Modda miqdori, mol tushunchasi: Modda miqdorining birligi – mol. Moddaning 12S izotopining 12 gramm miqdorida qancha atom bo’lsa, shuncha molekula, atom, ion, elektron va boshqa struktura birliklari bo’lgan modda miqdori “MOL” deyiladi. Modda miqdori n - en yoki ע – nyu bilan belgilanadi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Masalan: 9 g suvning miqdorini toping. m = 9 g, Mr = 18 g n = 9/18 = 0,5 mol.
Har qanday moddaning molekulyar massasi uning bir mol miqdorini tashkil qiladi. Bir mol moddaning massasi molyar massa deyiladi. Mr – bilan belgilanadi va birligi g/mol bo’ladi. Mol tushunchasi nimaga nisbatan qo’llanilishiga qarab turli zarrachalarni anglatishi mumkin. Masalan: mol atom, mol ion, mol molekula va h.k.
ATOM – MOLEKULYAR TA’LIMOT
Asoschisi: 1741 yil rus olimi M.V.Lomonosov, 1808 yil ingliz olimi J.Dal’ton
Qoidalari: a) Barcha moddalar korpuskulalardan (molekulalar) iborat va ular orasida ma’lum masofa mavjud; b) Molekular elementlardan (atomlar) iborat, atomlar va molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Bu harakat moddaning agregat holatiga va temperaturaga bog’liq; v) Atomlarning muayan massasi va o’lchami bor; g) Oddiy moddalarning molekulasi bir xil atomlardan, murakkab moddalarning molekulasi esa har xil atomlardan tuzilgan.
Qo’shimcha ma’lumotlar: 1) Moddalar hajmi temperatura o’zgarganda kengayadi yoki torayadi; 2) Moddalar temperatura ta’sirida bir agregat holatdan boshqasiga o’tadi; 3) Bosim ortganda barcha moddalar, ayniqsa gaz moddalar siqiladi; 4) Moddalar molekulalarining bir-biri bilan aralashishi diffuziya deyiladi; 5) Moddalar bir-birida eriydi.
Atom – molekulyar ta’limotni rivojlanishiga o’z xissasini qo’shgan olimlar: M.V.Lomonosov, R.Boyl, J.Dal’ton, Kannissaro, A.Avagadro, Gey-Lyussak, Jerar va h.k.
Atom – molekulyar ta’limotning hozirgi zamon talqini quyidagicha:
1) Moddaning kimyoviy jixatdan bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi – atom deb aytiladi. Bir turdagi atomlar kimyoviy element deyiladi. 2) Tabiatdagi moddalarning turli – tumanligi kimyoviy elementlar atomlarining o’zaro turlicha birikishi bilan izohlanadi. 3) Atomlar o’zaro birikib molekulalar hosil qiladi. Molekula – ayni modda tarkibini va xossalarini ifodalovchi eng kichik zarrachadir. 4) Moddalar o’z tarkibiga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. 5) Molekula va atom uzluksiz harakatda bo’ladi. 6) Kimyoviy reaksiya vaqtida o’zaro ta’sirlashuvchi moddalar molekulalari saqlanmaydi. atomlar saqlanadi va molekula tarkibidagi atomlar qayta guruhlanib Yangi molekulalar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |