Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

 
 
 
 


104 
6.2. Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlarida 
 komil inson tarbiyasi
Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan boshqa mutafakkirlar kabi 
insonni, uning yuksak ahloqiy hislatlarini, go‘zal fazilatlarini bayon 
etgan allomalardan sanaladi. Abdurahmon Jomiy ham o‘z asarlarida 
insoniy yuksaklikni ta’rif etadi. Tadkikogchi Sh.Shomuhamedov 
A.Jomiy hakida fikrlar ekan, “Uning shaxsan o‘zi bunga namuna
bo‘ldi, poklik shamlaridan biri bo‘lib porladi”, - deydi. Jomiy uchta
lirik devon, etti dostondon iborat “haft rang” (“Etti taxt”), ta’lim-
tarbiyaga oid “Bahoriston” asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida 
munosib o‘ringa ega bo‘ldi. 
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy karashlari Sa’diyning 
Guliston asari uslubida yozilgan. “Bahoriston” asari va “Xaft 
avran”ga kirgan “Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz zahab” 
(Oltin tizmalar) va boshka dostonlarida ifodalangan. Bu 
dostonlarda va “Bahoriston”da Jomiy hakiqiy kamolatga erishgan inson 
haqidagi qarashlarini bayon etadi. Jomiy o‘zining mashhur “Silsilatuz 
zahab” (Oltin tizmalar) dostonida esa “Sevimli aziz farzandga nasihat” 
bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda 
qisqa bo‘lib, bu ulfni behuda o‘tkazmasligi, ammo bilim olgandan 
so‘ng unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham 
behuda ekanligini alohida uqtiradi. 
Alloma ilmning ahamiyati haqida gapirar ekan, bu bilimni 
egallashda kitobning har bir yoshning bilim olishidagi o‘rniga, uning 
hislatlariga alohida to‘xtab o‘tadi va kitobni “teri yopingan olim” 
o‘xshatadi. Bilimni yoshlikdan egallash lozimligini ta’kidlaydi va 
johillikni qattiq qoralab, dono bilan nodonni bir-biriga qarama-karshi 
qo‘yadi: 
Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo‘l, 
Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon olgil yo‘l. 
Har bir kishiga bu so‘z, oyna kabi ayondir, 
Dono tirik hamisha, nodon o‘liksimondir. 


105 
Abduraxmon Jomiy donolikni olqishlar ekan, avvalo, mamlakatni
boshqaruvchi hukmdorlar ilmli bo‘lishi, agar rahbar nodon, johil bo‘lsa, 
el boshiga juda ko‘p nadomat, zulm yog‘ilishi mumkinligini ifodalaydi: 
Shoh agar bo‘lmasa bilimdon hokim,
Jahl botkog‘ida bo‘lur muqim. 
Yog‘ar undan doim jaholat, o‘lim,
El boshiga tushar nadomat, zulm. 
“Baxoriston” asarida esa ilmni behuda egallamaslik, har bir shaxs 
foydasi tegadigan ilmni egalashi zarurligini ta’kidlaydi: Eng zarur 
bilimni qunt bilan o‘rgan, Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma. Zarurini 
hosil kilgandan keyin, Unga amal kilmay umr o‘tkurma. Abduraxmon 
Jomiy asarlarida ham boshqa allomalardagi kabi tarbiyaning 
ahamiyatiga katta e’tibor beriladi. Etuk insonga xos bo‘lgan axloqiy
hislatlar uning barcha asarlarida keng tarannum etiladi. Masalan, 
haqiqiy insonga xos bo‘lgan axloqiy hislatlardan yaxshilik, sahiylik, 
shirinsuhanlik, 
kamtarlik, 
sabr-qanoat, 
do‘stlik, 
rostgo‘ylik, 
mehnatsevarlik kabilarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratadi. Bunday 
sifatlardan sahovat va kamtarlik, karamni eng ulug‘ insoniy
fazilatlardan biri deb biladi. “Baxoriston”da u “sahovat biror narsaga 
qarab yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, hatto talab etilgan narsa
maqtov va minnatdorchilik bo‘lgani taqdirda ham, u sahovat emas”, - 
deydi. Abdurahmon Jomiy inson ta’masizlik va qanoatda xirs va 
ta’madan uzoq bo‘lishini istaydi. 
Kimning qalb diliga kirdi qanoat, hirs bilan ta’madan qutuldi bori. 
Qanoat gilami to‘shalgan erda, Sindi ochko‘zligu ta’ma bozori. Jomiy
insoniylik fazilatlaridan sanalgan kamtarlikni targ‘ib etar ekan, kibr-
havo, manmanlik, razolat, johillik kabi illatlarni fosh etadi. Masalan, u 
takabbur, manman shaxslar bosh ko‘targan boshoq kabi o‘roq zarbi 
bilan erga yiqilib, sarg‘ayib so‘lishi mumkin desa, kamtar kishilarni esa 
o‘zini tuproqqa tashlagan don, qushlar tomonidan avaylab erdan ko‘tarib 
ketganlaridek e’zozda bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.
Ayniqsa, Jomiy “Iskandar xiradnomasi” asarining “Iskandarning 
pokizalar shahriga etishi” bobida ifodalangan insonga xos hislatlarning 


106 
tarannum etilishi, bizga Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi 
“Fozillar shahri hokimining fazilatlar”ni eslatadi. Har ikki asarda ham 
fozillar shahri aholisiga xos hislatlar yaxshilikning g‘olib kelishi va 
barcha yomon illatlar: urush, nizo, johiliyat, zulm, boylikka xirs, 
ta’magirlik yo‘q etilishi yoritiladi. Iskandar jahon aylanib, bir shaharga 
keladi. U erning xalqi, turmush tarzi shohni lol qoldiradi. Mazkur 
shaharda odamlar tinch, osoyishta, urush-janjallarsiz hayot kechiradi; 
barcha barobar mehnat bilan shug‘ullanadi. Shaharda o‘g‘ri yo‘q, barcha 
eshiklar qulfsiz. Bu shaharda adolat hukmron bo‘lib, barcha fuqarolar 
bir xil hayot kechiradi. Ularga bunday hayot ota-bobolaridan meros 
qolgan bo‘lib, shahar axli bu an’analarni e’zozlab asraydi va amal qiladi. 
Jomiyning “pokizalar shahri” uning yuksak orzu-umidi, insoniyat 
tarixidagi ideal tuzum timsolidir. 
Jomiy tasavvurida haqiqiy etuk inson el, xalq uchun xizmat qilib, 
yaxshi nom qoldirishi zarur. “Silsilatuz-zaxob” dostonidagi quyidagi 
pandlar uning barcha qarashlariga yakundek sanaladi: 
O’z koningdan tashqari qo‘ygil qadam,
Gavharingni ayla, pardoz dam-badam.
El uchun undan kelur ne foyda,
Konda gavhar yotgani befoyda.
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,
Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom,
Hech kishiga ranju ozor bermagil. 
Jomiy asarlarida yaxshilikning barkamol inson ega bo‘lishi zarur 
bo‘lgan eng muqaddas axloqiy islat sifatida tarannum etilishi bejiz emas. 
Zero, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklardan boshlab yaxshilik va 
yomonlik o‘rtasidagi kurash va yaxshilik, ezgulikning g‘olib kelishiga 
bo‘lgan oliy istak barcha pandnomalarning asosini tashqil etgan. 
Xulosa qilib aytganda, Abdurahmon Jomiyning etti dostondan 
iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”) asarining “Tuqfatul-axror” (“Erkinlar 
tuhvasi”), “Sabxatul-abror” (“Yaxshilar tasbixi”) kabi falsafiy-axloqiy
asarlari; “Xiradnomai Iskandar” dostoni, “Silsilatuz zaxob” (Oltin 


107 
tizmalar) asarlarida uning barkamol inson tarbiyasiga oid umuminsoniy 
g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish