Chiqarish markazi


 G‘ALLA-DON EKINLARIDA DALA TAJRIBALARINI O‘TKAZISH



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

24. G‘ALLA-DON EKINLARIDA DALA TAJRIBALARINI O‘TKAZISH 
USLUBLARI 
G„alla-don ekinlari mamlakatimizning hamma hududlarida (sug„oriladigan, 
lalmi) ekiladi. Shu tufayli, bu ekinlar ustida dala, ishlab chikarish tajribalari 
ko„yish, tuproq, o„simlik namunalari olish tartiblari, ziroatlarni parvarishlash 
agrotadbirlari tizimi-(ekish muddatlari, urug sarfi, ko„chat kalinligi, suv-oziqa 
(NPK) me‟yorlari, sug„orish tartibi suv qaysi muddatda berilishi, o„simlikning 
o„sishi, rivojlanishi fenologik kuzatuv, fazalarining o„tish jadalligi, unib chikishi, 
tuplashi, naychalash, boshoqlash, gullash, sut pishish, mum pishish, to„lik pishishi) 
bo„yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
G„alla-don ekinlari bo„yicha qo„yiladigan dala tajribalari 8-10 qatorli bo„lib, 
shundan hisobiy qatorlar o„rtadagi 4 qatordir. G„alla o„radigan «Keys» «Klas» va 
boshqa kombayinlar bir marotaba o„tishda o„riladigan qatorlar hisobiy qatorlar soni 
bilan teng bo„lishi kerak. G„alla-don ekinlari (kichik bo„lakchalar) dagi dala 
tajribalarida o„rim va boshqa kuzatuvlar har bir bo„lakchadagi doimiy qoziklar 
qoqilgan (hisobiy qatorlarda; to„rt joydan) qismdan dala uzunligi bo„yicha teng 
o„lchamlar va mutanosiblikda himoya bo„laklari qoldirilgan holda o„tkazilishi 
lozim. Ko„p omilli bunday dala tajribalarida (ko„chat qalinligi, oziqlantirish 
me‟yorlari va sugorish tartibi) variantlar soni dala kengligi, uzunligi nisbatga 
olingan holda 12, 16,18 variantdan oshmasligi, uch-to„rt qaytarikda, bir va undan 
ko„p yaruslarda joylashtirilishi, har bir variant (bo„lakcha)ning hisobiy maydoni 
50-100 kv.m.dan kam bo„lmasligi lozim. Ishlab chiqarish sharoitidagi tajribalar 
variantlari kattaligi 1200 kv.metrdan 1 gektargacha bo„lishi, umumiy maydoni esa 
8-10 gektardan oshmasligi, variantlar kengligi tarktorlarga tirkalgan ekish 
seyalkalarning bir yoki ikki iz yurishidan kam bo„lmasligi zarur. 
Mamlakatimizda dala tajribalari uchun asosiy tuproq turlari, ularning 
mehanik, mikroagregat tarkibi, ya‟ni yengil-qumloq-tusli, o„rtacha, og„ir-soz-
loysimon hamda yer osti suvlari sathi (3,0 m.dan chuqur, 2-3 m, 0,5-2,0 m.gacha) 
joylashuviga qarab, tanlanish (dala eni, dala uzunligi) tajriba, ish basturida ko„zda 
tutilgan variantlar, qaytariqlarning yaruslar bo„yicha joylashuviga, uslubiy 
qo„llanmalar to„liq rioya qilingan holda o„tkazilishi talab etiladi. 
Bunda: 
1.
Tanlangan hududda eng ko„p tarqalgan tuproq turlari mavzuga asos 
qilib olinishi hamda yer osti suvlari sathi joylashuvi, albatta, e‟tiborda tutilishi, 
qolgan tuproq turlari keyingi ilmiy izlanishlarga mavzu bo„lishi ko„zda tutilishi 
lozim: 
2. Tajriba o„tkaziladigan dala tanlangandan so„ng uning ikki joyidan 
(qaytariqlar bo„yicha) yer osti suvlari sathigacha (2-3 m, 0,5-2,0 m), bunday suvlar 
3 m.dan chuqur bo„lsa 2-3 metrgacha yoki yer osti suvi sathi joylashgan qismgacha 
kovlanib (1x2 m. kenlikda), tuproq genetik qatlamlar bo„yicha yozma ta‟riflanadi. 
3. Genetik qatlamlar (gorizontallari) bo„yicha tuproq namunalari (yer osti 
suvlari 2-3 m; 0,5-2,0m.dan suv namunalari) olinib, laboratoriya sharoitida tahlil 
qilinadi. Unda tuproqning mehanik, makro-mikroagregat tarkiblari, dala 
tuprog„ining umumiy ta‟rifi uchun genetik qatlamlar bo„yicha gumus (chirindi), 
NPKning umumiy hamda harakatchan shakllari amal-o„suv davri boshida va 


160 
ohirida variantlar bo„yicha aniqlanadi. Shuningdek, yer osti suvlaridan namunalar 
olinib, suv so„rimi to„liq tahlil qilinadi. Undagi SO
4
, CL, NSO
3
, Mg, Sa+K 
turlarining quruq qoldig„i miqdorlari aniqlanadi. Bu ko„rsatkichlar tuproq 
namunalarida ham o„rganilishi lozim. 
4. Dala tuprog„ining agrofizik ko„rsatkichlari, albatta, o„rganilishi shart. 
Bunda dala tuprog„ining cheklangan dala nam sig„imi (CHDNS), suv 
o„tkazuvchanligi, hajm vazni og„irliklari amal-o„suv davri boshida umumiy fonda, 
qaytariqlar bo„yicha; amal-suv davri ohirida (kuzda) suv o„tkazuvchanlik, hajm 
og„irligi variantlar bo„yicha o„tkazilishi (tuproq hajm og„irligi har 0-10 sm.dan (0-
70 sm.yoki 1,0 metrgacha o„rganilishi) zarur. 
5. Sug„orish ishlarini o„tkazishda suv sarfi hisoblanishi kerak. Bunda 
“CHippoletti” (0,25-0,50 sm.), “Tomson” suv o„lchagich asboblaridan 
foydalaniladi va sug„orish oldi va sug„orishdan keyin o„tish fazalari bo„yicha 
bug„doy, arpa va boshqa g„alla-don ekinlari ekilgan dalalarda tuplashgacha, 
naychalash va boshoqlashgacha, pishish davrida (sut, mum) tuproqning 0-50; 0-70; 
0,50 sm li hisobiy qatlamlaridan namunalar olinishi kerak. 
6. Yer osti suvlari sathi (2-3 m, 0,5-2,0 m.) joylashuviga qarab, dala 
tajribalarining har qaytariqdan 2-4 variant (bo„lakcha)larida kuzatuv quduqlari 
o„rnatiladi. Ulardan suv sathi variantlar bo„yicha sug„orishgacha, sug„orishdan 
so„ng har o„n kunda (1, 10, 20, 30 kunlarda) o„lchanib o„rganilishi, yer oti 
suvlaridan namunalar olinib (quruq qoldiq, hlor ioni) laboratoriya sharoitida tahlil 
qilinishi lozim. 
7. Dala tajribalari davomiyligidan qatiy nazar ziroatlar ildiz tizimining 
rivojlanishi, amal-o„suv davri ohirida kavlanib, joylashuvi yozma ta‟riflanadi, 
chizma shaklida qog„ozlarga tushiriladi yoki rasmga olinadi. 
Olingan hosil natijalari haqidagi malumotlarga matematik ishlov berilishi, 
bu tadbir varianlar, qaytariqlar bo„yicha B.A.Dospehov yoki V.N.Peregudovlar 
tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyatga amal qilingan holda o„tkazilishi kerak. 
Mavzu tanlanishida, albatta, o„rganiladigan g„alla-don (bug„doy, arpa) va 
boshqa ziroatlar navlari Davlat restiriga kritilganligi, yoki istiqbolli ekanligiga 
e‟tibor berilishi lozim. Yillar davomida olingan ma‟lumotlar, o„tkazilgan 
kuzatuvlar, qiyosiy tahlillar asosida tayyorlangan agrotavsiyalar shundagina chop 
etilishi va mutahassislarga etkazilishi mumkin. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish