8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi;
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini chiqindilarning zararli ta’siridan muhofaza etish chora-tadbirlarini belgilaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari xususida davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasi xulosasini beradi;
chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga (mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiyena sertifikati beradi;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘ligi uchun xavflilik darajasini belgilashda uslubiy ta’minotni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
9-modda. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi:
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish holati monitoringini amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2625).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari (10-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi:
(10-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarish chiqindilarini hisobga olish, saqlash va utilizatsiya qilish ustidan davlat nazorati va tekshiruvini;
radioaktiv chiqindilarni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash paytida radiatsiyaviy xavfsizlik ustidan davlat nazoratini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-294-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 365-modda)