85-rasm.
Individual taktika — o‘yinchilarning mustaqil faoliyatlaridan iborat bo‘lib, u sheriksiz amalga oshiriladi. Guruhli taktika — bu ikki-uch-to‘rtta o‘yinchilarning o‘zaro faoliyatidir. Jamoaviy taktika — bu barcha jamoa a’zolarining o‘zaro faoliyati.
Hujum taktikasi. Bir o‘yinchi individual hujum faoliyatida qanday taktik vazifani hal qilishi mumkin? To‘pni u mustaqil o‘yinga kiritish usulini tanlashi, uzatish yo‘nalishi va hujum zarbalarini turlicha bajarish va hokazolarni amalga oshirishi mumkin. To‘pni o‘yinga bir xil kiritishga raqib tezda moslashib oladi, shu bois uni qabul qilishni qiyinlashtirish maqsadida, o‘yinga to‘pni ustalik bilan kiritishni o‘rganish lozim. Shunday qilib, o‘yinga kiritish usulini o‘zgartirib, raqibning himoyaga qarshi faoliyatini buzish mumkin. Umuman, voleybolchining individual taktik faoliyatining muvaffaqiyati uning texnik tayyorgarligiga, maydonni ko‘ra bilish ko‘nikmasi va o‘yinni tushunishiga bog‘liq.
Vazifalarni batafsil tushunmagan jamoada uch-to‘rtta o‘yinchidan boshqalar o‘zaro faoliyatda hamjihat bo‘la olmaydilar. Hujumda guruhli o‘zaro faoliyat bunga misol bo‘la oladi. Chunonchi, o‘yinga kiritilganni qabul qiluvchining oldingi chiziqdagi to‘p uzatuvchi o‘yinchi bilan o‘zaro faoliyati; uzatuvchi o‘yinchining o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qiluvchi va hujum zarbasini bajarishga tayyor turgan o‘yinchilar bilan o‘zaro faoliyati; hujumchining birinchi uzatgandan so‘ng, boshqa hujumchilar bilan o‘zaro faoliyati va boshqalar. Demak, guruh o‘zaro faoliyatining muvaffaqiyati o‘yinchilarning o‘zaro bir-birini tushunishiga, ularning yuqori texnik va taktik tayyorgarligiga, oddiy taktik kombinatsiyalarni birgalikda uyg‘un bajara olishiga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilardan biri o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilib, birinchi uzatishni 2- chegaradagi o‘yinchiga yo‘naltiradi, lekin 3-chegaradagiga yaqin bo‘lgan 2- chegaradagi uzatuvchi o‘yinchi aralashtiriladi va to‘pni hujum zarbasi uchun orqaga bosh orqali 3-chegaradagiga uzatadi, endi u orqadan turib hujum zarbasini bajaradi (86-rasm). Biroq, agar raqib maqsadni anglab yetib, to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, uzatuvchi o‘yinchi to‘pni 4- chegaradagi o‘yinchiga uzatadi va u hujum zarbasini bajaradi.
Barcha jamoa o‘yinchilarining hamkorlikdagi faoliyati eng murakkab vazifa hisoblanadi. Jamoaning bunday o‘zaro faoliyatini uyushtirish uchun har bir o‘yinchi o‘z vazifasini yaxshi bilishi, jamoa barcha o‘yinchilarining faoliyati esa tizimda keltirilgan bo‘lishi zarur. Masalan, hujum tizimi oldingi chiziqdagi o‘yinchiga ikkinchi uzatish vaqti; hujum tizimi orqa chiziqdagi chiqayotgan o‘yinchiga ikkinchi uzatish vaqti; hujum tizimi birinchi uzatish bilan tashlab berishi; hujumchilarni muhofaza qilish tizimi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |