Ergash gapli qo`shma gaplar va ularning turlari. Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya`ni birining
boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo`shma gap ergash gapli qo`shma gapdeyiladi.
Ildiz oziq bersa, novda ko`karar. Ergash gapli qo’shma gaplar bosh gap va ergash gapdan tashkil topadi. Boshqa gapni o’ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ukam kelsa, mashg’ulotni boshlaymiz. Bu gapda Ukam kelsa gapi ergash gap, mashg’ulotni boshlaymiz gapi esabosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo’lagini izohlaydi.2 Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: Biz, hamma yig’ilgach, yo’lga tushamiz. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida kelgan. Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go’yo(ki), kabi ergashtiruvchi bog’lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko’makchilar, turli vazifadagi ko’rsatish olmoshlari, kim, -u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o’sha, qayerda – u yerda kabi bir–biriga ishora ma’nosini bildiradigan so’roq olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari yordamida bog’lanadi. Ergashgan qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: 1.Ergashtiruvchi bog`lovchili ergash gapli qo`shma gaplar qismlari o`zaro sabab, maqsad, qiyoslash-chog`ishtiruv bog`lovchilari orqali bog`langanda, bu bog`lovchilar bosh gapdan keyin kelgan ergash gap boshida keladi: Gulsum opa hammadan ko`ra bu odamning mana shunday kishi ko`nglini ovlamoqchi bo`lishidan qo`rqardi, chunki buning tagida hamisha bir yomon gap, bir sovuq xabar yotardi.
(U.Nazarov. CHayon yili,7-b)
2.Ko`makchili qurilmalar vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qismlari bosh gap tarkibida keladigan shuning uchun, shu sababli, shu bois, shu tufayli kabi qurilmalari orqali bog`lanadi: Zinnatullining ishi shoshqich emas, shu bois ikkinchi hukm unga nasib etdi.
3.Deb so`zi yordamida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qismlari ergash gap tarkibida keladigan deb so`zi orqali bog`lanadi: Sharif ham shunday o`ylamasin deb, hanuz gapirganim yo`q.
4. Shart mayli vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qismlari ergash gap kesimi tarkibida keladigan –sa, qo`shimchasi yordamida bog`lanadi:
Bola o`qisa, foydasi o`ziga, keyin ota-onasiga tegadi.
5. Ko`rsatish olmoshi vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplarqismlari bosh gap tarkibida keladigan ko`rsatish olmoshi va–ki yuklamasi orqali bog`lanadi: Alam qiladigan yeri shuki, bu qo`rg`onni ko`z oldimizda tiklashdi.
6. Nisbiy so`zli ergash gapli qo’shma gaplar qismlari bosh va ergash gaplar tarkibida ―savol-javob juftligini hosil qilib, bir-biriga nisbatan qo`llanuvchi qaysi-o`sha, kim-u, nima –o`sha , qanday- shunday, qayerda- shu yerda, qancha –shuncha, qanday-shunday kabi nisbiy so`zlar va –sa qo`shimchasi yordamida bog`lanadi: Kimki boshqalar taqdiriga o`z taqdiridek, boshqalar shodligi va qayg`usiga o`z shodligi va qayg`usidek qarar ekan, u chinakam insondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |