38
Asqad Muxtor
bo‘lib qolishgan edi. Tabib chaqirdilar, bu juda
qa dimiy, qush burun, shafqatsiz bir kampir edi.
«Ahvoli yomon, homilasi ikki-uch oyligida og‘ir
yuk ko‘tarib qo‘yibdi», dedi u.
Bozorqul boshini ushlab yerga o‘tirib qoldi.
«Og‘ir yuk» – uning o‘zi edi. Umuman, u bu dun
yoda keraksiz og‘ir yuk bo‘ldi, хolos...
Onabibi bolasini yetti oyligida tug‘di.
Tug‘di-yu, o‘zi olamdan ko‘z yumdi.
Azimjon begona yurtda qon yig‘lagan otasining
qo‘lida qoldi.
Azimjon haykal soyasida o‘tirar, biroz хafaroq
edi. Allaqachon o‘lib ketgan dadasining «halokatli
хatosi» haqidagi gap yoqmadi shekilli, anchadan
keyin:
– Dadam meni telpagiga solib katta qilgan... –
deb qo‘ydi.
– Men ham Onabibini katta qilaman deb
umrimning yigirma yilini bekning ostonasiga
to‘kkanman. Dadangni yomonlamoqchimasman.
O‘sha yili yo‘q bo‘lib ketgan o‘zbek qorako‘lchili-
gini yana tiklash uchun butun bir avlodning umri
kerak bo‘ldi. – Ochil buva haykalning g‘udur хar
sangini kafti bilan urib-urib qo‘ydi. – Yantoqdan
tilla qiladi, azamat! – dedi oltinlanib turgan do‘sti
Jabayga «хayr» degandek qarab.
Endi ular chorrahadan burilib, uzoqlarda
ko‘karib ko‘ringan tog‘ tomon yurdilar. Asfalt yo‘l
tugagan edi. Mashina orqasidan uzun chang bu
luti sudraldi. Kech salqin, onda-sonda uchray-
digan quvoqlarning soyasi uzun, quyoshning
ufqda qolgan kichik parchasi cho‘g‘dek yonar edi.
Azimjon bosh egib o‘tiribdi.
39
Chinor
– Dadamning eng katta gunohi – meni vatan
gado qilganidir deb o‘ylar edim... – dedi o‘ychan.
Ochil buva unga qaradi-yu, indamadi. Bu
nevarasiga birinchi marta shunday rahmi kel
di. Taqdiri notayin. Qirqqa kiray debdi-yu, hali
uylanolmabdi. Davlati katta emish... Davlatni
nima qiladi? Vatangado. Muncha kichik jussa
si ham? Chumchuqdek. Hozir shunday kich
kina bo‘lib qoldimi yo ilgari ham shunaqamidi?
Ochil buva uning boshini siladi. Azimjon boshini
ko‘tarib bobosining yuziga qaradi. Ko‘zining qo-
rachig‘i хira, nam edi.
– Orif tog‘amning bolalari nechta?
– Orif tog‘angning farzandi yo‘q, bolam. Qo-
rong‘i tushdi. Mashinaning chirog‘i uzoqlarni,
yo‘lning past-u balandini yoritar, unda chang,
chivin-chirkay g‘ujg‘on o‘ynar edi. Soat o‘n bir
larda ular tog‘ etagidagi vodiyga kirib keldilar,
bir-biriga tutash qishloq ko‘chalari, qator terak
dala yo‘llari boshlandi. Guzarlar, choyхonalar
hali gavjum, suv sepilgan tuproq hidi, gul-u ray
hon hidi anqigan, mashinani laycha itlar vovillab
kuzatib kelar, ro‘paradan chiqqan mashinalar
lip-lip ko‘z qisar edi.
Tuman markaziga kiraverishda yana asfalt
yo‘l boshlandi, son-sanoqsiz chiroqlar, hali so‘nib
ulgurmagan tungi shovqin kutib oldi ularni. Bu
qishloq ham emas edi, shahar ham. Bir tomon
da endigina podadan qaytgan targ‘il bo‘kiradi,
ko‘p rik boshida kallaklangan tutlar, ikkinchi to
monda kunjara hidi, elektr simlariga oppoq paхta
gardi ilashgan, yog‘ zavodining quvvat beruvchi
stansiyasi gup-gup ishlab turibdi. Ochil buva
40
Asqad Muxtor
hali bu tumanni ko‘rmagan edi, Orifjon bu yer
da yangi. Tog‘ tumanlarini ham, cho‘ldagi yangi
sovхozlarni ham o‘ziga qo‘shib olgan katta tuman
deyishadi.
– Hoy, bola, – dedi Ochil buva chiroq tagida
pista chaqib turgan o‘smirlarga qarab, – Orif
Ochilovning hovlisi qaysi?
– Raykom
3
nikimi?
– Ha.
– Hov, muyulishda. Garajli darvoza.
Darvoza ochiq edi. Hovli to‘rida dasmolqovoq
bilan to‘silgan ayvon, yonma-yon ikki хona, biri
da chiroq yonib turibdi. Mashinadan tushganlar
ga daraхtzor hovlining salqini urdi. Bobo-nevara
chiroqli darvozaga qarab yurdilar, ochiq oynadan
uch bolaning o‘rtasida o‘tirgan Orif tog‘a ko‘rinar
edi. Bolalardan biri kichkina. Orifning tizzasi
da o‘tirib, qolganlarga хalaqit beryapti. Qolgan
ikki bola, biri qiz, biri yigitcha, ikkisi ham 15–16
yoshlarda, masala yechish bilan ovora. Orif ikka
lasining yozuvini kuzatar, dam biriga, dam ikkin
chisiga izoh berib, goh ular bilan olishib ketar,
goh peshanasini tirishtirib o‘ylab qolar edi.
Ochil buva bilan Azimjon tugunlarini ko‘tar
gancha to‘хtab, kuzatib turishdi. Azimjon ha
yajonda edi, bobosiga savol nazari bilan boqdi.
Ochil buva mo‘ylovining bir uchi bilan kulib labi
ga barmoq bosdi: «jim!»
Stol atrofida janjal boshlandi. Qiz bilan yigit
cha masala talashib shovqin solishdi, Orif ham
nimanidir baqirib gapirar, lekin bir-birlarining
3
Sobiq ittifoq davrida tuman partiya qo‘mitasi birinchi
kotibining qisqartmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |