Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 1,44 Mb.
bet48/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

2.Xammurapi qonunlari. Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi Xammurapining qonunlar to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali ma’lum.


Qonunlar to`plamining tuzilishi Xammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi. Chunki bu to`plam Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Qonunlar to`plami kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan iborat.

Xammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`paydi. Bog`dorchilikda xurmo yetishtirish ustivor ahamiyat kasb etdi. Podsho «Xammurapi kanali» deb atalmish katta kanal qurdirgan. G`alla ekinlari, moyli o`simliklardan yuqori hosil olindi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy sug`orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshirildi. Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni qurish va ta’mirlashni nazorat qilib turganlar. Mari arxiv hujjatlariga ko`ra, aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini qurish va ta’mirlash majburiyatini o`tagan. Bu majburiyatdan bosh tortganlarga o`lim jazosi berilishi mumkin bo`lgan. Xammurapi qonunlarida maxsus to`rt modda dehqon jamoasining o`z yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan. Agar dehqonning yeridan qo`shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to`lashga majbur bo`lgan. Agar puli bo`lmasa, o`zi va mol-mulki qo`shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan.

Hamurappi bu qattiy harakatni san’at darajasiga olib chiqqan va qonuniy tartibga slogan. Bu adolat ritorikasi bilan boshlangan va yakunlangan. Masalan, uning o‘zi qarorni tushuntirishda “tinchlik olib kelgan cho‘pon uning odillik hassasiligini bo‘lgani, mening muruvvat soyam, mening shaxrim bo‘lib tarqalgan, men Akkad va Bobil yerlaridagi odamlarni tizzamda asrayman” degan. Hamurappi qonunlarida 300 dan ortiq jinoya va ularning jazolari to‘plangan. Xudolar dunyoni boshqarishiga qaramay qirol odamlar orasida to‘g’ridan-to‘g’ri qonunlarni buyuruvchi bo‘lgan13.

Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va mayda chorva to`grisida eslatiladi. Ko`pincha qoramol dala ishlari, xirmon yanchish va yuk tashishga ijraga berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. Qonunda bajarilgan ish uchun qat’iy baho berilgan va ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Xammurapi qonunlar to`plamining 229-moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o`z ishini mustahkam qilmadi. U qurgan uy yiqilib, uy egasini o`ldirib qo`ydi. Bu quruvchi o`limga hukm qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan (218-modda).

Butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi savdoning rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut yog`i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va yog`och, qullar va zeb-ziynat buyumlari import qilingan.

Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari-tamkarlar shug`ullangan. O`z xizmatlari uchun ular yer, bog`, uy olganlar va sudxo`rlik bilan ham shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar katta savdo markazlari bo`lgan. Erkin kishi «avelium»-(«odam») deb atalgan. Qonunlarning barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan.

Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to`lovchisi mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli, ularning huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan. Misol uchun, ba’zi moddalar ularni sudxo`rlar zo`ravonligidan himoya qilgan. Sudxo`rga qarz uchun hosilni olish ta’qiqlangan. Qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan. Kumush uchun qarz foizi 20, g`alla qarzi uchun 33 % bilan cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala qilingani uchun qat’iy chora-o`lim jazosi qo`llangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari mushkenumlar-jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo`lmagan kishilar bo`lib («mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma’nosini bildirgan), ular cheklangan fuqarolik huquqiga ega bo`lganlar. Ular podsho xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohati yetkazilsa, qoidaga ko`ra, pul jarimasi to`langan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo`lgan. Qonunlarga qaraganda, mushkenumlar pul mablag`i va mulkka egalik qilganlar. Erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko`z uchun ko`z, tish uchun tish) qo`llanilgan.

Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo`lgan. Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila a’zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikka sotish huquqi, ba’zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun, asrandi o`g`ilning o`z ota-onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko`payishi bo`lgan. Bobilda qulchilik o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan. Qul uncha katta bo`lmagan mulkka ega bo`lishi mumkin bo`lgan. Quldan bo`lgan bolalarga mulk vasiyat qilish mumkin bo`lgan.

Bobil oilasi ota va er hukmron bo`lgan patriarxal oila bo`lgan. Oila nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep keltirgan. Xotin o`z sepiga va erining sovg`asiga o`z huquqini saqlagan. Erining o`limidan so`ng, bolalar balog`at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning sog`lig`ini himoya qilgan. Agar ayol eriga yomon muomala qilsa va uni mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan. U eriga xiyonat qilsa, o`lim jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga«somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o`g`il-qiz ega bo`lgan. Ammo o`g`ilga ko`proq moyillik bildirilgan.

Qadimgi Bobil davlatida podsho hokimiyati mutloq bo`lgan. Davlat boshida podsho turgan. U diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo`lgan. Podsho yer zahirasi bepoyon bo`lgan. Bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Sud hokimiyati mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o`rinda turgan. Shuningdek, ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud bo`lgan. Sudyalar kollegiyalarga birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xodimlari bo`ysungan.



Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati og`ir va yengil qurollangan janchi (redum)lardan iborat qo`shinga tayangan. Askarlarning huquq-majburiyatlari Xammurapi qonunlar to`plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy boshliqlar zo`ravonligidan himoya qilgan. Ularni asirlikdan qutqarish uchun to`lov belgilangan. Askar oilasi davlat tomonidan moddiy ta’minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o`tashlari zarur bo`lgan. Aks holda, ular o`lim jazosiga hukm qilinganlar.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish