilish, birinchi navbatda, shaxsning ma’naviyati va ma’naviy 
rivojlanishi bo‘yicha davlat ta’lim siyosatining "Ta’lim to‘g‘risida" gi 
qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, zamonaviy 
olimlarning ma’naviyat, ma’naviy tarbiya to‘g‘risidagi izlanishlari 
metodologik pozitsiyalari asosida ko‘rib chiqilishini talab qiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini maqsadli o‘rganish zarur va 
uning asosida o‘rganilayotgan muammoni hal qilish uchun nazariy, 
metodologik va tashkiliy-pedagogik ko‘rsatmalarni aniqlash zarur. 
Pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda badiiy meros 
muammosini uslubiy jihatdan ko‘rib chiqish, bo‘lajak o‘qituvchilarni 
o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik shartlarini aniqlash muhimdir. 
Bir qator zaruriy mezon, tushuncha va atamalarni ko‘rib chiqish, 
ayniqsa: 
“ma’naviy-estetik 
tarbiyalash” 
kabi 
tushunchalarni 
shakllantirish muhim ahamiyatga ega. “Badiiy qadriyatlar asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zbek 
xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy va estetik tarbiyalash”. 
Muallifning tadqiqot konsepsiyasi uslubiy jihatdan zarur - bo‘lajak 
o‘qituvchilar uchun o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-
estetik tarbiyalash mezonlari, jadvallari, tizimlarini (Pedagogika 


181 
fanlarini o‘rganish jarayonida), shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning 
fanlararo tarbiyaviy modelini ishlab chiqish zarur. 
Uslubiy materiallar asosida, kategorial-tushunchaviy apparat, 
o‘zbek xalqining madaniy-tarixiy merosidan olingan “abadiy badiiy 
qadriyatlar”ning ma’naviy-estetik potensiali, ishlab chiqilgan mezonlar, 
bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘rganilayotgan ilmiy tarbiya tizimi, o‘quv va 
intizom asosidagi jadvallar, o‘zbek xalqining badiiy merosi, bo‘lajak 
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik 
shart-sharoitlari - davlat, milliy mafkuraviy, ijtimoiy, tarbiyaviy, 
ijtimoiy-pedagogik, 
kasbiy-pedagogik, 
aniq 
ma’rifiy, 
shaxsga 
yo‘naltirilgan, ma’naviy jihatdan talabchan, estetik jihatdan muhim 
milliy xususiyatlari aniqlangan. 
Davlat ta’lim siyosati darajasida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-
estetik tarbiyalashning metodologik asoslari, pedagogik kadrlar uchun 
ishlab chiqilgan ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlari, talabalarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash jadval va pedagogik tizimi, pedagogik 
kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning metodologik, nazariy, uslubiy 
va nazariy asoslarining muammoni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur 
shart-sharoitlardir. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish