Beshinchidan: - Beshinchidan, sobiq Germaniya va Turkiya imperiyalari xalqlariga mustaqillik amalda mandat tizimining vasiylik tamoyili bilan niqoblandi, xolos. Yirik mustam-lakachi asosiy davlatlar Buyuk Britaniya va Fransiya «buyuk vasiy»lar ham bo‘lib oldilar. Mustamlaka xalqlar milliy-ozodlik kurashini davom ettirdilar.
Oltinchidan: - Versal — Vashington tizimi Sovet Rossiyasining ishtirokisiz yaratildi. Antanta sovet davlatiga dushman Germaniya bilan separat sulh tuzgan sotqin deb, bolshevizmga esa dushmanlik ko‘zi bilan qaradi. Versal — Vashington tizimiga kiruvchi birorta ham shartnomani imzolamagan Sovet davlati bu tizimga nisbatan muxolifat bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |