Axborot texnologiyasi- axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar («Axborotlashtirish to’g’risida» gi qonun, 2-modda). Axborot texnologiyalari (AT), ma’lumotlarni uzatish va manipulyatsiya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ning bir kichik majmui hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Ma‘lumki, axborot texnologiyalari ma‘lum qonun – qoidalari asosida takomillashtiriladi. Axborot texnologiyasi – bu axborot ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir
Do'stlaringiz bilan baham: |