Chiqindilarni atrof muhitga salbiy ta'siri Reja: Kirish


Sanoat korxonalari tomonidan atrof muhitni ifloslanishi



Download 161,35 Kb.
bet4/6
Sana06.07.2022
Hajmi161,35 Kb.
#752036
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Chiqindilarni atrof muhitga salbiy ta\'siri15

2. Sanoat korxonalari tomonidan atrof muhitni ifloslanishi


Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar.
Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi.
Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb ataymiz.
Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar.
Pestisidlar ishlatilishiga qarab bir necha guruhga bo'linadi:
1. insektisidlar (insectum-hashorat, cido-o'ldirmoq) – o'simlik zararkunandalariga qarshi kurash preparatlar (akarasidlar-kanalarga qarshi; lavrisidlar-dumaloq chuvalchanglarga qarshi; nematosidlar-shilliq qurtlar va buzoqboshilar; zoosidlar-hayvonlar);
2. fungisidlar va bakterisidlar - zamburug' va bakteriyalarga qarshi kurash preparatlari;
3. gerbisidlar – begona o'tlarga qarshi kurash vositasi;
4. defolianlar – barglarni so'n'iy to'kish vositasi;
5. desikantlar – o'simliklarni qovjiratib ildizini quritadigan preparatlar;
6. arborisidlar – xalaqit beradigan dov-daraxtlarni quritadigan kimyoviy moddalar;
7. algisidlar – suv o'tlarini yo'qotish uchun kimyoviy moddalar;
8. repilentlar – xashoratlarni haydovchi kimyoviy vosita;
9. atraktantlar – xashoratlarni chaqiruvchi kimyoviy vositalarga ajratamiz.
1874 yilda birinchi bulib pestisidlar kashf etilishi bilan inson zararkunanda hashoratlar bilan kurasha boshlagan.
Shu kungacha DDT (dixlordifeniltrixloretan)ni uzidan 2-5 mln tonnagacha ishlatilgan er yuzida. Uni parchalanish davri 3-25 yilgachiligi etiborga olsak, bundan ko'rinib turibdiki hanuzgacha uning atrof-muhitga ta'siri kamaygani yo'q. 1970 yilda DDT ishlab chiqish to'xtatildi va undan foydalanish bekor qilindi. DDT nafaqat hashoratlarga balkim baliq, qushlar, hayvonlar va insonlarga salbiy ta'sir ko'rsatgan.
Neftni qayta ishlashda atrof muhitga juda ko'p miqdorda 20 dan ortiq elementlardan tashkil topgan 805 birikma hosil bo'ladi.
Ularga misol qilib: metil simob, alkanlar, sikloalkanlar, fosfor, vanadiy, marganes, xrom, kobalt, bor biikmalarinimisol qilib keltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tamonidan atmosferaga 2000ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2.5 mln tonna , suv havzalariga 1500ga yaqin ingradientlardan 170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50ga yaqin kimyoviy moddalar va 150ga yaqin petisidlardan sanoat, maishiy chiqindi va kimyoviy moddalar miqdori 289 mln tonnaga etgan.
Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'siri. XXI arga kelib inson tabiatga nsbatan tajavuskorlik bilian munosobatda bo'lmoqda, buning natijasida eng avvalo tabiatga juda katta zarar etkazilmoqda bu esa tabiiy muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatib global ekologik muammolarni kelib chiqishiga olib kelmoqda, shu bilan birga inson salomatlagiga zarar etkazmoqda.
Har yili sayyoramiz bo'yicha 2.9 mlrd tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi, 130 mlrd tonna ruda qazib olinadi bu degani har bir tonna mahsulot ishlab chiqishimiz uchun 25-60 tonnagacha tabiatga chiqindilar tashlamiz.
Agar quruqlikni 9-12%ni qishloq xo’jaligi erlari, 22-25%ni yaylovlar, 2-3%ni yul,o'y-joy, korxonalar va 1%ni kon-qazilma boyliklari maydoniga tug'ri kelishini etiborga olsak, unda har bir kvadrat kilometrga 17-24 tonna chiqinli tug'ri keladi.
Hozirgi kunga qelib har yili 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga tashlanmoqda.
Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'sirini kamaytirish chora tadbirlari. Tabiat insonlarning moddiy va ma'naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog'langan yaxlit borliqning ikki bo'lagini tashkil etadi.
Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchunzarur bo'lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi.
O’zbekiston ham ko’plab rivojlangan mamlakatlar qatoriga yangi ming yillikga qator ijtimoiy-iqtisodiy demografik va ekologik xarakterga ega bo’lgan dunyo miqyosidagi muammolar bilan kirib keldi. Tabiiy resurslardan jadal foydalanish, moddalarning tabiiy aylanish tarkibiga kirmaydigan ishlab chiqarishning foydalanishning mumkin bo’lmagan mahsulotlarning atrof-muhitga tashlash, ekologik jihatdan xavfli bo’lgan biotexnologiyalardan foydalanish energiya manbalaridan va boshqalar inson faoliyati bilan o’rab turuvchi muhitning holati orasidagi muvozanatning buzilishiga olib keldi. Ko’pchilik holatlarda buzilgan muhitda tirik organizmlarning yashash faoliyati bilan ularning adaptasion mexanizmlari imkoniyatlarining mos kelmasligi kuzatilmoqda. Yuqori texnogenli yuklamalar natijasida ta’minlab beruvchi tashqi muhit tajovuzining ortishi tirik organizmlar genofondining sifatiga albatta o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi, qaysiki tabiiy evolyusion moslashishning tezligi atrof muhitning o’zgarish jadalligiga mos kelmaydi va bu esa o’z navbatida tabiatda «Ekologik keskinlik» sindromini chaqiradi .
3. Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi.
Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi.
Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xo’jaligining tiklanishi xalq xo’jaligining o'sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar.
Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi.
Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi.
Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar.
4. Qattiq chiqindilar manbai, turlarini atrof muhitga ta’siri
Kimyo sanoati korxonalaridagi qattiq chiqindilar fizikaviy va kimyoviy xossalari va atrof-muhitga ta`siri yuzasidan nihoyatda xilma-xildir. Bu chiqindilar faol moddalardan tarkib toptan bo`lib, tuproqda, er osti va er usti suvlarida, hamda atmosfera havosiga qo`shilib ularni ifloslantiradi va ko`ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
Kimyo sanoatida qattiq chiqindilarining quyidagi 3 manbalari ma`lum:
1. Xom ashyolarning qoldiklari, yarim mahsulotlar, material va buyumlar, xom ashyolarga fizikaviy va kimyoviy ishlov berish paytida paydo bo`ladigan mahsulotlar, shuningdek qazib olish va foydali qazilmalarni boyitish paytida paydo bo`ladigan chiqindilar.
2. Tabiiy va oqava suvlar tarkibida va iflos gazlarni tozalashda ushlab qolinadigan moddalar.
3. Uy-ro`zg`or chiqindilari
Birinchi guruxdagi chiqindilar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo`ladi. Material yoki mahsulot fizikaviy va kimyoviy xossalarni to`la yoki qisman yo`qotgan bo`ladi. Ma`danlarga ishlov berish jarayonida (masalan, apatito-nefelin ma`danlari, kaliyli, sulfatli, fosfatli va boshqa ma`danlarga ishlov berishda) hammasi bo`lib 30-40% mahsulot olinadi, xolos. Materialning qolgan qismi chuqurliklar, xandaklar va kukun yig`gichlarda toshqol va kuyqum shaklida qolib ketadi.

Ikkinchi guruhdagi chiqindilar asosan gazlarni mexanik usulda tozalash paytida chang ushlagich qurilmalarida paydo bo`ladi. Bu chiqindilarning miqdori nisbatan kamroq bo`lib, ular ishlab chiqarish jarayoniga qaytariladi. Filtrlarda yopishib qolgan changlar filtrga profilaktik xizmat ko`rsatish paytida filtrlovchi material bilan birga chiqarib tashlanadi.
Ma`lumki, oqava suvlarni mexanik usulda tozalash paytida cho`kma va loyqalar paydo bo`ladi. Ular mineral va organik moddalarning suvli suspenziyalaridan tashkil topgan bo`ladi. Cho`kmalarning oqava suvlaridagi kontsentratsiyalari 20-100 g/l gacha bo`lishi mumkin, ularning hajmi esa, sanoat va uy-ro`zg`or oqava suvlarni birgalikda tozalash stantsiyalarida 0,5 % dan 5 % gacha, mahalliy tozalash inshootlarda esa 10 % dan 30 % gacha bo`ladi. Cho`kmalarning tarkibi hamda fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo`lishi mumkin. Shuning uchun ularni uch guruhga bo`lish mumkin:
1. Mineral cho`kmalar.
2. Organik cho`kmalar.
3. Ortiqcha faol loyqalar.
Ma`lumki, aeratsiya stantsiyalarida oqava suvlarni biologik usulda tozalash paytida panjaralardan va birinchi tindirgichdan nam (xom) cho`kmalar olinadi, ikkinchi tindirgichdan esa faol loyqa olinadi. Bu cho`kmalar tarkibi va fizikaviy hamda kimyoviy xossalari jihatidan biri ikkinchisidan farq qiladi. Nam (xom) cho`kma – bu 6-7 xil moddalardan tarkib topgan suvli suspenziya bo`lib, 75% ni organik moddalar tashkil etadi. Faol loyqa esa 99% namlikdan va 1m3 suvda 160 g biomassadan iboratdir.
Oqava suvlarni tozalash paytida hosil bo`lgan cho`kmalarni zararsizlantirish maqsadida ularni maxsus o`choqlarda kuydirib kukunga aylantiriladi. Ko`pgina holatlarda ushbu chiqindilardan organomineral o`g`itlar olinadi va qishloq xo`jaligida ishlatiladi.
Uchinchi guruhdagi chiqindilarga ishlatish muhlatini o`tab bo`lgan, eskirgan, qo`llashga yaroqsiz holatga kelib qolgan plastmassalar, rezinalar va ulardan tayyorlangan plyonkalar, tolalar, o`y-ro`zg`or buyumlari, metallar va ularning qotishmalari va boshqa shunga o`xshash materiallar kiradi. Ularni qayta ishlab turli xil mahsulotlar olish mumkin.
Ushbu muammoning ekologik va iqtisodiy tomonlarini inobatga olib, unga batafsilroq to`xtalib o`tamiz.

Shuni xam alohida ta`kidlash joizki, oxirgi 5-10 yil ichida ilmiy jurnallarda axlatlarning yangi bir turi-kosmik axlatlar haqida fikrlar aytilmoqda. Darhaqiqat, fazoga chiqgan astronavtlar u yoki bu materialni behosdan qo`ldan tushirib yuborishlari mumkin. Bu materiallar (ombir, qo`lqop, o`tkazgichlar, bolt, gayka, shurub va b.) katta tezlik bilan uchayotgan kosmik stantsiyaga urilib, kosmik kemani halokatga uchratilishi mumkin. Shuning uchun yaqinda Xalqaro kosmik stantsiyasi o`z orbitasidan boshqa orbitaga ko`chirildi. Jaxon miqyosida bunday falokatlar 4 marotaba kuzatilgan. Bundan tashqari, oxirgi yillarda nafaqat fazo, balki okeanlar ham “Xalqaro axlatxona” ga aylantirildi. Masalan, yaqinda og`irligi 150 tonna bo`lgan “Mir” kosmik stantsiyasi ishlash muhlatini o`tab bo`lgandan keyin Tinch okeanida cho`ktirildi. Ma`lumotlarga qaraganda, er orbitasidagi barcha chiqindilarning 95% ni ishdan chiqqan sun`iy yo`ldoshlar, astronavtlarning qo`lqoplari va shunga o`xshagan axlatlar tashkil etmoqda. “Kosmik axlatlar” ning 75% Rossiya ulushiga to`g`ri keladi. Bunday axlatlar nafaqat er axolisi uchun, balki fazoda ishlayotgan barcha kosmik kemalar, sun`iy yo`ldoshlar hamda shatllar uchun ham katta xavf tug`diradi.
Taniqli olim va fantast - yozuvchi Artur Klark so`zlari bilan ayttanda “qattiq chiqindilar - bu shunday xom-ashyoki, biz nuqul nodonligimiz tufayli ishlatmaymiz!”.
Sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar va axlatlarning zararsizlantirish eng katta ekologik muammo bo`lib qolmoqda. Ularni zararsizlantirishning yagona, ammo uncha samarali bo`lmagan usullaridan biri - ularni ko`mib tashlash hisoblanadi. Bu usul nihoyatda eski va keng tarqalgan bo`lib, dunyo mamlakatlari aynan mana shu usuldan foydalanib kelmoqdalar. Masalan, Buyuk Britaniyada 90% , AQSh da 84%, Yaponiya da esa 57% axlatlar axlatxonalarda samarasiz chirib yotadi. Umuman olganda jahon miqyosida chiqindilarning o`rtacha 74% axlatxonalarda chiriydi.
Keyingi yillarda zararli chiqindilardan xalq xo`jaligida foydalanish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Buning uchun gigienik qoidalarga amal qilinadi, chiqindilardan aholi sog`ligiga va atrof-muhitga zarar etmagan holda foydalaniladi.
Sanoat chiqindilari mineral va organik o`g`itlar, qurilish materiallari va ba`zi bir mahsulotlarni tayyorlashda xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, kimyo va neft sanoati korxonalaridan chiqadigan kuyqum (shlam) lar qoldiq qatlamlarining 1 mln tonnasi qayta ishlansa, undan 4300 tonna kobalt olish mumkin. Metallurgiya kombinatlari toshqol (shlak) laridan va issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan korxonalarning chiqindi kullaridan mineral o`g`itlar, tsement va nihoyatda o`tga chidamli mineral tolalar olish mumkin. Ularning beton quyish uchun to`ldirgich sifatida ishlatish mumkin, ulardan kislotalar ta`sirida chidamli izolyatsiya materiallari tayyorlash mumkin.
Sanoat chiqindi suvlarini ma`lum me`yorlarda qishloq xo`jaligi ekinlarini sug`orish maqsadlarida ishlatsa bo`ladi. Ammo sanoat miqyosida shunday chiqindilar ham bo`ladiki, ulardan foydalanishning iloji yo`q. Ularni yoqish yoki qizdirish usullari bilan zararsizlantiriladi va mo`ljallangan proligonlarda ko`miladi. Masalan, yiliga 65 ming tonna axlatlarni qayta ishlab, azotli organik o`g`itlarni qishloq xo`jaligi ehtiyoji uchun ishlab chiqaradigan zavod Sankt-Peterburg shahrida qurilgan. Axlatlar tarkibidan temir, plastmassa, toshlar, shishalar va boshqa qattiq materiallar ajratib olingandan keyin, ular uzunligi 60 m va diametri 4 m bo`lgan aylanuvchi barabanga solinadi. Ushbu biobarabanda axlatlar aralashtiriladi, 1-3 kundan keyin ma`lum darajada namlik beriladi va biokimyoviy jarayonlar natijasida harorat 50-60°S gacha etadi. Ushbu harorat ta`sirida mikroorganizmlar faoliyati tufayli axlatlar kompostga aylanadi.

Hozirgi paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda sutkasiga 600-700 tonna axlatlarni yondiruvchi zavodlar qurilmoqda. Bunday zavodlarni aholi turar joylaridan 300-500 m uzoqroq masofalarga ko`rish mumkin, chunki ularning o`chog`ida chiqindilar 1000-1300° S atrofida yonadi va axlatlar bunday yuqori haroratda yonganda tutun chiqmaydi, kuli esa chang ushlagich qurilmalari yordamida ushlab qolinadi. Hosil bo`lgan issiqlikdan hammomlarda, korxonalarda va elektr energiyasi olish uchun ishlatiladi.


Agar chiqindilar o`ta zaharli (simob, margimush, sariq fosfor, tsinil kislotasi) va suvga eruvchan bo`lsa, unda ular erda kovlangan o`ralarda devori 10 mm qalinlikda tayyorlangan konteynerlar bilan birga ko`miladi. Uraning tagi, usti va ikkala yon tomonlari betonlashtirilgan bo`ladi.
O`ralar 2-2,5 m qalinlikda loy bilan to`ldiriladi, keyin o`simliklarni o`stirish uchun tuproq tortiladi.
Agar chiqindilar yonuvchan bo`lsa va ularni qayta ishlash qiyin bo`lgan holatlarda chiqindi suvdan ajratib olinadi, yondirish o`choqlariga yuboriladi va forsunkalar yordamida havo berib yondiriladi. Chiqindilarni yondirish o`chog`larida harorat 1300°S ga etadi va bunday issiqlik energiyasidan foydalanish mumkin.
Bunday poligon Toshkent viloyatining Gazalkent shaxri yaqinida ham qurilgan.
Organik suyuq chiqindilar (emulsiyalar, ishlatilgan lok va bo`yoq qoldiklari, fenol suvlari, epoksid katronlari, qora moylar, plastmassa va rezina qoldiqlari va hokazolar) 15 metrli chuqur o`ralarga ko`miladi.

Download 161,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish