Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


  12.3. G’arbiy Evropada maktab, maorif va pedogogik fikrlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

 


243 
12.3. G’arbiy Evropada maktab, maorif va pedogogik fikrlar
G’arbiy Evropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o‘rnini 
olgan feodalizm V asrda paydo bo‘lib, to XVIII asrlargacha davom etdi. 
O’rta asr feodal jamiyatining hayotida din va unga xizmat qiluvchi 
ruhoniylar g‘oyat katta rol o‘ynardilar. O’sha davrlarda hamma ta’lim-
tarbiya ishlari ruhoniylar qo‘lida qurol bo‘lib, batamom diniy ruh va 
xurofot bilan sug‘orilar edi.
Xristian dini ta’limotiga binoan, odam guyo gunoh ishlarga banda 
bo‘lib tug‘iladi, uning gunoh ishlarga moyil bo‘lgan tabiatini bosish 
uchun uni daxshat bilan qo‘rqitish ruhida tarbiyalash kerak. O’rta asrda 
G’arbiy Evropa mamlakatlarida 2 guruhga bo‘lingan va 7 fanni o‘z 
ichiga olgan ta’lim dasturi vujudga keltirildi. 1 guruh 3 ta fandan iborat 
edi, shu sababli unga lotincha “trivium” nomi berildi. Bunga 
grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. 2
guruh 4 fandan iborat bo‘lgani uchun uni lotincha (kvadrivium) 
deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. 
Hammasi bo‘lib bu 7 ta fanni «7 ta erkin san’at» deb atash rasm bo‘lib 
qoldi. 
Hamma fanlarning toji deb - teologiya (din aqidalari) hisoblanar 
edi. O’rta asrlarda beriladigan ta’lim dasturi cherkov maktablari orqali 
amalga oshirilar edi. Cherkov maktablarining asosiy turlari: 
prixod 
maktabi
(ya’ni 1 cherkovga qarashli), 
monastir maktabi
va 
bosh 
cherkov yoki episkop maktab
laridan iborat edi. 
Prixod maktablari boshlang‘ich diniy maktablar bo‘lib, unda o‘g‘il 
bolalar o‘qir edi. Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari va 
qoidalarini, diniy ashulalar aytishni, lotin tilida o‘qish va yozishni 
o‘rganadilar. Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar 
bo‘lgani sababli shu nom bilan yuritiladi. “Monastir” maktablarida 
o‘qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar tayinlanardi. Monastir 
maktablarining quyida prixod maktabida o‘qitiladigan fanlardan 
tashqari, yana yuqorida aytilgan “7 ta erkin san’at”, ya’ni grammatika, 


244 
ritorika, dialektika, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqadan dars 
berilar edi. 
Bosh cherkov yoki episkop maktablari markaziy diniy okrugdagi 
bosh cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda din 
ishlari boshqarmasi joylashgan bo‘lib, uning boshida yuqori lavozimli 
ruhoniy episkop turar edi. Shuning uchun bu maktablarning bosh 
cherkov yoki episkop maktablari deyilar edi. Bu turdagi diniy 
maktablarda ham faqat o‘g‘il bolalar o‘qir edilar. Bosh cherkov 
maktablarida odatda yuqorida ko‘rsatilgan 7 fanning hammasi o‘qitilib, 
bu fanlardan tashqari eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan - teologiya 
(din aqidalari) ham o‘qitilar edi. Bu maktablarda qattiq intizom 
o‘rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz 
jazolanardilar. Bunday maktablarda odatda o‘quvchilarga tan jazosi 
berilar edi (savalash, och qoldirish kabilar). O’rta asrlarda G’arbiy 
Evropada 
xotin-qizlar, 
ayniqsa 
mehnatkashlarning 
xotin-qizlari 
yoppasiga deyarlik savodsiz edilar. Mulkdor feodal va aslzoda 
tabaqasiga mansub oilalarda tug‘ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar 
monastirlari ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga birkitilgan 
ruhoniylar qo‘l ostidagi uylarda tarbiya olardilar. 
G’arbiy Evropa mamlakatlarida ritsar tarbiyasi XII asrga kelib 
to‘la tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar tarbiyasining mazmuni ritsarlarga 
oid fazilatdan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat: ot minib 
yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov 
qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o‘ynashni bilish, she’r to‘kish 
va qo‘shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o‘rinda turgan uchtasi 
ritsarga berilmog‘i zarur bo‘lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir; ritsar 
otliq askar, qilich va nayza esa o‘sha zamon jangchisining asosiy quroli 
edi. Suzish va ov qilishni bilishi jismoniy chiniqish, chaqqonlik va 
bardoshlilikni o‘stirish uchun talab qilinardi.
G’arbiy Evropada XII-XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning 
rivojlanishi shaharlarning o‘sishiga va shahar madaniyatining vujudga 
kelishiga sabab bo‘ldi. Shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi 
hunarmand va savdogarlar o‘z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur 


245 
bo‘lgan bilim berishga manfaatdor edilar. O’sha vaqtda ishlab turgan 
cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar. Shu 
sababli sexda birlashgan hunarmandlar va gildiyalarda birlashgan savdo 
ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar, sex maktablari va 
gildiya maktablari deyilar edi. Keyinrok borib sex va gildiya maktablari 
magistrat maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi harajatidagi 
maktablarga aylandi. Bu maktablarning mudir va o‘qituvchilari tegishli 
sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga 
qaram emas edilar. Bu maktablarda pul to‘lab o‘qilardi. Cherkovga 
qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy rasmlar bilan 
bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo‘lgan xatsavod va hisob 
malakalarini egallashga ko‘proq e’tibor berilardi. Ba’zi maktablarda esa 
grammatika, ritorika va geometriya o‘qitilar edi. 
Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi - G’arbiy 
Evropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. 
Evropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada 
(Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) 
tashkil kilindi. XIV-XV asrlarga kelib, universitetlar Evropa 
mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. O’rta asr universitetlari 
odatda to‘rtta fakul’tetdan tuzilgan bo‘lib, bular tayyorlov fakulteti, 
yuridik, meditsina va teologiya (din aqidalari) fakultetlaridan iborat edi. 
Tayyorlov fakulteti talabalari yuqorida aytilgan triviumga, kvadrivium 
tarkibiga kirgan fanlarni o‘qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o‘qish 
muddati 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6 yilgacha cho‘zilar edi. 
Universitetlarda o‘qitish metodlari ma’ruza, cherkov tomonidan 
tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan 
iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi. 
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan
qat’iy nazar, O’rta asr universitetlari Evropa madaniyatining 
rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha 
davrdagi ma’lumotli kishilarni etishtirishda katta xizmat qildi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish