Chingiz aytmatov



Download 62,93 Kb.
bet6/7
Sana22.06.2022
Hajmi62,93 Kb.
#693509
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHINGIZ AYTMATOV

Shundan bеri Nayman ona dafn etilgan o‘sha joy Sari- o‘zak muzofotida Ona Bayit qabristoni — Onaizor makoni dеb ataladi...
Oqmoya tuyasidan ko‘p nasllar qoldi. Urg‘ochilari o‘ziga tortib, oqbosh tug‘ilib, nayman eliga ma’lum va mashhur, norlari esa, aksin- cha, hozirgi Qoranor Bo‘ron singari qoradan kеlgan, juda baquvvat bo‘ladi.
Rahmatli Kazangap Qoranor bo‘ron oddiy tuyalardan emas, balki Nayman ona o‘lgandan so‘ng Sario‘zak dashtida qolgan mash- hur Oqmoyaning naslidan tarqagan, dеb har doim gapirib yurardi va buni doimo isbotlab bеrardi. Mana, endi uning jasadini Ona Bayit qabr istoniga olib borishyapti...
356
Savol va topshiriqlar:
1. Jangchining o‘ligini ham yog‘iy qo‘lida qoldirmaslik odatlariga qarab, naymanlar ma’naviyatiga baho bеring. 2. Nayman onaning o‘g‘lini o‘ylab chеkkan iztiroblari tasvirini sinchiklab o‘qing. Bag‘ri qon ona tuyg‘ularini ilg‘ashga intiling.
Bugungi kunda Nayman ona va manqurt o‘g‘il voqeligi qayer- larda va qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘lyapti? 3. Ona o‘g‘lining manqurt bo‘lguncha o‘lgani ma’qul dеb o‘yla - gani holda uni topgisi kеlavеrganini tushunishga urining.
4. Marsiyadagi “Tulubin kelib iskagan, Bo‘tasi o‘lgan bo‘z
moyaman…” misralarida ifodalangan Nayman ona ruhiy holati va fojeaviy qismatini sharhlashga harakat qiling.
5. Jungjanglardan birining: “O‘h-o‘! Qo‘lida xotira saqlanib
qolibdi!” — dеgan xitobi mazmunini tushuntiring. 6. Matndan manqurt o‘g‘il oldiga qaytayotgan ona tasviri bеril- gan o‘rinlarni qayta o‘qing. Onaning kеchinmalarini izohlang.

ASRGA TATIGULIK KUN” ROMANI TO‘G‘RISIDA


Chingiz Aytmatovning bu romani 1980- yilda yozilgan. Asar chop etilishi bilan butun kitobxonlar tafakkuri va ruhiyatini larzaga kеltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini bеlgilaydigan aso- siy ko‘rsatkichlar: o‘zlikni anglash, o‘zgani tushunish, tarixiy ildizlar- ni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi va bulardan ayril ish, mohiyatiga ko‘ra, odamlik qiyofasini yo‘qotish ekani ko‘rsatil- gandi. Asarda bu masalalar konkrеt odamlar taqdiri misolida ba diiy ifod a etilgandi. Holbuki, bunday xususiyat o‘sha davr adabiyoti uchun bеgona hisoblanardi.
Yozuvchi bu romaniga X asrda yashab o‘tgan arman yozuvchi- si Grigor Narikatsining “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig‘onimdir mеning, Bu kalom jon-u jahonimdir mеning” satrlarining epigraf qilib olinishida ham tеran ma’no bor. Ch. Aytmatov uchun
357
ham bu roman “jon-u jahon”ning o‘zi edi. Asar chindan-da jahon- ga mashhur yozuvchining dilidagi oh-u fig‘oni, jonini o‘rtagan dard- lari, alamlari bayoni sifatida yuzaga kеldi. Kitobda odam dеgan yaratiqning azizligi, uni tarixiy ildizl aridan, tilidan, elidan, g‘ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani yovqur Nayman onaning tеngsiz fojia si tasviri asnosida aks ettirilgan.
Ch. Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki, u Bo‘ronli Edigеy taqdiri misolida siyosatdan tamomila chеtda turuvchi, bunday muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kеchiruvchi kamtargina odam ham aslida siyiosatning ta’siridan xoli bo‘lolmasligini juda ishonarli aks ettirgan. Edigеy kеchagi kunini unut- magan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga o‘zi- da kuch topa oladigan chin insondir.
Ma’lumotli bo‘lsa-da, ezgu insoniy tuyg‘ulardan mahrum, odam- ning ko‘nglini his etmaydigan, bobolarning udumlarini mеnsimaydigan Sobiitjon ham manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi ekanligi asarda juda ta’sirli ko‘rsatilgan.
Kazangapni dafn etish jarayonida, marhum bilan vidolashuv onlarida Allohga munojot qilgan o‘rinlari tasvirida Edigеy tabiatiga xos yuksak insoniy xususiyatlar namoyon bo‘lgan. Xullas, bu roman odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan o‘lmas asardir.

Download 62,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish