Chiqindilar to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Download 86,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana09.07.2021
Hajmi86,02 Kb.
#113952
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
362-II-сон 05.04.2002. Chiqindilar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari

Ushbu  Qonunning  maqsadi  chiqindi  bilan  bog‘liq  ishlarni  amalga  oshirish  sohasidagi

munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-

muhitga  zararli  ta’sirining  oldini  olish,  chiqindilar  hosil  bo‘lishini  kamaytirish  va  ulardan

xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta’minlashdan iborat.



2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:



Oldingi tahrirga qarang.

chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga

oshirish  sohasida  hisobga  olish  va  nazorat  qilish,  chiqindilarni  ko‘mib  tashlash  va  utilizatsiya

qilish  joylarining  davlat  kadastrini  yuritish,  chiqindilarning  hosil  bo‘lishi,  ularni  to‘plash,

joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish

bilan bog‘liq faoliyat;



(2-moddaning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  10-oktabrdagi  O‘RQ-495-

sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son —

2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

chiqindilarni 

zararsizlantirish 

— 

chiqindilarni 



neytral 

holga 


keltirish,

dezaktivatsiyalash,  dezinfeksiyalash,  demerkurizatsiyalash,  chiritish,  yoqib  yuborish,  termik

jihatdan qayta ishlash va ko‘mib tashlash bilan bog‘liq faoliyat;

(2-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  10-oktabrdagi  O‘RQ-495-sonli  Qonuniga  asosan

uchinchi  xatboshi  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  11.10.2018-y.,

03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

chiqindi  bilan  bog‘liq  ishlarni  amalga  oshirish  obyektlari  —  chiqindilarni  to‘plash,

joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish

uchun foydalaniladigan obyektlar;



(2-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-

sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son —

2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)

chiqindi  pasporti  —  chiqindi  kelib  chiqqan  joyni  hamda  chiqindining  individual

xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;

chiqindilar  —  ishlab  chiqarish  yoki  iste’mol  qilish  jarayonida  xomashyo,  materiallar,

xomaki  mahsulotlar,  boshqa  buyumlar  yoki  mahsulotlarning  hosil  bo‘lgan  qoldiqlari,

shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);

chiqindilarni  joylashtirish  limiti  —  muayyan  muddatga  joylashtirish  ruxsat  etilgan

chiqindilarning eng yuqori miqdori;



Oldingi tahrirga qarang.

chiqindilarni  joylashtirish  obyekti  —  chiqindilarni  saqlash  hamda  zararsizlantirish

uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;

(2-moddaning  sakkizinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  10-oktabrdagi  O‘RQ-

495-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  11.10.2018-y.,  03/18/495/2029-

son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)

chiqindilarni  ko‘mib  tashlash  —  chiqindilarni,  ifloslantiruvchi  moddalar  atrof-muhitni

bulg‘atishining  oldini  olishga  qaratilgan  hamda  bu  chiqindilardan  kelgusida  foydalanish

imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qo‘yish;



Oldingi tahrirga qarang.


chiqindilarni  saqlash  —  chiqindilar  zararsizlantirish,  qayta  ishlash  yoki  utilizatsiya

qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;



(2-moddaning  o‘ninchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  10-oktabrdagi  O‘RQ-495-

sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son —

2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)

chiqindilarni  utilizatsiya  qilish  —  chiqindilar  tarkibidan  qimmatli  moddalarni  ajratib

olish  yoki  chiqindilarni  ikkilamchi  xomashyo,  yoqilg‘i,  o‘g‘it  sifatida  va  boshqa  maqsadlarda

ishlatish;

chiqindilarni  qayta  ishlash  —  chiqindilarni  ekologik  jihatdan  bexatar  saqlash,  tashish

yoki  utilizatsiya  qilish  maqsadida  ularning  fizik,  kimyoviy  yoki  biologik  xususiyatlarini

o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;

chiqindilarning hosil bo‘lish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki

boshlang‘ich  xomashyo  birligidan  hosil  bo‘ladigan  muayyan  turdagi  chiqindilarning

belgilangan miqdori;

xavfli  chiqindilar  —  tarkibida  xavfli  (zaharlilik,  yuqumlilik,  portlovchanlik,  tez

alangalanib  yong‘in  chiqaruvchanlik,  reaksiyaga  tez  kirishuvchanlik,  radioaktivlik)

xususiyatlardan  loaqal  bittasiga  ega  moddalar  mavjud  bo‘lgan,  bunday  moddalar  fuqarolar

sog‘lig‘i  va  hayotiga,  atrof-muhitga  o‘zi  mustaqil  tarzda  ham,  shuningdek  boshqa  moddalarga

qo‘shilganda  ham  bevosita  yoki  potensial  xavf  tug‘diradigan  miqdorda  va  shaklda  mavjud

bo‘lgan chiqindilar.




Download 86,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish