3.5. Sovutgich va muzlatgichlarning utilizatsisi
Maishiy sovutgich va muzlatgichlarni utilizatsiya qiluvchi quyida zavodlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
USG zavodi Avstriyaning Talilkali shahrida joylashgan bo‘lib, sovutgich, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizor va boshqa elektr jihozlarni utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi, shuningdek konditsioner tizimidan xladogenlarni ajratib oladi.
Zavodning loyiha quvvati yiliga 320 ming dona sovutgichlarni qayta ishlaydi va shuncha miqdorda Avstriya aholisini ta'minlaydi. Avstriyada sovutgichlarni qayta ishlovchi 2 ta zavod bo‘lib, u nafaqat Avstriyadagi, balki Yevropa Ittifoqidagi (Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Gretsiya) va boshqa davlatlardan ham sovutgichlarni qayta ishlash uchun qabul qiladi.
Sovutgich jihozlarini sanoatlashgan utilizatsiyasi tashkilotlarining ishlashini dunyoning boshqa joylarida ham ko‘rish mumkin. Masalan: uncha boy bo‘lmagan Lotin Amerikasi davlati hisoblangan Kubada ayni vaqtda 2 mln. dona eski sovutgichlarni yangisiga almashtirish davlat dasturi amalga oshirilmoqda.
Sovutgich va muzlatgichlarni kompleks qayta ishlash natijasida ularni bir necha qismga bo‘lish mumkin:
Siqilgan gaz;
Poliuretanli ushoq;
Po‘lat;
Aralash lom (Al, Cu, plastik); Kompressorlar.
Hosil bo‘lgan jihozlar, ajratilgan gazlardan tashqari, sotiladi. Poliuretan ushoqlarini texnogen avariyalarni tugatish bilan shug‘ullanadigan xizmat ko‘rsatish tashkilotlari sotib oladi. Neft mahsulotlarini qo‘shishda faol adsorbent hisoblanadi. Yo‘l qoplamalari tarkibiga qo‘yish uchun esa yo‘lsozlik sanoati ham sotib oladi. USG firmasining Germaniya bilan hamkorlikdagi zavodida plastik, Al, Cu, po‘lat granulalari lomni parchalash yo‘li bilan olinadi.
Ajratib olingan siqilgan gazlar ekologik xavfsiz yoqishga yuboriladi.
Kompressorlar Tinch okeani hududidagi ayrim deltalarga qo‘lda yig‘ish maqsadida bir tonnasi 950 yevro narxida sotiladi.
Sovutgichlarni qayta ishlash jarayoni elektrli va elektrjihozlarda xavfli moddalarni ishlatilishini cheklash Reglamenti (ECN 2002 /95/ EC) va berilgan jihozni yig‘ish, utilizatsiya qilishni rag‘batlantirish Reglamenti (2002 /96/ EC) bo‘yicha nazorat qilinadi. 2012 yil yozda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida nashr qilingach elektrli va elekron jihozlarning chiqindilari haqida yangi Reglament amalga kirdi.
Ozonli ifloslantiruvchi moddalar operatsiyasi ozon qatlamini yemiruvchi moddalar to‘g‘risidagi №1005/2009 (EC) Reglamenti asosida boradi.
Reglamentdan tashqari EN 50574: 2012 yevropa standarti mavjud. U ishlov berish, saqlash, saralash va maishiy texnikani qayta ishlashga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Ko‘rsatilgan komponentlarni utilizatsiya qilish jarayoniga talablarni standart qayd etadi, shuningdek monitoring talablarini ham qayd etadi.
Aynan shunday harakatlar ketma-ketligi yutuq olishdir, deb hisoblaydi. USG firma vakili, qachonki ish jarayoni avvalida qonunchilik, so‘ngra ishlab chiqarish tashkillashtirilsa, aksi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |