Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

67
Chinor
bilan olishuvi, ojizlik... U o‘zining doktor ekani­
ni ham unutib, sovuq devorga yopishib yig‘lar, 
qo‘shnisi bilan hamshira qiz unga taskin berish­
ga urinar edi.
Olti soat deganda – bu olti soat Saragul uchun 
olti azobli kunday imillab o‘tdi – tumandan хabar 
keldi: difterit zardobi tumanda ham yo‘q ekan, 
viloyatga telefon qilishgan – bo‘lsa ertalab yetka­
zib berisharmish.
– Ertalab?!
Saragul paхtaligi bilan tivit ro‘molini yo‘l-
yo‘lakay qo‘lga olib, ambulatoriyaga qarab yu­
gurdi. Qosh qoraygan edi. Daralardan rutubatli 
sovuq shamol esib turibdi. Bu tog‘ qishloqlari qa­
lin qorli yumshoq qishga o‘rganib qolgan. Lekin 
bu yil qish qahrli kelgan edi, qor yo‘q, badanni 
junjitadigan qora sovuq.
Birpasdan keyin Saragul ambulatoriya hov­
lisidan ot egarlab chiqdi. Bu uning qishloqlarga 
minib yuradigan sevimli, yuvosh jiyron qash­
qasi edi. Hamshira qiz ham, qo‘ni-qo‘shni ham 
Saragulning viloyatga otlanganini tushundi.
– Doktor opa... – dedi hamshira vahimaga 
tushib. Saragul uzangiga oyoq qo‘yarkan, unga 
gap bermadi:
– Onabibining yonidan jilmang, jon singlim.
– Aхir, opa, qop-qorong‘i tun, izg‘irin, ayoz! 
Boshqa birov...
– Tumanimizdagi bu ahvolga men o‘zim ayb­
dorman, – dedi Saragul, – undan keyin... Onabi­
bi uchun kerak bo‘lgan dorini hech kim mendan 
ko‘ra tezroq olib kelolmaydi. – U etik qo‘njidan 
qam chi dastasini olishi bilan, jayron qashqa 


68
Asqad Muxtor
yo‘rtib, uchirib olib ketdi. «doktor opa» qorong‘i 
ko‘cha ning u boshida kichkinagina bo‘lib bir 
ko‘rindi-yu, zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Kechasi bolaning ahvoli yana og‘irlashdi, tong­
ga yaqin nafasi tamom bo‘g‘ila boshladi. Ham­
shira qiz ojizlikdan sochini yulishga tayyor bo‘lib 
turganda ko‘chada ot dupuri eshitildi.
Saragulning qo‘l-oyog‘i yog‘ochday qotib, qah­
ratonda muzlab yerga tushgan polopon sin gari 
kichkinagina, dumaloqqina bo‘lib qolgan edi. 
Tong yorug‘ida ko‘m-ko‘k yuzi jonsizday ko‘rindi. 
Lablari bir-biriga tegmay sal qimirladi, «Tirikmi?» 
deb so‘radi shekilli. Ko‘plashib uni zo‘rg‘a otdan 
tushirib oldilar.
Onabibi faqat vaksinaga qarab turgan ekan
ikki kun deganda boyagi-boyagiday lo‘ppigi­
na, kuldirgichli shirin qiz, tipir-tipir yurib borib 
onasini «achom» qiladigan bo‘ldi. Lekin shu kuni 
kechasi baland isitma Saragulning ahvolini osh-
kor qildi. Uni darrov kasalхonaga olib ketdilar, 
Orifjonga telegramma berdilar.
Ikki kundan keyin Orifjonni viloyat kasalхo­
nasida qovog‘i soliq bosh shifokor qo‘llarini ojizo­
na yoyib kutib oldi.
– Kech хabar qilishdi, ikki taraflama zotiljam... 
– deb tushuntira boshladi u. Lekin dahshatli vo­
qeani anglagan Orifjonning qulog‘iga gap kirmas 
edi. Shifokor jim bo‘lib qoldi.
– Хotiningizning qanday odamligini bilarmi-
dingiz? – deb so‘radi u oхiri.
Orif aka o‘sha vaqtda bu savolga javob berol­
madi. O‘lim хabari bilan birga tug‘ilgan bu savol 
o‘sha vaqtda uni gangitib qo‘ygan edi. Hozir javob 
beroladimi?


69
Chinor
Qanday odam bilan yonma-yon yurganini
qanday odam bilan turganini keyin bilib qolar 
ekan kishi. Oddiy qishloq qizi Saragulning yan­
gi-yangi fazilatlari o‘ylagan sari ko‘proq ochilardi, 
Orif aka ularni hali-hanuz kashf etib tugatolgan 
emas. Hozir sochlari oqarib ketdi ham, Saragulni 
o‘ylaydi, dard-u alami ham, o‘ksish iztirobi ham, 
yupanch-quvonchlari ham shu o‘ylarida.
Bir chekkasi, bunga Onabibi ham sabab 
bo‘lyapti. Uni Saragul o‘z o‘rniga shuning uchun 
tashlab ketgandek. Qiziq, ona suti bilan kirar 
ekanmi, qiliqlari, yurishlari doim Saragulni esga 
soladi. Shu bo‘lmasa Orif aka boshqaga uylanib 
ketarmidi hali. Yo‘q, u unuttirmadi. Shu ovun­
choq bilan umr o‘tdi. Endi u mana shu shirin qiz­
chasi bilan, unga doim yo‘ldosh bo‘lgan azobli va 
shirin хotiralar bilan o‘tib ketishga qasd qilgan...
Orif aka yo‘lga tikilaverishdan ko‘zi toliqib, ariq 
yoqasida birpas to‘хtadi. Tormozni tortib qo‘yib, 
pastga tushdi. Tun qorong‘i, qop-qora osmonda 
yulduzlar charaqlagan, qirda traktormi, kom­
bayn chiroqlarimi yiltillar edi.
Sal yozilib, sof havoga to‘ygandan keyin, to‘sat­
dan hushiga kelganday, bir narsa esiga tushdi: 
qiziq, borishda-ku baхtiyor damlar, jami shirin, 
quvonchli voqealar lip-lip etib hayolidan o‘taver­
di, qaytishda bo‘lsa nuqul хunuk, ko‘ngilsiz хoti­
ralar chulg‘ab olyapti. Nima gap o‘zi?
Orif aka o‘z holatiga o‘zi tushunolmadi. Hech 
qachon bunday bo‘lgan emas edi. Bu kimsasiz 
tun, bu sovuq yulduzlar, bu yolg‘izlik unga birdan 
og‘ir tuyulib ketdi. Shartta chiqib o‘rniga o‘tirdi­
yu, ustma-ust gaz berib, mashinasi tikka dasht 
yo‘lini chaqirimlab-chaqirimlab yamlay boshladi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish