23-modda. Chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari
Chiqindilarni maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarga joylashtirganlik uchun
kompensatsiya to‘lovlari undiriladi.
Kompensatsiya to‘lovlari miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish
limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhit uchun
xavflilik darajasiga qarab belgilanadi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda —
Oliy Majlis Axborotnomasi 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |