Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

 
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari 
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari deganda, mulk 
huquqining olinishi yoki yo`qotilishi bilan bog`liq bo`lgan yuridik faktlar nazarda 
tutiladi.
 
Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o`z ifodasini 
topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga bo`linadi.
 
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar bo`yicha 
mulkka nisbatan subyektiv fuqarolik huquqi ilgari hech kimga tegishli bo`lmagan 
mulkka nisbatan yoki avvalga mulk egasining huquqi bilan bog`liq bo`lmagan holda 
vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi:
 
birinchidan, tabiat ne'matlarini o`zlashtirish;
 
ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
 
uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi; 
to`rtinchidan, egasi bo`lmagan mulkka yoki egasi bo`lsa ham xo`jaliksiz bilan 
saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib 
olinmagan mulklarga, shu jumladan topilgan ashyolar, xazinalar (boshqa usulda 
yashirilgan narsalar) topilishi hollarida yuz beradi.
 
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat 
o`ziga xosdir. Mulkdor bo`lmagan, lekin ko`chmas mol-mulkka o`n besh yil 
davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o`ziniki kabi halol, oshkora va 
uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya'ni to`la 
ma'noda mulkdor huquqlariga ega bo`ladi (FKning 187-moddasi).
 
Muhimi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustdagi 
“O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to`g`risida”gi 
qarorida belgilanishicha, ushbu 187-moddaning qoidalari mulkka egalik qilish 1997 
yilning 1 martiga (ya'ni, yangi FK amalga kiritilgunga qadar) qadar boshlangan va 
kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi. 
Demak, ushbu holati bo`yicha FK normasi orqaga qaytish kuchiga ega bo`ladi. 
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridan yana biri - hamma yig`ib 
olishi mumkin bo`lgan ashyolarni mulkka aylantirishdir. FKning 189-moddasida 
ko`rsatilishicha, qonun hujjatlarida yovvoyi mevalar, yong`oq, zamburg`lar, rezavor 
mevalar hamda o`simlik, hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi 
mumkin bo`lgan boshqa obyektlarini yig`ish yo`li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish 
tartibi va shartlari belgilab qo`yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk huquqi 


124 
o`rmonlardan qo`ziqorin, mevalar terish, dashtu tog`lardan dorivor giyohlar to`plash, 
daryo va ko`llardan baliq ovlash orqali vujudga kelishi mumkin. Biroq, ma'lumki, 
ushbu mulk obyektlari o`sgan mavjud hudud xususiy mulk huquqi asosida boshqaga 
tegishli bo`lmasligi lozim. Mulk obyektlarining ba'zilarini ovlash uchun vakolatli 
davlat organida ruxsat (litsenziya) olingan bo`lishi talab etiladi. Ayni vaqtda baliq va 
boshqa jonivorlarni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina yo`l qo`yiladi, aks 
holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib qo`yilishi va ularga 
nisbatan tegishli jazo choralari qo`llanilishi mumkin.
 
Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga keladi. 
Egasi bo`lmagan yoki egasi noma'lum ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz 
ko`char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat 
asosida qo`lga kiritilishi mumkin. Bunday ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolar 
o`zini o`zi boshqarish organi arizasiga muvofiq ko`chmas mol-mulkni davlat 
ro`yxatiga oluvchi organda hisobga olinib, uch yil o`tgach tegishli davlat organi 
talabi asosida sud tomonidan davlatga o`tkazilishi mumkin.
 
FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlarning vujudga kelishi 
xususiyatlari belgilangan. Unda ko`rsatilishicha, yo`qolgan ashyoni topib olgan shaxs 
bu haqda uni yo`qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega 
bo`lgan o`zga ma'lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan 
ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda 
topilgan bo`lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo`lmish shaxsga 
topshirilmog`i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning 
huquqlarini qo`lga kiritadi va uning majburiyatlarini o`z zimmasiga oladi. Basharti, 
topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo`lgan shaxs noma'lum bo`lsa 
yoki uning manzili bo`lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to`g`risida 
militsiyaga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish 
organiga ma'lum qilishi shart.
 
FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi 
aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qo`lga kiritadi (agar u 
bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o`tadi).

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish