Versal — Vashington tizimining mustahkam emasligi. - Millatlar Ittifoqining tuzilishi hamda qator Yevropa davlatlari mustaqilligining tan olinishi katta ahamiyatga molik tarixiy voqealar edi. Biroq Versal — Vashington tizimi mustahkam tinchlikning qaror topishiga asos bo‘la olmadi. Xo‘sh, nega?
Birinchidan: - Antanta davlatlari urushdan keyingi, qayta qurishlarning barcha og‘irliklarini yengilgan davlatlar hisobidan hal etishga urindilar. Ular yengilgan davlatlar xalqlarining urush chiqarishda aybdor bo‘lgan hukmron sulolalari va hukumatlarini ag‘darib tashlaganliklarini inobatga olmadilar.Bular, o‘z navbatida, yengilgan davlatlar fuqarolari ongida milliyxo‘rlanish tuyg‘usini qo‘zg‘atdi. Bu esa shovinizm va milliy mustaqillik g‘oyalarining keng ildiz otishiga yo‘l ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |