22.PAHTA VA BUG‘DOY HOSILINI YIG‘IB-TERIB OLISH VA
HISOBLASH USULLARI
Pahta hosilini yig„ib terib olish va hisoblash usullari
Hosilni yig„ish va hisoblash har qanday dala va dala-laborotoriya
tajribasining yakunlovchi pog„onasidir. Nihoyatda mas‟ulyatli hisoblangan bu
davrda tajriba ijrochisining e‟tibori dalani hosil yig„im-terimiga o„z vaqtida va
puhta tayyorlashga qaratilishi lozim.
Terim qo„lda, mashinada, shuningdek, ham qo„lda ham mashinada
o„tkaziladi. Unutmaslik kerakki, bu tadbir har yili bir hil usulda amalga oshirilgani
ma‟qul.
Yig„im-terimga aloqador barcha tayyorgarlik ishlari mavsum boshlanishidan
bir necha kun avval tugatilishi, hisobli o„simliklar pahtasi bir-ikki kun oldin terib
olinishi zarur.
Tajriba dalasini pahta terimiga tayyorlash variantlar o„lchamini tekshirish
va yo„qolgan qoziqlarni tiklashdan boshlanadi. So„ngra hisobli va himoya
egatlarini ajratishga kirishiladi.
121
Buning uchun tajriba dalasining yuqori qismidn 2-5m tashlab ikki chekka va
o„rtasiga nishon belgisi qo„yiladi-da, to„g„ri chiziq hosil qilinadi, keyin qanop
tortiladi.
Hosil bo„lgan chiziq bo„ylab o„simliklarning tepa tomondagilarini biroz
yotqizib yo„lakcha hosil qilinadi. Huddi shunday yo„lakcha tajriba dalasining
pastki qismida ham ochiladi. Agar variantlar 2 va undan ko„p yarusda joylashgan
bo„lsa, ish ularning har birida bajariladi.
Keyin har bir variantdagi hisobli va himoya egatlari ajratilib, hisobli
egatlarning birinchi qatoridagi birnchi qatoridagi birinchi o„simlikka va ohirgi
qatordagi ohirgi o„simlikka yorliq (etiketka) osiladi.huddi shunday yorliqlar
variantning pastki qismidagi o„simliklarga ham osiladi Pahta hosili maydonchalar
bo„yicha terilishi uslubiy jihatdan noto„g„ri, butun variant bo„yicha terib olinishi
kerak. (22.1. va 22.2chizmalar).
Hosilni qo‘lda terish. Umumiy terimdan avval hisobli o„simliklardan pahta
terilib, bitta ko„sakdagi vazni aniqlanadi. Bunda terilgan pahta haltachaga
o„simlikdagi yorliq bilan qo„shib solinadi yoki yorliqdagi ma‟lumotlar haltacha
ustiga yoziladi. Unda tajribaning nomi, variantning tartib raqami, takrorlanish
ko„saklar soni, terim sanasi, pahta vazni, tajriba ijrochisi yoki laborant familiyasi
ko„rsatilishi lozim. Har bir variantda 50, 100 ta ko„sakdagi pahta terilib, vazni
aniqlanishi kerak.
Hisobli o„simliklarda pahta terib olingach, variant bo„yicha terimga
kirishiladi. Har variantga bitta yoki ikkita terimchi qo„yilib, ularga himoya
qatorlari qaysi ekanligi ko„rsatiladi. Terimchilarning familiyalari va varianti hisob
jurnaliga yozib qo„yiladi.
Terilgan pahta yahshi sozlangan tarozida tortib olinadi va vazni oldindan
tayyorlangan daftarga (9-shakl) yozib boriladi. Bu daftar betlari sahifalanib, tajriba
rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Terimchilarni terimga boshqacha usulda ham qo„yish mumkin. Buning
uchun terimchilardan har biriga familiyasi, variant raqami takrorlanishi yozilgan
qog„oz beriladi terimchi bu qog„zni tarozibonga topshiradi.
22.1-chizm. Pahta terimiga tayyorlangan tajriba dalasining ko‘rinishi: a, v, v, g-
himoya egatlari; 1,2, 3, 4-hisobli egatlar.
122
22.2-chizma. Pahta terimiga tayyorlangan tajriba dalasining ko‘rinishi: a, v, g, -
Do'stlaringiz bilan baham: |