Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 1,44 Mb.
bet128/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

Ma`ruza №31,32

Mavzu: Aleksandr Makedonskiy saltanati

Reja:

  1. Makedoniyaning yuksalishi

  2. Yunonistonda makedon hukmronligining o`rnatilishi.

  3. Iskandarning Sharqqa yurishlari.

  4. Iskandar davlatining parchalanishi


1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon hukmronligining o`rnatilishi. Makedoniya Bolqon yarim orolining shimolida joylashgan bo`lib, uning shimol va sharqdagi qo`shnilari qadimgi frakiya qabilalari, g`arbda illir qabilalari, janubda fessaliyaliklar edi. Makedoniya uncha baland bo`lmagan tog`lar va bir necha hosildor vodiylarda joylashgan edi. Iqlimida dengiz va kontinental iqlimning uyg`un qo`shilib ketgani ko`rinadi. Makedoniyada temir, mis oltin va kumush zahiralari mavjud edi. Tog` hududlarida kema qurish uchun zarur bo`lgan daraxt navi o`sgan. Makedoniyada ko`p etnik guruhlar yashagan. Aholining asosiy qismini tashkil etgan makedonlar er. avv. XII-XIII asrlardan beri bu yerda yashar edilar. Bundan tashqari, bu yerda epir, illir va frakiyaliklarga tegishli etnik guruhlar mavjud edi.

Makedoniyada er. avv. VI-V asrlar oraligida ilk davlat va jamiyat shakllandi. Makedoniya yunon shahar-davlatlaridan ko`ra, zaif rivojlangan, urug`chilik an`analari kuchli bo`lgan davlat edi. U dengizga chiqadigan yo`lga ega emas edi. Shu sababli, dengiz savdosi va koloniyalar barpo etishga ishtirok eta olmadi. Makedoniya dehqonchilik mamlakati bo`lib, aholining asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan.

Podsho Arxelay (er.avv.413-399 yillar) ilk bor o`z mamlakatiga yunon madaniyatini olib kirishga urindi. Peloponnes urushlaridan so`ng, Makedoniya yunon sivilizatsiyasini tez o`zlashtira boshladi. Ayniqsa, yunon harbiy san’ati va harbiy texnikasi yaxshi o`zlashtirildi. Yunonlar uchun Makedoniya qoloq varvarlar mamlakati edi.

Podsho Aminta va uning o`g`li Iskandar hukmronligi davrida Makedoniya yunon-fors urushlariga tortildi. Makedon podsholari vaziyatga qarab, har ikki tomonni ham qo`llab-quvvatlaganlar. Podsho (er. avv. 498-454-yillar) Kserksning er. avv. 480-479-yillardagi mag`lubiyatidan so`ng, yunon shahar-davlatlari bilan yaqinlasha boshladi. Yunonlar hatto unga unmumyunon Olimpiya o`yinlarida ishtirok etishiga ruxsat berdilar. Iskandar yugurish musobaqasida g`alala qozondi. Uning vorisi podsho Arxelay (er. avv. 419-399-yillar) qator islohotlar o`tkazib, podsho hokimiyatini kuchaytirdi. U Makedoniyaning chekka hududlaridagi yarim mustaqil hokimlarning o`zboshimchaligini chekladi. Podsho mamlakatning turli hududlarida bir necha qal`alarni qurib, ularni qo`shin va oziq-ovqat bilan ta`minlash qulay bo`lgan to`g`ri yo`llar bilan bog`ladi. Podsho Arxelay otliq qismlarni takomillashtirdi va uni zarbdor kuchga aylantirdi. Dengizga va dengizbo`yi shaharlariga yaqin Pella shahrini poytaxtga aylantirdi.

Arxelay Afina bilan yaqinlashib, uning yordamida Xalkida va Fessaliyadagi bir necha yunon shaharlarini bosib oldi. Makedoniya urug` zodagonlarining bir qismi podsho hokimiyatining mustahkamlanishi, boshqaruvning markazlashuvi hamda yunon shaharlari bilan yaqinlashuvidan norozi bo`lib, fitna uyushtirdilar. Natijada Arxelay o`ldirildi. Makedoniya bir necha o`n yil ichki ziddiyatlar ichida qoldi. Makedon podsholari hududiy separatizmga barham berib, podsho hokimiyatini mustahkamlash siyosatini olib bordilar. Podsho Aminta II vafotidan so`ng taxt uchun kurashga qo`shni Fiva shahri aralshdi, Fiva makedon taxtiga Aminta II ning katta o`g`li Perdikka IIIni o`tqazdi. Amintaning kichik o`g`li Filippni garov sifatida Fivaga olib ketdi. Tez orada Perdikka illiriyaliklarga qarshi urushda o`ldirildi, taxtga Filipp II (er.avv 360-336yillar) chiqdi. Filipp II makedon urug`-qabilalari o`rtasidagi nizolarga qat`iy chek qo`ydi. U o`z hokimiyatini butun mamlakat miqyosida tan olinishiga erishdi. U harbiy islohot o`tkazib, makedon falangasini tuzdi. Og`ir qurollangan piyoda (goplitlar) 16-29 qator saflanadigan jangchilar bo`lib, 5 metrgacha uzunlikdagi sarissa (nayza) bilan qurollangan. Orqa safdagilar sarissalarini oldingi qatordagilar yelkasiga qo`yar edilar. Og`ir qurollangan jangchilar katta qalqonlar bilan himoyalanib, sarissalarni tikandek chiqarib, dahshatli kuchni tashkil qilar edilar. Makedon zodagonlaridan tuzilgan og`ir qurolli suvoriy getayrlar (“podshoning o`rtoqlari”) qo`shinda muhim o`rin tutgan. Qo`shin tarkibida turli qamal qurollari bilan ta`minlangan injener qismlarmavjud edi.

Er. avv. IV asr o`rtalarida Makedoniya Bolqon shimolidagi eng kuchli davlatga aylandi. Er. avv. IV asr o`rtalarida Makedoniya kuchli qo`shin bilan Epir va Frakiyani egalladi. Shu vaqtdan boshlab Makedoniya yunon davlatlarining ishlariga faol aralasha boshladi. U o`z maqsadini amalga oshirish uchun har qanday vositadan foydalandi. O`z va`dasidan qaytish, xiyonat, pora berib sotib olish, makkorlik Filipp IIga xos xususiyat edi. U qator yunon shaharlarining obro`li fuqarolarini pora berib, Makedoniyaga moyil qildi. “Oltin ortilgan eshak eng baland devordan ham o`tadi” degan ibora Filipp II ga tegishli edi. Filipp II er. avv. 355-yilda Makedoniya Fiva va Fokida o`rtasidagi urushga aralashib, Fokidani tor-mor qildi. Natijada Makedoniya butun Shimoliy Yunonistonga egalik qildi. Tez orada Fessaliya, Xaldika yarim orolining bir qismi, Frakiyaning janubiy qirg`og`i, Bosforgacha Makedoniyaga qaram bo`ldi. Makedoniya endi dengiz davlatiga aylandi. Yunonlarni Qora dengizga chiqish yo`li Makedoniya qo`liga o`tdi.

Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi tura olishi mumkin edi. Lekin Afinada makedon va antimakedon partiyasi mavjud edi. Makedon partiyasi (yetakchisi Isokrat) yunonlar Filipp II boshchiligida Eronga qarshi yurish qilib, katta o`lja olishi mumkin, yunonlar ichidagi o`zaro kelishmovchiliklarga chek qo`yiladi deb hisoblar edilar. Demosfen boshchigida antimakedon partiyasi Makedoniya bilan ittifoq yunon davlatlarini erkinligini yo`qotishga, qaramlikka, demokratiyani yo`qotishga olib keladi deb hisobladilar. Demosfen Afina, Fiva, Korinf va boshqa yunon shaharlari birlashgan kuchli antimakedon guruhini tuzdi.

Er. avv. 337-yil avgust oyida yunon shaharlari va Filipp II qo`shinlari o`rtasida Beotiya (Xeroneya)da hal qiluvchi jang bo`ldi. Makedon qo`shinlari yunonlarni tor-mor qildi. Shundan so`ng, er. avv. 337-yilda Filipp II Korinf shahrida umumyunon kongressini chaqirdi. Kongressda muhim qarorlar qabul qilindi. Yunon shaharlarining ittifoqi tuzildi. O`zaro urushlar ta`qiqlandi. Yunon davlatlari makedon podshosi bilan abadiy mudofaa va hujum ittifoqi tuzdi. Eron bilan urush boshlashga qaror qilindi. Faqat Sparta bu kongressga qatnashmadi.




Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish