Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

 
Mulkdan foydalanish huquqi
– mulkning foydali xususiyatlarini o`zlashtirish, 
mulkdan iqtisodiy ma'noda foyda ko`rishdir. Mulkdan qonunga muvofiq ravishda 
foydalanuvchi shaxs shu mulkdan foydalanish huquqiga ega bo`ladi. Mulkdan 
foydalanish huquqi shu mulkni egallash huquqi bilan chambarchas bog`liqdir. Mulkni 
egallamay, qo`lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo`lmaydi. Masalan, mulk 
ijarasi shartnomasiga muvofiq, ijaraga beruvchi dastavval mulkni ijaraga oluvchiga 
qonun yoki shartnomada ko`zda tutilgan tartibda topshiradi. Topshirish bilan bir 
vaqtda ijaraga oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish huquqi ham vujudga keladi va 
u shundan so`ng ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanishi mumkin. Mulkdan ishlab 
chiqarishda yoki kundalik hayotda foydalanishda bu mulk butunlay iste'mol qilinadi 
yoki muayyan vaqt davomida asta-sekin eskiradi.
 
Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma bilan belgilangan 
asoslar bo`lmay turib amalga oshirsa, bunday foydalanish qonunsiz foydalanish 
hisoblanadi. Masalan, o`g`irlangan yoki yo`qotilgan mulkdan foydalanish.
 
Mulkni tasarruf etish huquqi
– mulkning yuridik taqdirini belgilash, ya'ni 
mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo`ladigan huquqiy munosabatni belgilash, 
o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan huquqdir. 
Mulk egasi tasarruf etish huquqiga binoan mulk yuzasidan xilma-xil bitimlar, 
shartnomalar, chunonchi, ashyoni sotish, hadya qilish, ijaraga qo`yish to`g`risida 
shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo butunlay keraksiz bo`lib qolsa, mulk egasi 
bunday ashyoni tashlab yuborishi, o`zidan biron-bir usul bilan soqit qilishi mumkin. 
Bu huquq mulkdorga o`z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo`lmagan har qanday 
harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan mol-mulkdan garov narsasi sifatida 
foydalanishi yoki unga boshqacha yo`llar bilan vazifa yuklash, uni begonalashtirish 
yoki mol-mulkni boshqacha usul bilan tasarruf etishga imkon beradi.
 
Bu huquqning qo`ldan ketishi bilan mulkka nisbatan bo`lgan egalik huquqi ham 
qo`ldan ketadi. Masalan, mulkni omonatga qo`yishda ashyoni egallash huquqi, 
ijaraga berishda ashyoni egallash va undan foydalanish huquqi birovga o`tsa, 
ashyoning sotilishi yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har uch 
elementi: egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa 
shaxsga (ya'ni mulkdorga) o`tadi.
 
Ayrim hollarda, chunonchi, mulkni yo`qotish, o`g`irlatish hollarida mulk egasi 
o`z mulkni egallash, foydalanish va uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum bo`lsa 
ham, egalik huquqini qonunda belgilangan hollarda va muddatlarda o`zi saqlab 
turadi. Fuqaroga tegishli mulk o`g`irlatilganida uning kimning qo`lida bo`lishligi 
aniqlanganidan so`ng qonun bilan belgilangan uch yillik da'vo muddati davomida 
talab qilib olinishi mumkin. Aks holda mulkka nisbatan bo`lgan egalik huquqi 


122 
yo`qoladi. Umuman olganda mulkni tasarruf etish elementi kimda bo`lsa, shu shaxs 
(garchi mulkning qo`lida, ya'ni egaligida yoki foydalanishida bo`lmasa ham) mulkdor 
hisoblanadi. Zero, tasarruf etish elementi mulkning shakli va huquqiy maqomiga 
qarab muayyan hujjatlar (order, tilxat va h.k.) bilan tasdiqlanadi.

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish