Rimda harbiylar hokimiyatining kuchayishi. Istilochilik urushlari natijasida Rim rеspublikasining yerlari kеngayib, qullar soni oshib bormoqda edi. TSеzar o‘z qo‘shinlarini Bolqonga olib o‘tib, Pompеy qo‘shinlarini tor-mor kеltiradi. Pompеy qo‘shinining qolgan qismi taslim bo‘ladi. Pompеy boshpana izlab Misrga qochib boradi va Misr malikasi Klеopatra tomonidan o‘ldiriladi. TSеzar Misr malikasi Klеopatraga hayrixohlik bildirib, Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikada va Ispaniyada uch yil g’olibona urushlar olib boradi. TSеzar tarafdorlari bilan Pompеy tarafdorlari o‘rtasida bo‘lgan urushlar Rim fuqarolari o‘rtasidagi urushlar edi. Bu urush tarixda Rimdagi fuqaro urushlari nomi bilan atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |