Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

 
osmonining
 
yulduzlardek baland martabaliligi haqidakim, bilimsizlik 
tunni yoritish uchun “ayn” quyosh, “lom” oy, “mim” kunduz belgilarini 
ko‘rsatadi; bilimsizlik shomining qorong‘u ko‘rinishi haqidakim, g‘aflat 
chaqini pastlik kechasida zohir qilib, bu kechada baxtsizlikdan hikoya 
aytadi; olimning butun baxtsiz vujudining quyoshdek yuksakligi 
johilning esa butun borlig‘i boylik, mol bo‘lsa ham tuproqdek xorligi” 
haqida fikr bayon etadi. 
Demak, Alisher Navoiy ilmni inson kamolati uchun eng zarur 
fazilatlardan biri deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, 
jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Alisher Navoiy orzu 
qilgan komil inson ham faqat ilmli bo‘lishi bilan qanoatlanib qolmaydi. 
Uni haqiqiy inson sifatida ta’riflashga yana sabr-qanoat, sahiylik, 
himmat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze’, adab, ishq-vafo va hokazolar 
ham asos bo‘ladi. Navoiy insonning axloqiy hislatlari - yaxshi fe’l-
atvorlar xususida to‘xtalib o‘tar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning 
ta’rifini beradi. U yaxshi fe’llarga qanoat, sabr, tavoze’ va adab, ishq va 
vafo, sahovat. himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko‘ngillik (halm) 
kabi hislatlarni kiritib, har birining ta’rifidan so‘ng tanbeh va hikoyatlar 
vositasida o‘z fikrini to‘ldiradi. Navoiy asarda mazkur hislatlarga ta’rif 
berish bilan birga, ularga qarama-qarshi bo‘lgan yomon illatlardan 
qutulish yo‘llarini bayon etadi. 


102 
Axloqlilikning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr 
yuritar ekan. “Adab kichik yoshdagilarni ulug‘lar duosiga sazovor etadi 
va u duo barakati bilan umrbod baxramand bo‘ladi. Adab kichkinalar 
mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u muhabbat ko‘ngilda abadiy 
qoladi...” - deb ta’kidlaydi. 
Demak, yaxshi xulq asosi - odob Navoiy tahsilida barcha insoniy 
hislatlarning boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos hislatlar ana 
shunga bog‘liq ravishda ta’rif beriladi. Zero, haqiqiy insonga xos 
hislatlar - qanoat, sabr, tavozul’, ishq, vafo, sahovat, himmat, karam, 
muruvvat, halm (yumshoq ko‘ngillik) xuddi shu odobli kishida tarkib 
topadi. Masalan, “qanoat – buloqdir - suvi olgan bilan qurimaydi, 
hazinadir -naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir - urug‘i izzat 
va shavkat mevasi beradi; daraxtdir - shoxi tortinchoklik va hurmat 
mevasi etkazadi” - deb ifodalaydi. 
Navoiy qanoatni to‘ldiruvchi insoniy fazilatlardan sabr, sahiylik, 
karam, muruvvat, himmat, bir-biriga hamkor va g‘amxo‘r bo‘lishini, 
bularni inson shaxsini ulug‘lashga etaklaydigan, uni sof va pokiza inson 
darajasiga ko‘taradigan hislatlar sifatida ko‘rsatib o‘tadi. “Sabr 
achchiqdir - ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zararni daf’ 
etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir. Achchiq so‘zli 
nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad hosil bo‘ladi. 
Badxo‘r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so‘ngida 
sog‘lik yuz beradi”. 
Sahiylik esa insoniylikning haqiqiy mezoni sifatida ta’rif beriladi. 
Sahovatni Navoiy odamlarning mushkulini oson qilishda unga 
beriladigan minnatsiz yordam sifatida tushunadi va shunga da’vat etadi. 
Qimmatlilik, muruvvat, karam sahovatning tarkibiy qismlari sifatida
yoritiladi. “Yaxshilik, karam -bir jabrlanganning qattiqchilik yukini 
ko‘tarmoq va uni o‘sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam 
birovning mashaqqat tikani og‘irligini ko‘tarmoq va tikan uchidan 
guldek ochilmoq va o‘sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, 
og‘izga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik”, - 
deb, uning asl mohiyatini yoritib beradi. Muruvvatni esa ana shu 


103 
“karamning urug‘-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu hislatlarga ega 
bo‘lsa izzat va hurmatga sazovor bo‘ladi”, - deydi alloma. U karam va 
muruvvatni ota-onaga o‘xshatsa, vafo va hayoni egizak farzandlarga 
o‘xshatadi. Lekin alloma har qanday ehsonni sahiylik deb tushunmagan. 
Sahovat deb isrofgarchilik qilishni, minnatni qoralagan. Ularni (sahovat, 
himmatni) tor ma’noda olmagan, aksincha, chuqur ijtimoiy ma’noda, 
keng ko‘lamda olgan, ularda, bir tomondan, aqliy, yirik didaktik 
qoidalardan, jamiyatni tuzatadigan vosita va odamlar ulug‘langan 
tekinxo‘rlar qoralangan. Qanoatni - sharaf va izzatning tantanasi desa, 
davlatli ta’magirni xor va pastkash deb ataydi. Shuning uchun ham 
yoshlikning qadriga etish, eng yaxshi hislatlarni o‘zida tarkib toptirish, 
nafs istagidan o‘zining tiyishini ulug‘laydi, takabburlik, manmanlik, 
faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish, yolg‘onchilik, nodon va johillik, 
ikkiyuzlamachilik, 
ta’magirlik, 
shoshma-shosharlik, 
yalqovlik, 
haromdan hazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo‘lish 
yo‘llarini ham bayon etadi. 
Uning quyidagi ruboiysi ana shu yomon illatlar insonni ma’naviy 
o‘limga olib borishi mumkinligi haqidagi hukmidek tuyuladi: 
Uch fe’l erur kishiga qotil oxir, 
Qotillik aro zahri halohil oxir. 
Buxl atla birin, birin havo bil oxir, 
Qil ujbin ham alarga dohil oxir. 
Demak, Alisher Navoiy o‘zining asarlari bilan bir qatorda, ilimiy-
axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan insonga xos axloqiy fazilatlar deb 
qanoat, sahovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, ilm, rostgo‘ylik, 
tavozu’, adab va boshkalarni tushungan, ana shu hislatlar tarkib
topgan insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi, unday inson yashagan 
jamiyat ham ravnak topishi, barcha xalq baxt-sodatga erishishi mumkin 
deb hisoblagan. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish