Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 1,44 Mb.
bet136/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

4.Makedoniya. Makedoniya taxtiga hukmdorlar tez-tez almashib turdi. Antipatrning qisqa hukmdorligidan so`ng taxtga keksayib qolgan Poliperxont chiqdi. Keyin esa sarguzashtlar ishqibozi jasoratli, qiziqqon, zukko va aqlli, nozik ta`lim olgan Demetriy Poliorket (Iskandarning diadoxi Antigonning o`g`li) taxtni egalladi. U Epir podshosi Pirrga qarshi yurishda yengildi, uning o`rnini Pirr egalladi. Pirr frakiyalik Lisimaxga qarshi tura olmadi, Lisimax Pirrning yarim podsholigini tortib oldi. Shu sababli Pirr Epirga qaytishga majbur bo`ldi. Lisimaxning o`limidan keyin, uni mag`lub qilgan Salavk makedon podsholigiga davo qildi. Lekin Salavk er.avv. 281-yil Ptolomey Keravn yuborgan qotil tomonidan o`ldirildi. Shundan so`ng Ptolomey makedon taxtini egalladi. Er.avv. 283-yil Frakiya, Makedoniya va Yunonistonga galatlar (keltlar) hujum qildi. Ular bilan jangda Ptolomey Keravn halok bo`ldi. Er. avv. 276-yilda Kassandrning nevarasi galat (kelt)lar hujumini ikki marta qaytardi.

Pirr Italiyada bandligi vaqtida makedon taxtiga er.avv. 276-yilda Demetriy Poliorketning o`g`li Antigon Gonat o`tirdi. U Yunonistondagi vaziyatni barqaror qildi. Lekin g`ayratli Pirr Italityadan qaytib, yana Makedoniyaga yurish qildi, Antigon u yerdan haydaldi. Pirr o`zini makedon podshosi deb e`lon qildi. Ammo ikki yildan so`ng u Argosda o`ldirildi. Antigon Gonat Makedoniya taxtini ikkinchi marta bosib oldi va uni o`z vorislariga uzatdi. Antigon Gonat 276-yilda taxtga chiqdi. Antigon va uning avlodlari Makedoniyani Rim bosib olgunga qadar (er. avv. 168-yilgacha) boshqardilar. Antigonidlar sulolasi uchun Yunonistonni bo`ysundirib turish juda qiyin siyosiy muammo edi.

Ptolemeylar Misri, Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlaridan so`ng, Makedoniya tushkunlik holatida edi. Aholining katta qismi Iskandar yurishlari davrida Sharqqa ko`chdi. Antigonidlar sulolasi olib borgan doimiy urushlar, shimoldagi varvar qabilalarining xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. Antigonidlar sulolasi xo`jalik hayotini qayta tiklash, aholining ko`paytirishiga e’tibor berishga majbur bo`ldilar. Shu sababli, yangi shaharlar qurilib, eskilari qayta tiklandi. Bo`sh yotgan yerlarga aholi ko`chirildi. Konlar qazildi. Kemasozlik rivojlandi. Qurilish yog`ochlari bilan qizg`in savdo qilindi.

Iqtisodiyotning asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo`lgan qishloq xo`jaligi tashkil etar edi. Podshoga faqat o`rmon va qazilma boyliklar tegishli edi. Ellin Makedoniyasiga podsho hokimiyati ba’zi bir eski belgilarini meros qilib oldi: qo`shin yig`ini avvalgidek, podshoning taxtga chiqish vaqtidagi o`z ahamiyatini saqlab qoldi. Qoshin yig`inioliy sudya rolida chiqar edi.

Makedoniyadagi beqaror vaziyat Iskandar vafotidan so`ng, qariyb ellik yil davom etdi

Bu davrda manfaatlari bir-biriga zid bo`lgan yunon polislari turli ittifoqlarga birlashib, urush olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha yunon polislari kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik qildi va yunon shaharlari ichki ishlariga faol aralashdi.

Rim va Ptolemeylar sulolasi yunon polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishlarini qo`llab-quvvatladilar. Ikkinchi puni urushlari davrida Makedoniya Gannibal bilan ittifoq tuzdi. Bunga qarshi Rim Pergam va Peloponnesning bir necha polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishga undadi. Natijada er. avv. 215-206-yillarda I makedon urushi yuz berdi. Karfagenni Gannibal ustidan g`alabasi Makedoniya podshosi Filipp V ni Italiyaga yurish xavfini yo`qqa chiqardi.

G`ayratli podsho Filipp III (er.avv. 221-179yillar) Salavkiylar bilan ittifoq tuzib, zaiflashgan Ptolemeylarning Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib oldi. Italiya, Pergam va Rodos bunga qarshi chiqib, Rimdan yordam so`radi. Natijada II makedon urushi (er. avv. 200-197-yillar) boshlandi. Fessaliyadagi er. avv. 197-yildagi hal qiluvchi jangda Makedoniya yengildi. U Yunoniston va Kichik Osiyodagi barcha mulklaridan ajraldi.

Filipp III ning o`g`li Persey (er. avv. 179-168-yillar) Makedoniyaning avvalgi qudratini qayta tiklashga urindi. Ammo u Rim bilan urushda (III makedon urushi er. avv. 171-168-yillar) Pidnayonidagi jangda yengildi. Makedoniya hududi g`oliblar o`rtasida to`rt okrugga bo`lindi. Er. avv. 146-yilda Andriskning Rimga qarshi qo`zg`olonidan so`ng, er.avv. 146-yilda Makedoniya Rim provinsiyasiga aylantirildi.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish